Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
FK: web-sayt ko‘rinishidagi axborotlarni qayta ishlay oladi;
maxsus amaliy dasturlar yordamida ma’lumotlar ombori va so‘rovlar hosil qila oladi va hisobotlar tayyorlay oladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
Dars turi: Yangi bilim berish.
O’quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi:
O’qitish usullari: blits-so’rov, savol-javob.
O’qitish shakllari: guruhlara ishlash, frontal, jamoaviy.
O’qitish vositalari:11-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti,
Monitoring va baholash: og’zaki va test nazorati, amaliy vazifalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish
Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish
Yo’qlamani aniqlash
Navbatchi axboroti.
Siyosiy daqiqa.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish.
Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Mashq. O‘zaro ikki shami to‘qnashtirish. Bajarish:
Oval Tool (O) jihozi belgilanib, Fill Color bandidan shar tanlanadi va F5 tugma yordamida kerakli o‘lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Shar belgilanib, ishchi soha o‘rtasiga siljitiladi va Frameda sichqonchani chap tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Layer 2 qatlami hosil qilinib, ishchi sohaning oxiriga ikkinchi shar chiziladi va F5 tugma yordamida kerakli o‘lcham belgilanib, F6 tugma bosiladi.
Shar belgilanib, ishchi sohaning o‘rtasiga siljitiladi (Layr 1 qatlamidagi sharga qarama-qarshi) va Frameda sichqonchani chap tugmasi bosilib, undan Create Motion Tween qatori tanlanadi.
Ctrl+Enter tugmalari bosiladi.
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism:
Macromedia Flash 8 dasturida bir vaqtninig o‘zida bir nechta animatsiya effektlarini hosil qilish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, buning uchun har bir Layer qatlamida alohida harakatli tasvirlar chiziladi yoki tayyor rasmlar chizmalar joylashtirilib harakatlantiriladi.
|