1-mavzu: Fаn ijtimoiy-madaniy hodisa. Reja: Fan tushunchasining tahlili




Download 378.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi378.81 Kb.
#73968
  1   2
Bog'liq
1-Ma\'ruza
Gulnora, @uqituvchiga hujjat 372-sonli nizom


1-MAVZU: Fаn ijtimoiy-madaniy hodisa.
 
Reja: 
1. Fan tushunchasining tahlili. 
2. Fan tarixiga oid yondashuvlar. 
 
 
Tayanch so’z va iboralar 
Texnogen sivilizasiya, fanning mikrokonteksti va makrokonteksti, fanning 
funksiyalari, tavsiflash, tushuntirish
prognoz, dogmatizm, murosasizlik, 
falsifikasiyalanmaslik. 
 
Fan tushunchasining ma’nosi. Fan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida 
insoniyatning kundalik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘ldi. Ko‘p sonli 
ta’riflarga ko‘ra fan bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bilim sifatida fan atrof borliq narsalari va jarayonlarini amalda aniq, izchil va 
tadrijiy bilishga qaratilgan. 
Faoliyat sifatida fan maqsadlarni belgilash, qarorlar qabul qilish, yo‘l 
tanlash, o‘z manfaatlarini ko‘zlash, mas’uliyatni tan olish maydonida amal qiladi
V.I.Vernadskiy fanning aynan faoliyat sifatidagi talqinini alohida qayd etgan edi: 
«Fanning mazmuni ilmiy nazariyalar, gipotezalar, modellar bo‘lib, u yaratuvchi 
dunyoning manzarasi bilan cheklanmaydi, uning negizi asosan ilmiy omillar va 
ularning empirik xulosalaridan tashkil topadi, tirik odamlarning ilmiy ishi uning 
asosiy jonli mazmunini tashkil etadi»
1

Faoliyat sifatidagi fan ob’ektivlik, aniqlik, haqiqiylik mezonlariga javob 
beruvchi bilimlar tizimi sifatida amal qiluvchi ilmiy bilim o‘ziga epiriklik hududini 
ta’minlashga, mafkuraviy va siyosiy yo‘nalishlarga nisbatan betaraf bo‘lishga 
harakat qiladi. Olimlar o‘z umrini baxshida etuvchi haqiqat yo‘lidagi izlanishlar 
hamma narsadan ustun turadi, fanning bosh omili va asosiy boyligi hisoblanadi.
Fanning uchinchi – institutsional talqini uning ijtimoiy tabiatiga urg‘u beradi 
va uning borlig‘ini ijtimoiy ong shakli sifatida moddiylashtiradi. Umuman olganda, 
fanning institutsional ko‘rinishi bilan ijtimoiy ongning boshqa shakllari: din, siyosat, 
huquq, mafkura, san’at va hokazolar ham bog‘liq.
Ijtimoiy institut yoki ijtimoiy ong shakli sifatidagi fan ilmiy tashkilotlar, ilmiy 
hamjamiyat a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tizimini, me’yorlar va qadriyatlar 
tizimini tashkil etadi. Biroq o‘n minglab va hatto yuz minglab odamlar o‘z kasbini 
topgan institut sifatidagi fan yaqin o‘tmishdagi rivojlanish mahsulidir. Zotan, faqat 
XX asrga kelib olim kasbi o‘z ahamiyatiga ko‘ra ruhoniy va qonunchi kasbi bilan 
tenglashdi.
Ijtimoiy madaniy hodisa sifatidagi fan ikki yo‘nalishda davlat boshqaruv 
tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi
Davlat boshqaruvi tizimi sifatidagi fan bu universitetlar, ilmiy tadqiqot 
institutlari, laboratoriyalarida boshqaruvning davlat boshqaruvi darajasida amalga 
1
Vernadskiy V.I. Problema bioximii. – M., 1988. – 252-b.


oshishini nazarda tutadi, jamoa sifatidagi fan esa bu kafedralar, bo‘limlarda 
ishlayotgan olimlar, xodimlar bo‘lib, ularga odamlarning tipik ko‘rinishiga xos 
bo‘lgan barcha fazilatlar va illatlar xosdir. SHu bois, jamoa sifatidagi fanda haqiqiy 
fan fidoiylari bilan bir qatorda munofiqlar, fikr o‘g‘rilari va amalparastlar ham 
faoliyat yuritadi. 
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta’rif berish mumkin emasligini qayd etib, 
fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo‘llarni belgilaydi. Uning 
fikricha fan: 
1) institut
2) metod; 
3) ilmiy an’analarning shakllanishi; 
4) ishlab chiqarishning rivojlanish omili; 
5) e’tiqodlar va insonning dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng kuchli omil 
sifatida namoyon bo‘ladi
1
.
«Etimologik lug‘at»da fanga «tabiiy hodisalarni kuzatish, tasniflash, 
tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko‘rsatish vositasi» 
deb ta’rif berilgan
2
. Bu ta’rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.
E.Agassi fan «ob’ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui sifatida 
emas, balki ob’ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida» qaralishi 
lozimligini qayd etadi
3
. Bu ta’rifda ilmiy va oddiy bilimni farqlashga da’vo, fan 
ob’ektni o‘rganishni uni nazariy tahlil qilish darajasiga etkazgan taqdirdagina 
to‘laqonli xususiyat kasb etishiga ishora mavjud.
SHunday qilib, fan bilan faqat dalillar majmuini qayd etish va ularni 
tavsiflashni bog‘lash mumkin emas. Biz narsalar va hodisalarni tushuntirish va 
ularni taxmin qilish tamoyillarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan taqdirdagina 
to‘laqonli fanga ega bo‘lamiz. Ko‘pgina olimlar ma’lum tamoyillar, soddalik 
mavjud bo‘lmasa, fan ham mavjud bo‘lmaydi, deb hisoblaydilar. Bu bahsli fikr. 
CHunki fanning etukligi nafaqat soddalik va aniqlik, balki teran nazariy, konseptual 
daraja bilan ham belgilanadi. Agar inson mushohada yuritishni emas, balki unga 
barcha dalillar taqdim etilishini xohlayotgan bo‘lsa, u fanning dastlabki bosqichida 
emas, balki bu bosqichning nuqtai nazarida turgan bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda fan avvalo ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bu fan jamiyatda amal qiluvchi rang-barang kuchlar va ta’sirlarga bog‘liq ekanligi, 
ijtimoiy kontekstda o‘z ustuvor vazifalarini belgilashi, murosai madoraga moyilligi 
va o‘zi ham jamiyat hayotini sezilarli darajada belgilashini anglatadi. SHu tariqa ikki 
xil munosabat qayd etiladi: fan ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida insoniyatning 

Download 378.81 Kb.
  1   2




Download 378.81 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu: Fаn ijtimoiy-madaniy hodisa. Reja: Fan tushunchasining tahlili

Download 378.81 Kb.
Pdf ko'rish