|
Reja kirish turli geologik sharoitlarda konni suv haydash yoli bilan ishlatish sistemalari
|
bet | 1/9 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 74,28 Kb. | | #256921 |
Bog'liq KURS ISHI
REJA
1. KIRISH
2. TURLI GEOLOGIK SHAROITLARDA KONNI SUV HAYDASH YOLI BILAN ISHLATISH SISTEMALARI.
3. NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI.
4. NEFT UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI VA ULARNI TATBIQ ETISHNING GEOLOGIK SHAROITLARI.
5. TEXNIKA HAVSIZLIGI
6. XULOSA
7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Neft konlarini ishlash tushunchasi ostida neft konlari maydonlarida ma’lum bir tizimda joylashtirilishi kerak bo‘lgan ishlatish quduqlari sonini va ularni ishga tushirish navbatini belgilash, ishlatish quduqlari tomon qatlamdagi suyuqlik va gazlarning harakatini va qatlam energiyasi balansini tartibga solish jarayonlarini ilmiy asoslangan boshqarilishi tushuniladi.
Neft konlarini ishlatish fanining maqsadi talabalarni neft uyumlarini ishlash jarayonlarini fizik asoslari bilan tanishtirish, turli rejimlardagi neft uyumlarini ishlash jarayonlarini modellashtirish usullarini o‘rgatish, ishlash ko‘rsatkichlarini gidrodinamik hisoblash usullarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq.
Ushbu fan neft konlarini samarali ishlash muammosining ayrim tarafini o‘rganuvchi ko‘plab fanlar bilan uzviy bog‘liq. Ular qatorida “Oliy matematika”, “Fizika”, “Termodinamika va issiqlik mashinalari”, “Neft va gaz konlari geologiyasi”, “Neft va gaz qatlamlari fizikasi”, “Yer osti gidravlikasi”, “Neft va gaz qazib olish texnologiyasi va texnikasi”, “Neft, gaz va suvni yig‘ish va tayyorlash”, “Kon fizikasi” va boshqa fanlarni ko‘rsatish mumkin. Ammo, neft konlarini ishlatish neft uyumi va unda ro‘y berayotgan jarayonlar, konlarda neft, gaz va suvni tayyorlash, konlarni jihozlash, neft konlarini ishlashni texnik-iqtisodiy samaradorligi haqidagi hamma bilimlarimizni yagona maqsad uchun uzviy bog‘lashga qaratilgan.
Yuqori sifatli loyihalar-neft qazib olish korxonalarini katta texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishi uchun zamin yaratadi. Agar, neft olish jarayonini ko‘p variantliligini va ushbu jarayon ko‘rsatkichlariga bir vaqtda ko‘plab faktorlarni ta’sir etishini inobatga olsak, loyiha hujjatlarini tuzish sifatini oshirish kerakligi yana ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, neft olish sanoati eng kapital va energiya sarfini talab etuvchi tarmoqlaridan biridir. Shu sababli neft konini ilmiy asoslangan loyihasini tuzishdan maqsad rejalashtirilgan neft miqdorini eng kam xarajatlarni sarf etib olishni ta’minlash va neft zahiralaridan samarali (iloji boricha to‘laroq) foydalanishdan iborat. Bu qo‘yilgan maqsad neft konlarini ishlash bilan bog‘liq hamma asosiy ishlarni ilgaridan mukammal o‘ylangan reja-ishlash loyihasi asosida erishish mumkin.
Hozirgi kunga kelib neft konlarini ishlash tizimlarini va loyihalashtirish usullarini yaratish buyicha katta yutuqlarga erishilgan. Bu yutuqlar A.P.Krilov, I.M.Muravyev, F.A.Trebin, M.M.Glagovskiy, N.M.Nikolayev, M.F.Mirchink, S.A.Xristanovich, I.A.Charniy, V.M.Shelkachev, Sh.K.Gimatuddinov, Y.P.Borisov, V.S.Orlov, M.D.Rozenberg, M.L.Surguchev, M.M.Sattarov, Y.P. Jeltov, Y.P.Donsov va boshqa xorijiy olimlarning fundamental ishlari bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda neft konlarini ishlash va loyihalashtirish muammolarini hal etish bo‘yicha S.N.Nazarov, G‘.A.Alijonov, E.K.Irmatov, P.K.Azimov, A.A.Arslonov, A.G.Posevich, F.SH.Sobirov, N.V.Sipachev, U.S.Nazarov, A.V.Mavlonov, B.SH.Akramov, R.K.Siddiqxo‘jayev, P.E.Allaqulov, N.N.Mahmudov, A.A.Zokirov, N.X.Ermatov va boshqalar tomonidan ko‘plab nazariy va amaliy izlanish olib borilgan va olib borilmoqda. Ushbu darslikni yozishda Y.P.Jeltovning “Razrabotka neftyanix mestorojdeniy” kitobi asos qilib olindi va hozirgi davr talabidan kelib chiqib katta chuqurlikdagi va yuqori qovushqoqli neft konlarini loyihalashtirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida neft konlarini ishlash iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash, loyiha xujjatlarini hisoblash, loyiha xujjatlarini tuzish va ularga bo‘lgan talabalar yoritilgan boblar bilan to‘ldirildi.
KURS ISHIDA neft konlarini tabiiy rejimlarda ishlash va loyihalashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lib, neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallangan. “Neft konlarini ishlatish” fani bo‘yicha yozilgan ushbu darslik kamchiliklardan albatta xoli emas. Shu sababli darslikdagi kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilgan barcha fikr va mulohazalarni mualliflar bajonudil qabul qiladi va o‘z minnatdorchiligini izhor etadi.
|
| |