1-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dasturlash muhiti. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi




Download 80.05 Kb.
bet10/14
Sana01.04.2023
Hajmi80.05 Kb.
#48072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-Mavzu Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dastur
УМУМИЙ МИКРОБ биотех намунавий дастур, 572 17.09.2021, ПРОЦЕСС ПАДЕНИЯ РЕДУЦИРОВАННЫХ И ЕГО СЛЕДСТВИЯ, PrintContractPdf, 6272e3a16093bcc7541dc1f04d64b195, yHKuxYOItpJ97DdfsOklwYtTovBgwzEsvuNkthCo, KompyuterTarmoqlar, Referat mavzu Kompyuter tarmoqlari, uning asosiy tushunchalari -fayllar.org, 12-Amaliy is ШЙК, 3-Amaliy ish, Xx asr boshlarida italiyada ijyimoiy iqtisodiy xayot XX asrning, Tarmoq skanerini tadqiq qilish 3, ARP, Ikki qavatli turar-joy binosi2024
10- MAVZU: Memo boshqarish obyekti.
Reja: 1. Memo obyekti va uning imkoniyatlari.
2. Memo obyektining asosiy xossalari.
3. Tub sonlar ilovasi.
DTS:katakcha, katakchalar bloki,adres, ma’lumot turi, formula haqida tasavvurga ega bo`lish. Kompetensiya: 1. TK1-kommunikativ kompetensiya 2. TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi 3. Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
I. Memo obyekti va uning imkoniyatlari. Ba'zi ilovalarda katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlari ham bo‘lishi kerak, Delphining biz shu paytgacha tanishib chiqqan imkoniyatlarida buning iloji yo‘q. Endi biz bunday imkoniyatni yaratadigan boshqarish obyekti bilan tanishamiz. Bu obyektning nomi Memo bo‘lib, u Memorandum so‘zining qisqartirilgan ko‘rinishi va xizmat uchun yozuvlar degan ma'noni bildiradi. Bu obyekt obyektlar panelining standart jildida joylashgan:
Delphida yangi ilova yaratib, unga bu obyektni joylaymiz. Ilovani ishga tushirib, sichqonchani Memo ustida bossak, uning ish maydonchasida kursor paydo bo‘ladi. Demak, unga matn kiritish mumkin: Unga matn kiritganimizda satr to‘lsa, keyingi satrdan matn kiritishni davom ettirish mumkin. Oyna matnga to‘lganda esa matn tepaga qarab siljib, yangi qator paydo bo‘ladi. Matnni kiritishni davom ettirish mumkin. Sichqonchani sudrab yoki kursorni boshqarish tugmalari yordamida matn bo‘Iagini ajratib olish, ajratib olingan matnni tugmalari yordamida nusxalash, kesib olish va matnga joylash mumkin. Qisqasi, bu obyekt sodda matn muharriri vazifasini bajara oladi. 2. Memo obyektining asosiy xossalari. obyektiga qancha matn kiritish mumkin? Unga chegara bormi? Albatta, bor. Bu obyektga kiritilgan matnda ko‘pi bilan ta harf va boshqa belgilar bo‘lishi mumkin. Bu esa 1000 dan ortiq matn satri degani. Lekin, biz bu obyektda matn kiritishni emas, unga ma'lumotlarni chiqarishni mo‘ljallagan edik. Agar biz unga foydalanuvchi ma'lumot kirgiza olmasligini xohlasak, bu obyektning (faqat o‘qish uchun) nomli xossasini (yolg'on) dan (rost) ga o‘tkazishimiz kerak: Memoga kiritilgan matn uning xossasida saqlanadi. Unda bittadan ko‘p matn satrlari bo‘lishi mumkin. Matn satrlarini bir-biridan ajratish uchun ular orasiga satr oxiri va satr boshiga o‘tish belgilarini qo‘yish kerak bo‘ladi. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin:
Undan foydalanishni o‘rganish uchun dastlabki n ta natural sonning kvadratlarini topadigan ilova yaratamiz. Unga bittadan Memo, Edit, Button obyektlarini joylab xossalarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz: •
tugmasini ikki marta bosib, ekranda paydo bo‘lgan protseduraga quyidagilarni kiritamiz: Ilovani ishga tushiramiz va dastlabki 100, 1000 ta natural sonning kvadratlarini topamiz.
xossasi bilan ishlash biroz noqulay, chunki uning uzunligi 65 minggacha bo‘lishi mumkin. Uning o‘rniga (qatorlar) xossasidan foydalanish mumkin. matn satrlari massivi bo‘lib, bu massivning kerakli elementiga uning indeksi orqali murojaat qilish mumkin, Masalan, matnning birinchi satri (satrlarni raqamlash 0 dan boshlanadi) boshiga 123 ni qo‘shib qo‘yadi. aslida xossa emas, obyekt bo‘lib, uning o‘zi xossalarga va usullarga ega. Masalan, barcha satrlarni o‘chirib tashlaydi. xossasi orqali matnda nechta satr borligini bilib olish mumkin. matn oxiriga yangi satr qo‘shadi va unga Oxirgi satr degan jumlani kiritadi. Yangi satrni matnning ixtiyoriy joyiga qo‘shish mumkin. Buning uchun Memol.Lines.Insert usuli mayjud. Masalan, 5-satr'); operatori beshinchi satrdan oldin yana bitta yangi 5-satr degan satrni kiritadi. Keyingi satrlar esa bitta pastga suriladi. yana ikkita foydali usuli bu bo‘lib, ular yordamida obyektga kiritilgan matnni matn formatida faylga saqlab qo‘yish va saqlab qo‘yilgan matnni obyektga yuklash mumkin. Masalan, operatori Memoga kiritilgan matnni d: diskdagi al.txt nomli faylda saqlab qo‘yadi. operatori saqlab qo‘yilgan faylni obyektga yuklab oladi. 3. Tub sonlar ilovasi. 2017 tub sonmi? Agar u tub bo‘lmasa, unga eng yaqin tub sonni toping. Eslatib o‘tamiz, tub son deb, faqat o‘ziga va 1 ga cjoldiqsiz bo‘linadigan natural songa aytiladi. Agar son murakkab bo‘lsa, lining bo‘luvchilaridan hech bo‘lmaganda biri uning kvadrat ildizidan kichik bo‘ladi. Aks holda barcha bo‘luvchilarning ko‘paytmasi berilgan sondan katta bo‘lib ketadi. Demak, berilgan son n ning tub ekanligini aniqlash uchun uni 4n gacha bo‘lgan sonlarga bo‘linmasligini tekshirish yetarli. Bu masalani yechish uchun n va undan keyingi k ta natural sonlar orasidagi tub sonlaming barchasini topadigan ilova yaratamiz. Berilgan parametrlarni kiritish
