Reja kirish turli geologik sharoitlarda konni suv haydash yoli bilan ishlatish sistemalari




Download 74,28 Kb.
bet8/9
Sana29.05.2024
Hajmi74,28 Kb.
#256921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI

TEXNIKA HAVSIZLIGI
Mehnat muhofazasining asosiy vazifalaridan biri, ishchilarga xavfsiz ish sharoitini yaratib berishdan iboratdir. Xavfsiz ish sharoiti, уa’ni mehnat xavfsizligi – bu ishlab chiqarish sharoitida ishchilarga barcha xavfli va zararli omillar ta’siri bartaraf etilgan mehnat sharoiti holatidir.
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar ishlab chiqarish sharoitida ko‘pgina fizik va kimyoviy omillar ta’sirida yuz beradi. Bunday xavfli omillarni yuzaga kelishi texnologik jarayonning xususiyatiga, ish jihozlarining konstruksiyasiga, mehnatni tashkillashtirish darajasiga va shu kabi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi. Xavfli omillar yuzaga kelish xususiyatiga bog‘liq holda aniq va yashirin bo‘lishi mumkin. Aniq xavf ko‘zga ko‘rinarli tashqi belgilari bilan tavsiflanadi. Masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismi, ko‘tarilgan yuk va b. Yashirin xavf mashina, mexanizmlar va ish jihozlarida yashirin nuqsonlar, nosozliklar bo‘lishi bilan xususiyatlanib, ma’lum bir sharoitda xavfli holatga, halokatga olib keladi. Yashirin xavflarga ish joyining tartibsizligi, iflosligi, xavfsizlik talablariga javob bermasligi, ish jihozlari va moslamalardan noo‘rin, уa’ni boshqa maqsadlarda foydalanish, uzilgan elektr simlari, ishchining xato va noto‘g‘ri harakati kabilar ham kiradi. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish – bu murakkab muammo hisoblanib, birinchi navbatda mashina va mexanizmlarni loyihalash bosqichida xavfsizlik talablariga katta e’tibor berishni talab etadi.
Insonning hayotiy-faoliyatida doimiy yoki vaqtincha xavfli omillar yuzaga keladigan joy xavfli zonalar dеb ataladi. Insonga, xavfli omillar bevosita u bilan muloqotda bo‘lish orqali yoki belgilangan masofadan kam masofada yaqinlashilganda ta’sir etishi mumkin. Xavfli zonalar mashinalarning harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlari atrofida, yuk ko‘tarish-tushirish mashinalarining ishlash vaqtida ko‘tarilgan yuk atrofida yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, katta tezlikda aylanuvchi yoki harakatlanuvchi mexanizmlar ish kiyimini yoki sochni o‘rab ketishi ehtimoli mavjud joylar xavfli hisoblanadi. Xavfli zonalar o‘lchami doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shu sababli xavfli omillardan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqishda xavfli zonalar o‘lchamini aniqlash va hisobga olish talab etiladi.
Yuqoridagilarga mos holda barcha mashina va mexanizmlarning loyihasiga ularning bajarishi lozim bo‘lgan vazifalarini hisobga olgan holda xavfsizlik talablari o‘rnatiladi. Umumiy holda mashina va mexanizmlar loyihasiga qo‘yilgan xavfsizlik talablariga quyidagilarni kiritish mumkin: mashina va mexanizmlarning barcha harakatlanuvchi va aylanuvchi mexanizmlariga himoya to‘siqlari o‘rnatilgan bo‘lishi; mexanizm yoki detallar yuzalari o‘tkir qirrali, notekis bo‘lmasligi (texnologik jarayon talabi bo‘yicha tayyorlangan detallar bundan mustasno); mashinaning o‘lchamlari xavfsiz va qulay transport holatini ta’minlashi; boshqarish azolari qulay bo‘lishi; kabinalarda ishchi uchun qulay va komfort sharoit bo‘lishi; tegishli yoritilganlik jihozlari bilan ta’minlanishi; tegishli nazorat asboblari, ishonchli tormoz qurilmalari, signalizatsiya tizimi bo‘lishi va b. Shuningdek, mashina va mexanizmlarning ayrim mexanizmlariga ham alohida texnik talablar o‘rnatiladi.

XULOSA

Neft’ qazib chiqaruvchi birlashmalar tarkibiga kiruvchi barcha korxona va tashkilotlaming tabiatni asrash faoHyatlarini koordinatsiyalash uchun sanoat birlashmalarini boshqarish apparatida mavjud boigan hamda mos holda atrof muhitni himoyalashning maxsus boiimi faoliyat yuritadi. Atrof muhit sifatini boshqarishda rejalashtirish fiinksiyasi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, chunki atrof muhitni boshqarishda ikki jihat farqianadi:iqtisodiy faoliyat tashkilotlari orqali boshqarish va bevosita atrof muhit obyektlarini boshqarish.


Neft’ va gazni izlash, burgilash, tayyorlash, tashish va saqlash jarayonlari texnologik, transport, xo‘jalikiste’moli va yonginga qarshi ehtiyojlar uchun katta hajmdagi suvni va bir vaqtning o‘zida shunday hajmdagi yuqori mineralli, kimyoviy reagentlar, sirti-faol moddalar va neft’ mahsulotlari saqlovchi oqova suvlar chiqarib tashlanishini talab etadi. Neftberaoluvchanlikni oshirishning sanab o‘tilgan usullarini QBU ning amaliyotda ishlov berilgan usullari bilan birgalikda ham qoilash mumkin.Masalan, qatlamga kislotali va ishqorli eritmalami, karbonat angidrid, SFM lami haydash chegaradan tashqarida va chegara ichida suv bostirishda qoilanilgan. Neftni yigish va tashishning germetiklangan tizimlarini joriy etish jihozlar va kommunikatsiyalaming korroziyalanish ehtimolini sezilarli darajada pasaytirsada, biroq neft’ va suvni tayyorlashda korroziya natijasida germetiklik tez-tez buzilib turadi, bu esa neft’ va qatlam suvlarining sizishiga va bu bilan atrof muhit obyektlarining ifloslanishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda oqova suvlaming atrof muhitga ta’sirini neytrallashtirish uchun ulami bugiatish-havzalarida va fil’tratsiya maydonlarida tabiiy bugiatish, chuqurlikdagi yutuvchi gorizontlarga haydash va QBU uchun mahsuldor kollektorlami suv bostirish kabi usullar qoilaniladi. Neft’ gazining yo‘qotilishi faqatgina bizning mamlakatimizda bu qimmatbaho uglevodorod xomashyosining dunyo bo‘yicha yo‘qotilishining 3 %ini tashkil etadi.



Download 74,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja kirish turli geologik sharoitlarda konni suv haydash yoli bilan ishlatish sistemalari

Download 74,28 Kb.