• XXI asr bо‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida 4 ta asosiy an’ana kuzatiladi: Birinchidan
  • ) 1957 yilda Londonda Britaniya hukumatining funt-sterling ustidan nazorat о‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi; 3)




    Download 268,16 Kb.
    bet44/72
    Sana17.01.2024
    Hajmi268,16 Kb.
    #139504
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
    Bog'liq
    1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

    2) 1957 yilda Londonda Britaniya hukumatining funt-sterling ustidan nazorat о‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi;
    3) 1958 yilda dastlab “Umumiy bozor” deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
    4) 1960-yillarda Yaponiya iqtisodiyotini tez sur’atlar bilan о‘sishi, Uzoq Sharqning biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning paydo bо‘lishi;
    5) 1971-1973 yillarda Bretton-vuds tizimining qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan suzuvchi valyuta kurslariga о‘tish;
    6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlarining jahon iqtisodiy tizimiga bosim о‘tkazishi. Ushbu davrda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirishi;
    7) 1980-yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
    8) 1987 yilda "Katta yettilik" mamlakatlari tomonidan Parijda Luvr bitimining imzolanishi. Ular о‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali kuchsizlanib borayotgan dollarni qо‘llab-quvvatlashni rejalashtirdilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat yuritishni mо‘ljalladilar;
    9) 1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlarining о‘z siyosiy yо‘nalishlarini о‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyoqarashdan kо‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga о‘tishi jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;
    10) 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi va boshqa jarayonlar о‘tgan asrning 90-yillarida mintaqaviy rivojlanishni jadallashtirdi.
    XXI asr bо‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida 4 ta asosiy an’ana kuzatiladi:
    Birinchidan, xomashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasidagi munosabatlardagi о‘zgarishlar. Xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar о‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bо‘lib, ularning о‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xomashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
    XX asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa olimlari “dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi” deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib, kо‘pgina xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xomashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo sanoat texnologiyasi va qishloq xо‘jalik sohasining keskin rivojlanishi xomashyoga bо‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir kо‘rsatdi va natijada xomashyo bahosining pasayishi yuz berdi.

    Download 268,16 Kb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




    Download 268,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ) 1957 yilda Londonda Britaniya hukumatining funt-sterling ustidan nazorat о‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi; 3)

    Download 268,16 Kb.