uchun ikkita Label, ikkita Edit, bitta Button va bitta Memo obyelctlarini yaratiladigan ilova oynasiga joylaymiz va uning xossalarini bizga kerak ko‘rinishda o‘rnatamiz:
YODDA SAQLANG! Memo obyektida bir necha ming satr matn joylashishi mumkin.
IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Memo obyekti obyektlar panelining qayerida joylashgan? 2. Edit maydonchasiga kiritilgan matn satrini Memoga har bir harfi alohida qatorda joylashadigan qilib chiqaring. 3. Memoga 50 ta satrdan iborat matn kiriting, Ularning juft nomerli satrlarni matndan olib tashlang.
Tayanch bilimlarni faollashtirish: 1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifani belgilanishi: 2. Mashg‘ulotning nomi, rejasi, maqsad va o‘qitish natijalar bilan tanishtiradi. 3. Mustaqil ishlash uchui adabiyotlar bilan tanishtiradi; 4.O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarni baholash mezoni va ko‘rsatkichlari bilan tanishtiradi (1-ilova). Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish: 2.1Tezkor - so‘rov, savol - javob, aqliy xujum, pinbord, “o‘ylang va juftlikda fikr almashing”, va boshka texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi. YAngi o‘quv material bayoni: Yangi o‘quv materiali bayoni. 2.2 Slaydlarlar va sharhlash bilan mavzu bo‘yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi. ( 2- ilova) 2.3 Jalb qiluvchi savollar beradi. 2.4 Mavzu har bir qismi bo‘yicha xulosalanadi, eng asosiylariga etibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi 2.5 Delphining grafik imkoniyatlari va uning berilishi elementlari xususiyatlarini yoritadi. 2.6 Image va Shape obyektlari bilan ishlash va ular orasidagi bog’lanish haqida tushuntiradi. Yangi o‘quv matrialini mustahkamlash. 2.7 Jarayon kichik guruhlarda davom etishini ma’lum qiladi. 2.8 O‘quvchilarni 3 ta kichik guruhlarga bo‘ladi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi va ishni bajarish uchun yo‘riqnoma beradi ( 4-ilova ). Har bir guruhga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi (5ilova). 2.9 Guruhlarda ishlarni boshlashga ruxsad beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushun ganligini aniqlash maqsadida teskari aloqa taashkil etadi: bajarish tartibini gapirib berish vazifasini beradi. 2.10 Bajarish jarayonini kuzatadi maslaxatlar beradi. 2.11 Mashg’ulotga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o‘zaro bir- birlarini baholashlarini eslatadi. Javoblarini to‘ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi. 2.12 Guruhlar ishini o‘zaro baholashni o‘tkazadi.
Uy vazifasini takdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
V. UYGA VAZIFA 1. Memo obyektining Text xossasi qanday vazifani bajaradi? 2. Memo obyektining Lines elementi matn bilan qanday ishlaydi?
Memo boshqarish obyekti Kichik guruhlarda ishlash qoidasi.
1. Talabalar ishini bajarish uchun zarur bilim va masalalarga ega bo’lmogi lozim. 2. Guruhlarga aniq topshiriqlar berilmog’i lozim. 3. Kichik guruh oldiga qo’yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqtajratiladi. 4. Guruhlardagi fikrlar chegaralanmaganligi va tazyiqqa uchramasligi xaqida ogohlantirilishi zarur. 5. Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari, o’qituvchi ularga yo’riqnoma berishi lozim. 6. Nima bo’lganda ham muloqotda bo’ling, o’z fikringizni erkin namoyon eting.
1-o‘quv topshiriq «Blits-so‘rov» savollari Bilishi lozim bo‘lgan savollar Berilgan savollarning mazmuni Width nima Height nima? Left nima?
2-o‘quv topshiriq Memo boshqarish obyekti FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring
Savol Memo boshqarish obyekti...... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
(M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
(U) Fikringizni umumlashtiring UYGA VAZIFA a. Memo obyektining Text xossasi qanday vazifani bajaradi? b. Memo obyektining Lines elementi matn bilan qanday ishlaydi?


Download 80.05 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 80.05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari. Delphi dasturlash muhiti. Ilova va uning oynasi. Boshqarish tugmasi

Download 80.05 Kb.