• 1.Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima
  • 2.Dinga qanday ta’riflar berilgan
  • 3.Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi
  • 4..Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz
  • 1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari




    Download 17.52 Kb.
    Sana15.12.2023
    Hajmi17.52 Kb.
    #119591

    1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari

    1. Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?

    2. Dinga qanday ta’riflar berilgan?

    3. Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?

    4. Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?

    5. Ilk diniy e’tiqodlarning zamonaviy ko‘rinishlari haqida nimalarni bilasiz?

    1.Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?
    «Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
    Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.
    2.Dinga qanday ta’riflar berilgan?
    Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maksadi hamda takdiri insoniyatni bevosita kurshab olgan atroph-mukhitdan tashkarida bolgan, uni yaratgan, aini zamonda insonlarga togri, hakiki, odil hayot yo'lini korsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kudratga ishonch va ishonishni ivoda etadigan maslak, karash,talimot.
    Din muayyan talimotlar, his-tuygular, toat-ibodatlar va dini tashkilotlaring faoliyati orkali namoyon boladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur kilishning alohida yoli, uni idrok Etish Usuli, Olamda Insoniyat Paido Bolgandan hozirgacha o'tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Dean Comil insonni tarbiyalashda salmokli tarbiyalovchi kudratga ega ma'navi-ashloki kuch sanaladi.


    3.Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?
    Din jamiyatda to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik, birlashtiruvchilik–integratorlik, tartibga solib, nazorat qiluvchilik–regulyatorlik, aloqa bog’lashlik, legitimlovchilik–qonunlashtiruvchilik kabi vazifalarni bajaradiHar qanday din o’z e’tiqod qiluvchilari uchun to’ldiruvchilik, tasalli beruvchilik–kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj xosil bo’lishi hodisasini olaylik. Inson o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo’lib ko’ringanida, unda qandaydir ma’naviy–ruhiy ehtiyojga zarurat tug’ilgan. Din ana shunday ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchi vazifasini bajargan va hali ham bajarmoqda.
    Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ’ib qilar ekan, bu dunyoda orzu– havaslardan, rohat – farog’atdan voz kechgan inson nirvana holatiga erishgach, abadiy rohatda bo’lishini ta’kidlaydi.
    Shuningdek, xristianlikda har bir xristian Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning turli muammolarini engib, sabr– bardosh bilan hayot kechiradi. Chunki xristianlik Iso Masih qaytib kelgach, barcha izdoshlarini saodatli hayotga etkazishi haqidagi ta’limotni ilgari suradi.
    Shuningdek, Islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu – istaklariga oxiratda erishishiga ishongan holda dunyo orzu – havaslariga ortiqcha berilmay, turmush mashaqqatlariga sabr qiladi.
    4..Dinning qanday ibtidoiy shakllarini bilasiz?
    Avesto, Tavrot, Injil, Qur’oni karimda insoniyatning yaratilishi haqida..
    Totemizm, animizm, shomonlik yoki sehrgarlik (afsun, magiya), fetishizm.
    Ibtidoiy mifologiya .Neolit davridagi diniy tasavvurlar.
    din tabiat va jamiyatda sodir bo’livchi voqea hamda hodisalarni aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, din ibtidoiy davrda vujudga kelib o’sha davrda yashagan odamlarning dunyoqarashini o’zida ifodalovchi ma’naviy madaniyat elementidir.
    Din arab tilida “ishonch” “ishonmoq” degan ma’nolarini bildirib, din insondan tashqarida bo’lib, uni yaratgan iloxiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir.
    Odamlarda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lib, shakllanib, rivojlanib, takomillashib borishi jarayoni insonda ong, tafakkurning shakllanishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, insonning paydo bo’lib shakllanib borishi jarayoni fanda antroposotsiogenez deyiladi.
    Insoniyatning ibtidoiy davrdagi eng qadimgi tarixini o’rgangan arxeolog olimlar dastlabki davrlarda odamlarda diniy tassavurlar bo’lmaganligi, odamlar birga yashab, ov qilib, o’zaro muloqotga kirishganlaridan so’ng insoniyat ongsiz faoliyatdan ongli faoliyatga o’tgani, inson o’zini o’rab turgan tashqi olam, tevarak atrofdagi narsa va xodisalarni jonlantirib tasavvur qilishlari natijasida odamlarda ilk diniy tasavvurlar vujudga kelganligi haqidagi fikrni bayon qiladilar.



    Download 17.52 Kb.




    Download 17.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu: Dinshunoslik fanining predmeti va funksiyalari

    Download 17.52 Kb.