|
1-Mavzu: Grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari Darsning maqsadi: Ta’limiy
|
bet | 4/172 | Sana | 19.06.2021 | Hajmi | 11,79 Mb. | | #15142 |
Uyga vazifa berish:
UHD turidagi ekranni chizing. Uning o‘ng yuqori burchagiga boshqa turdagi ekranlami piksellari soniga qarab joylang. Ulaming yuzalari nisbatini toping.
Tekshirdim:
O`quv ishlari bo`yicha dirеktor o`rinbosari:_________________
2-Mavzu: Amaliy mashg’ulot
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga grafik obyektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullarini o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini oshirish va rivojlantirish.
Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
TK: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llay bilish;
FK: grafik ob’ektlar va ularni kompyuterda tasvirlash usullari, kompyuter grafikasi va uning turlari haqida bilimga ega bo‘ladi;
Dars usuli: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.
|
| |