|
NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA
|
bet | 4/9 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 74,28 Kb. | | #256921 |
Bog'liq KURS ISHINEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH JARAYONIDA QATLAMGA
TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI
Gaz qalpoqli mahsuldor qatlamlar va neft uyumlari qatlamga ta’sir etish yo’li bilan ishlatilganda gaz qalpog’i va neft uyumi hajmlari nisbatiga hamda neft uyumining balandligiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Uyumni tabiiy sharoitlarda (bosimni saqlash ishlarini bajarmasdan) ishlatishda gaz-neft tutash yuzasi holatini saqlash muhim tadbirlardan hisoblanadi, unga erishish uchun chiqarib olinayotgan gaz va neft debiti boshqarib turiladi.
Neft uyumining hajmi nisbatan katta bo’lsa, uni ishlatish jarayonida gaz qalpog’idan gazning yorib chiqishining oldini olish maqsadida to’siqli suv bostirish amalga oshiriladi. Bunday holda gazlilikning chegarasi ichi bo’ylab yoki uning yaqinida chiziqsimon joylashtirilgan haydash quduqlari orqali suv yuboriladi, natijada qatlamda suv to’sig’i hosil bo’ladi. U gaz shapkasini neft uyumidan ajratadi va neftning muvaffaqqiyatli chiqarib olinishini ta’minlaydi.
Agar neft va gaz uyumida neft faqat yirik gaz uyumi bo’ylab neft hoshiyasini hosil qilsa, uni yer yuzasiga chiqarib olish juda qiyin kechadi. Bunday holda uyumning ishlatish samaradorligi ishlatish quduqlarining (gazlilik va suvlilik chegaralariga nisbatan) to’g’ri joylashtirilishiga bog’liq. Neft uyumidan neftni chiqarib olmasdan turib, gaz shapkasidagi gazni cheklanmagan miqdorda chiqarib olish yomon oqibatlarga olib keladi.
Neft va gaz zaxiralari katta bo’lsa, ularni ishlatish masalasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hal qilinadi va navbat bilan amalga oshiriladi. Bunda gaz shapkasidan gaz olish chog’ida neft yo’qotilishini baholash muhimdir.
Shuningdek, neft va gaz uyumlarini ishlatishda qatlam bosimini saqlash va gaz-neft tutash yuzasi holatining harakatsizligini ta’minlash maqsadida chegara tashqarisiga suv bostirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
Neft uyumini chekka suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema tabiiy suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejimdagi qatlam tipidagi neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunga ko’ra ishlatish quduqlari neftlilikning chegarasi ichiga parallel holda, uyumning neftli qismida halqasimon qatorlar shaklida joylashtiriladi. Quduqlar imkon qadar shaxmat tartibida joylashtiriladi. Quduqlarning suvsiz ishlatish davrini uzaytirish maqsadida quduqlar qatori oralig’idagi masofa quduqlar oralig’idagi masofaga nisbatan kattaroq qilib olinadi. Shu maqsadda tashqi qatordagi quduqlarda qatlamning neftga to’yingan pastki qismi teshilmaydi. Ichki qatordagi quduqlardagi neftga to’yingan qatlamlar qalinligi bo’yicha teshiladi. Quduqlarning bunday joylashtirilishi va teshilishi uyumga chekka suvlarning kirib kelishini va undan suyuqlikni chiqarib olishni ta’minlaydi. Uyumning suv-neftli qismidagi neft suv ta’sirida siqilib, quduq tomon harakatlanadi. Uyumni ishlatish jarayonida neftlilik chegarasi tortilib, kichrayib boradi, uyum o’lchami kamayadi. Shunga ko’ra dastlab quduqlar qatorining tashqi halqasidagi quduqlar suvlanadi va ishdan chiqadi, ma’lum vaqt o’tgach esa keyingi qatorlardagi quduqlar ham ishdan chiqadi.
