1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy




Download 11.79 Mb.
bet35/172
Sana19.06.2021
Hajmi11.79 Mb.
#15142
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172
Nazariy qism:

Vektorli tasvirda ham uning bir qismini ajratib olish unchalik qiyin emas. Vektorli tasvirda, masalan, Wordda yaratilgan chizmada, bir nechtagi- na obyekt bo‘lganligi sababli ulardan keraklilarini ketma-ket tanlab chiqish mumkin.

Shu sababli rastrli tasvirlarda ulaming bir bo‘lagini ajratib olish uchun bu bo‘lak (soha) ning chegaralarini ajratib olish kerak bo‘ladi. Bu amal ancha qi- yin bo‘lib, uni bajarish anchagina mahorat talab qiladi. Bu amalni osonlash- tirish uchun PhotoShopda bir qator uskunalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, asosiy menyuning oltinchi bo‘limi (Выделение - Ajratish) da tasvir bo‘lagi- ni ajratish uchun ishlatiladigan buyruqlar yig‘ilgan.

Soha ajratilgach, yana bir marta yangi soha ajratilsa, eski ajratilgan soha bekor qilinadi va o‘mida yangi ajratilgan soha paydo bo‘ladi. Navbatdagi soha ajratilayotgan paytda klaviaturadagi Shift tugmasi bosib turilsa, eski va yangi sohalar birlashtiriladi va hosil bo‘lgan soha ajratiladi. Agar yangi soha ajratishda Alt tugmasi bosib turilsa, yangi ajratilgan soha eskisidan ayirib tashlanadi. Yangi sohani ajratishda Alt va Ctrl tugmalarining ikkalasi ham bosib turilsa, yangi soha bilan eski sohaning kesishmasi ajratib olinadi. Bu to‘rtta holat yuqoridagi to‘rtta suratda aks etgan.

Ajratish uskunalaridan birortasi tanlanganda parametrlar satrida bu usku- nalaming parametrlari paydo bo‘ladi. Parametrlar satrining ko‘rinishi quyi­dagi rasmda ko‘rsatilgan
Undagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi tugmalar mos ravishda hech qaysi tugmani bosmasdan, Shift, Alt va Shift+Alt tugmalarini bosib tu­rib sohani ajratishga to‘g‘ri keladi. Ya’ni klaviaturadagi tugmalami bosib tu- rish o‘miga parametrlar panelidagi tugmani bir marta bosib qo‘yish mumkin.

Oval ko‘rinishidagi sohalami ajratish ham shu kabi amalga oshiriladi. Shuningdek, to‘rtta ajratish uskunalaridan bitta murakkab sohani ajratishda ham foydalanish mumkin.

Ajratilgan sohalardan namunalar quyidagi rasmlarda keltirilgan:

Yuqorida ko’rsatilgan uskunalardan foydalanib geometric shakl ko’rinishida sohalami ajratib olish qulay. Lekin ajratilishi kerak bo‘lgan soha har doim ham bunday ko‘rinishda bo‘lavermaydi. PhotoShopda yana bir nechta ajratish uskunalari bo‘lib, ular JIacco (Arqon), Прямолинейное лассо (To‘g‘ri chiziqli arqon), Магнитное лассо (Magnitli arqon) deb ataladi.

Ulaming hammasi uskunalar panelida bitta Лассо (Arqon) tugmasi osti­da yashirilgan. Ulami bu tugma ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, paydo bo‘lgan menyudan tanlash yoki ularga mos qo‘yilgan klaviaturaning L harfini bir yoki bir necha marta bosish bilan tanlash mumkin

Amaliy ish:


  1. Tasvimi to‘liq ajratib olish, ajratishni bekor qilish qanday bajariladi?

  2. To‘g‘ri to‘rtburchak, oval ko‘rinishidagi soha qanday ajratiladi?

  3. Ajratilgan sohalar ustida qanday amallar bajarish mumkin?

  4. Arqon uskunasidan qanday foydalaniladi?

  5. To‘g‘ri chiziqli arqon uskunasidan qanday foydalaniladi?

  6. Yuqorida berilgan mashqlami kompyuterda bajaring.

  7. Прямолинейное лассо (To‘g‘ri chiziqli arqon) uskunasi yordamida suratdagi binoni airatib olishni mashq ailing.



Download 11.79 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   172




Download 11.79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy

Download 11.79 Mb.