UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI




Download 74,28 Kb.
bet5/9
Sana29.05.2024
Hajmi74,28 Kb.
#256921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI.
  Uyumni ishlatishning yangi metodlari deganda qatlamga ta’sir etishning amaliyotda keng qo’llaniladigan suv bostirish metodlaridan farqlanadigan hamma metodlari tushuniladi. Suv bostirish metodi bilan ishlab bo’lmaydigan neft konlarida hamda an’anaviy suv bostirish metodlari bilan neft chiqarib olishning yuqori koeffitsientlarini ta’minlab bo’lmaydigan ishlatish ob’ektlarida yangi metodlardan foydalaniladi.
Yangi metodlarni qo’llash natijasida neft chiqarib olish koeffitsienti qiymati oshiriladi.
Yangi metodning fizik-kimyoviy asoslari, ularning qo’llanish texnologiyasi va qatlam-kollektorlardan neftni siqib chiqarish jarayonlari «Neft va gaz konlarini ishlatish» qo’llanmasida keng yoritilgan. Ushbu qo’llanmada qatlamga ta’sir etishning yangi metodlarini qo’llash uchun tanlanadigan uyumlarning geologik mezonlariga asosiy diqqat-e’tibor qaratiladi.
Uyumni ishlatishning yangi metodlari (neftni chiqarib olish koeffitsientini oshirish) qo’llaniladigan jarayonlar turiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
− fizik-kimyoviy metodlar – qatlamdan neftni kimyoviy reagentlarning suvli eritmalari (polimerlar, sirt-faol moddalar, kislotalar, ishqorlar), mitsellyar eritmalar va boshqalar vositasida siqib chiqarish;
− teplofizik metodlar – qaynoq suv yoki bug’larni qatlamga haydash;
− termokimyoviy metodlar – neftning qatlam ichra yonish jarayonini qo’llash – quruq, namli yoki yuqori namlikda yonish, shuningdek, ishqorlar, oksidatlar (yuqori temperaturali havo) va sh.k. ta’sirida yonish;
− neftni u bilan aralashadigan omillar – erituvchilar va yuqori bosimdagi uglevodorod gazlari ta’sirida siqib chiqarish metodlari.
Uyumni suv bostirish metodlaridan farqli o’laroq, yuqorida qayd qilingan yangi metodlar ma’lum bir geologik-geofizik sharoitlarda qo’llangandagina yaxshi samara berishi mumkin. SHu sababli u yoki bu yangi metodni qo’llash uchun unga mos keluvchi ishlatish ob’ektini tanlash zarur. Metodlarni kon sharoitida sinab olingan ma’lumotlardan ma’lumki, laboratoriya va nazariy tadqiqotlar natijasida olingan ko’rsatkichlar ko’pincha aslidan birmuncha yuqori bo’ladi. SHunga ko’ra ob’ektlarni tanlashda eksperiment natijalari bilan bir qatorda turli kon-geologik sharoitlarda bajarilgan sinash ishlari ma’lumotlarini ham hisobga olish kerak.

Download 74,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



UYUMLARINI ISHLATISHNING YANGI METODLARI

Download 74,28 Kb.