Neft uyumini ostki suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema massiv tipidagi (odatda uyumning hamma maydoni ostida ostki suvlar mavjud bo’lganda) neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunday uyumlar suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejim bilan tavsiflanadi. Uyumlar ishlanganda neftning suv ta’sirida siqilishidan hamma joyda suv-neft tutash yuzasi sathi ko’tariladi, ya’ni bir xil gipsometrik balandlikda joylashgan uyumlar oralig’i ketma-ket suvlana boshlaydi va uyumlar o’lchami kichrayadi. Uyum maydonida quduqlarning joylashtirilishi va kesimning mahsuldor qismini perforatsiyalash uyumning balandligiga va boshqa parametrlariga bog’liq. Agar uyum balandligi bir necha o’n metrga teng bo’lsa, quduqlar uyum maydoni bo’ylab bir maromda joylashtiriladi va ulardagi qatlamlar ustki qismidan boshlab suv-neft tutash yuzasidan bir necha metr yuqorida belgilangan shartli chegaragacha teshiladi (10.12-rasm). Uyum balandligi 200-300 m bo’lganda (karbonat kollektorlardagi ayrim massiv uyumlarga xos) quduqlarni uyum markazi tomon quyuqlashib boruvchi to’r bo’yicha joylashtirish lozim, bunda har bir quduqqa to’g’ri keladigan neft zaxirasi hisobga olinadi. Shunga ko’ra quduqlardagi kesimning mahsuldor qismini ochish uyumning filtratsiya xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Agar neft qovushqoqligi past − 1-2 mPa·s gacha, o’tkazuvchanligi yuqori va mahsuldor qatlamning tuzilishi bir tarkibli bo’lsa, bunday sharoitlarda neftga to’yingan jinslarning yuqori qismida neft ochilishi mumkin, u pastda joylashgan neftli qatlamdan yuqoriga siqib chiqarilgan bo’ladi. Neft qovushqoqligi past bo’lib, jins-kollektor har xil tarkibli jinslardan tarkib topgan bo’lsa yoki neft qovushqoqligi yuqori bo’lsa, u holda neftga to’yingan qalinlik asta-sekin ochib boriladi.
Neftdan gazning ajralishi hisobiga hosil bo’ladigan energiyadan foydalanib uyumni ishlatish sistemasi. Neft va gaz uyumlarini erigan gaz rejimida ishlatishda ishlatish quduqlari odatda bir maromda joylashtiriladi, quduqlarni perforatsiyalash neftga to’yingan qalinlikni to’liq qamrab oladi.
Qatlam suvlari va gaz qalpog’i gazi bosimlaridan birgalikda foydalanib uyumni ishlatish sistemalari. Bu sistema gaz-neft uyumining neftli qismini ishlatishda uning aralash rejimidan foydalanishni va neftni chegara suvi hamda gaz qalpog’i gazi bilan siqib chiqarishni nazarda tutadi. Ishlatish quduqlari bir maromda joylashtiriladi va neftga to’yingan qalinlikning suv-neft tutash yuzasidan uzoqroqdagi qismigina teshiladi. Suv gazga nisbatan yaxshi yuvish xususiyatiga ega bo’lgani uchun bu sistemani gaz qalpog’i nisbatan kichik uyumlar uchun qo’llash afzalroqdir. A.V.Afanaseva tomonidan bajarilgan hisob-kitoblarga ko’ra suv va gaz bilan neftni siqib chiqarish jarayoni uyumning neftli va gazli qismlarining hajmlari (Vn/Vg) nisbatiga bog’liqdir.
Gaz-neft tutash yuzasi holati qo’zg’almas bo’lganda qatlam suvi bosimidan foydalanib uyumni ishlatish sistemalari. Sistema neft-gaz uyumidan (aralash tabiiy rejimda) neftni gaz qalpog’i hajmi o’zgarmas bo’lganda qatlamga suv haydash orqali chiqarib olishga mo’ljallangan. Gaz-neft tutash yuzasini uning boshlang’ich holatida barqarorlashuvini ta’minlash uchun gaz qalpog’idagi bosim boshqariladi, undan maxsus qazilgan quduqlar orqali ma’lum bir hajmdagi gaz chiqarib olinadi, uning miqdori uyumning neftli qismidagi bosimni pasayish sur’atiga mos kelishi kerak.
Uyumni ishlatishning bunday sistemasida quduqlarni perforatsiyalash oralig’i gaz-neft tutash yuzasiga yaqinroq bo’lishi mumkin. Lekin perforatsiyalash oralig’ini tanlashda suv va gaz konusining hosil bo’lish imkoniyatini hisobga olish hamda suv-neft tutash yuzasi sathining ko’tarilish sharoitida ishlatish quduqlarining suvsiz ishlaydigan davrini uzaytirishga harakat qilish lozim. Gaz-neftli uyumlarning neftli qismini ishlatishda eng qulay perforatsiyalash intervallarini asoslash metodi tegishli bobda berilgan.
Gaz qalpog’i energiyasi ta’sirini yo’qotib, uyumni ishlatish sistemasi uyumning neftli qismi balandligi katta, neft qovushqoqligi past, qatlamning o’tkazuvchanligi yuqori va qatlam kesimida suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar mavjud bo’lganda muvaffaqiyatli qo’llaniladi.
|
| |