• Issiqlik fizikasi metodlari
  • Reja kirish turli geologik sharoitlarda konni suv haydash yoli bilan ishlatish sistemalari




    Download 74,28 Kb.
    bet6/9
    Sana29.05.2024
    Hajmi74,28 Kb.
    #256921
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KURS ISHI

    Fizik-kimyoviy metodlar.
    Kimyoviy reagentlardan foydalanib suv bostirish. Bu yangi metodlar guruhi mahsuldor qatlamga quyuqlanishi 0,02-0,2% bo’lgan kimyoviy moddalarning suvli eritmasini haydashga asoslangan. Haydalayotgan eritmalar uyumdagi bo’shliqlarning umumiy hajmining 10-30% ni egallaydi va neftni siqib chiqaruvchi hoshiya hosil qiladi. So’ngra hoshiyani harakatga keltirish uchun qatlamga ishchi omil − suv yuboriladi. Ushbu metodlar oddiy suv bostirish usulida ishlatiladigan quduqlar to’rida bajarilishi mumkin. Ular yordamida qatlam nefti qovushqoqligi qiymatini keskin o’zgartirishi (50-60 mPa·s gacha) mumkin, keyin esa oddiy suv bostirish metodlari qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida neftni chiqarib olish koeffitsienti qiymati oddiy suv bostirishga qaraganda birmuncha ortishi (3-10% ga) mumkin. Quyida eng mashhur va ko’p qo’llaniladigan metodlar tavsifi beriladi. Polimerlarning suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish. Sirt-faol moddalarning (SFM) suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish. Mitsellyar eritmalar yordamida neftni siqib chiqarish.
    Issiqlik fizikasi metodlari
    Qatlamga yer yuzasidan turib issiqlik (bug’ yoki qaynoq suv) yuborishga asoslangan metod. Yuqori qovushqoqlikka – 40-50 mPa·s ega bo’lgan uyumlarni ishlatishga asoslangan metod bo’lib, oddiy suv bostirish metodidan foydalanib bo’lmaydigan hollarda qo’llaniladi. Sobiq Ittifoqda va O’zbekistonda qatlamga suv bostirish bilan birga bug’ ham yuborib ta’sir etish jarayoni nazariy jihatdan asoslangan. Qatlamga yuborilayotgan bug’ uyum bo’shlig’i hajmining 20-30% ni egallab, unda yuqori haroratli hoshiya hosil qiladi va qatlamga haydalayotgan suv bilan aralashadi. Ushbu metodni qo’llash natijasida neftni chiqarib olish koeffitsienti miqdori 0,4-0,6 va undan yuqoriroq bo’ladi. Ushbu metod samarasi qatlam nefti qovushqoqligining pasayishida, bug’ tarqalgan zonada neftning tozalanishida, jins-kollektorlar g’ovaklari devoriga yopishgan smola, asfaltenlar va boshqalarning erishi va oqizib ketilishida ko’rinadi. Kon-geologik tavsifiga ko’ra, ushbu metodni qo’llash mumkin bo’lgan uyumlarni tanlashda birinchi navbatda bug’ quduqda, so’ngra qatlamda harakatlanayotganda kam yo’qolishi hisobga olinadi. Bu metoddan qatlamning yotish chuqurligi 1000 m gacha bo’lganda foydalanish samarali hisoblanadi, chunki chuqurlik qanchalik katta bo’lsa, issiqlikning yo’qolishi ham shuncha ko’p bo’ladi. Neftga to’yingan qatlamning qalinligi 10-40 m bo’lsagina metod naf beradi. Agar qalinlik kam bo’lsa, mahsuldor qatlamning ustidagi va ostidagi qatlamlarga issiq o’tib ketishi mumkin.
    Neftga to’yingan qatlamning qalinligi juda katta bo’lsa, issiqlik bilan uning bir qismigina qamrab olinishi mumkin, bunday hollarda qatlam ob’ektlarga ajratiladi. Jinslarning kollektorlik xususiyatlari yuqori (g’ovaklilik koeffitsienti 0,2% dan yuqori, o’tkazuvchanligi 0,5 mkm2 dan katta) bo’lganda metoddan foydalanish foydali hisoblanadi, chunki bunday hollarda mahsuldor qatlam jinslarini qizdirishga issiqlik kam sarflanadi. Boshlang’ich neftga to’yinganligi yuqori bo’lgan uyumlarni ishlatishda bu jarayon yaxshi samara beradi, chunki qatlamdagi suvlarni qizdirishga juda oz issiqlik sarflanadi.
    Jins kollektorlarning turg’unligi past bo’lsa, qatlamga bug’ haydalganda uni buzib yuborishi, natijada jins zarralari suyuqlik chiqaruvchi quduqlardan yer yuzasiga chiqishi hamda qatlamdagi gil jinslarning bo’kishi natijasida g’ovaklar o’lchami kamayishi va o’z navbatida o’tkazuvchanligi pasayishi mumkin. SHu sababli ob’ektlarni tanlashda qatlamdagi jinslar turg’unligi yuqori, gilliligi (10%dan) kam bo’lgani ma’qul. Metodni qo’llashga eng qulayi monomineralli kvartsli qumtoshlar, kamroq qulayi polimiktli (gil jinslar bo’laklari bo’lgan) qumtoshlar hisoblanadi. Metodni qo’llash quduqlar oralig’i 200-300 m bo’lganda samara beradi.

    Download 74,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 74,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja kirish turli geologik sharoitlarda konni suv haydash yoli bilan ishlatish sistemalari

    Download 74,28 Kb.