Nazariy qism:
Fotosuratlami olishda ko‘pincha kamchilikka yo‘l qo‘yiladi. Jumladan, kadrga ortiqcha narsalar ham tushib qoladi va ulami kadrdan olib tashlashga to‘g‘ri keladi. Bunda fotosuratning chet tomonlarini qirqib tashlash kerak. Bu amalni bajarish uchun PhotoShopda maxsus uskuna bor. Uning nomi ramka bo‘lib, uni klaviaturadagi С harfini yoki uskunalar panelidagi Щ tugmani bosib faollashtirish mumkin.
PhotoShopning ishchi sohasidagi tasviming kesib olinadigan qismining bir uchiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosamiz va uni qo‘yib yubormay qarama-qarshi uchiga qarab sichqonchani yuritamiz. Sichqonchaning tugmasini qo‘yib yuborishimiz bilan tasviming bo‘lagi kesib olinadi va unda ramka paydo bo‘ladi.
Ramkaning to‘rt tomoni va to‘rtta burchagidagi markerlardan zaruri- ni sichqoncha bilan sudrab, ramkaning o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Kerak bo‘Isa, ramkani markazi atrofida burishimiz mumkin. Buning uchun sichqonchani ramkaning biror burchagiga tashqi tomondan yaqinlashtiramiz. Sichqoncha kursori aylana yoyi ko‘rinishiga kelgach, chap tugmasini bosib turib, ramkani buramiz. Bu amalni quyidagi qizaloq surati ustida bajaramiz:
Bolalami suratga olish qiyin ishligini hamma biladi. Bu suratda ham bir qator kamchiliklar bor. Qizaloq suratning bir tomoniga o‘tib qolgan va u boshini qiyshaytirib olgan. Yana bir kamchilik, yorag‘lik qizaloqqa o‘ng tomondan tushayapti, natijada uning chap yuzi o‘ng yuzidan ko‘ra to‘qroq chiqqan. Bu uning kiyimida yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.
Qizaloqning yuzini ramka bilan ajratib olamiz. Ramkani soat miliga tes- kari yo‘nalishda biroz buramiz. Ramkaning o‘lchamlarini yana to‘g‘rilab olamiz. Enter tugmasini bosib, o£zgarishlami amalga oshiramiz.
Fotosuratlarda uchraydigan kamchiliklardan yana bin bu suratga olish nuqtasining noto‘g‘ri tanlanishidir. Natijada suratga olinayotgan obyekt ro‘paradan emas, balki chap, o‘ng, past yoki yuqoridan suratga olinib qoladi. Suratga olish nuqtasidan tasviming ko‘rinishi uning perspektivasi deb ataladi. Quyidagi rasmda ko‘p qavatli bino yerdan turib suratga olinganligi ko‘rinib turibdi. Uni qo‘shni binodan turib suratga olingan ko‘rinishga keltirish mumkin.
Buning uchun PhotoShopdagi ЬСадрирование перспективы (Perspekti- vani o‘zgartirib kadrlash) uskunasidan foydalanish mumkin. Uni chaqirish uchun klaviaturadagi bosh lotin harfi С ni (Shift+C) bir necha marta bosamiz. Yoki uskunalar panelidagi ramka uskunasining ustiga sichqonchani olib kelib, o‘ng tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan ro‘yxatdagi ikkinchi uskunani tanlaymiz. Uning tugmasi Q ko‘rinishda bo’ladi.
Bunda burchaklami bir necha marta surishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Chunki o‘ng tomondagi chiziqlar parallel bo‘lgunicha, chap tomondagi chi- ziqlar parallel bo‘lmay ketishi mumkin va aksincha.
Bu uskunadan devordagi surat, televizor, kompyuter yoki planshet ekranidagi tasvimi qiya burchak ostida suratga olingandagi kamchilikni to‘g‘ri- lashda ham ishlatish mumkin
|