1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/47
Sana13.11.2023
Hajmi1.64 Mb.
#97662
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
ma\'lumotlarning intellektual tahlili Amaliyot MI 2 kis21 05 guruh


1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI, 
TUZILISHI VА FUNKSIYALАRI 
Reja: 
1. “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 
2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi.
3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, 
diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati.
4. Dinning mohiyati va unga berilgan ta'riflar. 
5. Dinning ijtimoiy funksiyalari hamda dinlarni tasniflash. 
Tayanch tushunchalar: Din, e’tiqod, yo‘l, «religio», «relegere», dinshunoslik, 
din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi
regulyatorlik, kompensatorlik, integratorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik. 
Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, Dinshunoslik fanining 
yuzaga kelishi tarixi, Dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, 
dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. 
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan 
bog‘liqligi.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha o‘quv maskanlarida 
"Dinshunoslik" fani fan sifatida o‘qitila boshladi. Dinshunoslik – din, uning kelib 
chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat 
hayotida tutgan o‘rni, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o‘zaro munosabatlari 
kabi masalalarni o‘rganuvchi ilmiy – falsafiy o‘quv predmeti sanaladi. 
Dinshunoslik XIX asr o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i 
sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder. 
Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir. 
Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O‘zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin 
islomshunoslik bor edi, xolos. 
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, 
urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi


kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib 
hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va 
diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani 
ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. 
Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan 
birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning 
qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Dinshunoslik” fani 
izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-
ma'naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga 
oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati 
paydo bo‘di.
“Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida 
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini 
ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy 
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan 
uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan 
to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni 
tayyorlashdan iborat.
Bundan tashqari talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari 
bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini 
zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek
mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan 
o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini 
shakllantirish yo‘lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy 
ma'lumotlarni berish ko‘zda tutilgan.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida 
emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini 
ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. 

Download 1.64 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja

Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish