saqlash, izlash va tarqatish jarayonlari majmuini oʻz ichiga oladi. Informatika
termini 20-asrning 60-yillarida ishlatila boshlangan. Bu davrda koʻpchilik
tadqiqotlar axborotlarni qidirish muammolari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan. Ayni
shu davrda axborotlarni qidirish tizimi va usullari yaratildi. Informatika yuzaga
kelishi va rivojlanishida hisoblash texnikasi va boshqa texnik vositalarning oʻrni
beqiyos, chunki axborotlar bevosita hisoblash texnikasi yordamida qayta ishlanadi.
Keng maʼnoda maʼlumotlarni
izlab topish, qayta ishlash va ilmiy izlanish
natijasi sifatida qayd qilib qoldirish ishlari bilan olim va mutafakkirlar qadimdan
shugʻullanishgan. Masalan, Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari,
Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari shunday asarlar jumlasiga
kiradi. Informatika ilmiy fan sifatida rasman shakllanishi 1895 yildan —
Bryusselda xalqaro bibliografiya in-ti (1938 yildan — Xalqaro hujjatnomalar fede-
ratsiyasi) tashkil qilingan sanadan boshlandi. 20-asr 60-yillari oxiriga qadar
"Informatika" termini oʻrniga "hujjatnomalar" yoki "hujjatnoma va informatsiya"
termini ishlatilgan. Fantexnika inqilobi, EHM, informatsiya
texnikasi vo-sitalari
(mikrofoto suratga olish, nusxa koʻchirish texnikasi va h. k.) va boshqaning paydo
boʻlishi Informatika fan sifatida taraqqiy etishiga imkon tugdirdi. Ayniqsa,
kompyuterlar tarmogʻi va u bilan bogʻliq ravishda internet ti-zimining rivojlanishi
umuman Informatika , xususan, Informatika kommunikatsiya tizimining yanada
taraqqiy etishiga sabab boʻldi. Izlab topilgan, toʻplangan, qayta ishlangan "tayyor"
informatsiya — maʼlumotlarni keng tarqatishda tah-ririyatnashriyot va matbaa
jarayonlari, ilmiy nashrlarni tarqatish (xususan, kitob savdosi, kutubxona-
bibliografiya
faoliyati;) ilmiy adabiyo-tlar almashinish; arxiv ishi va, albatta, ilmiy-
informatsion faoliyat, radiotelevideniye, internet tizimi muhim ahamiyat kasb
etadi. Informatika asosiy yoʻnalishlari: hisoblash texnikasining nazariy asoslari,
informatsiya
nazariyasi, hisoblash eksperimenta, programmalash, sunʼiy intellekt,
informatsiya texnologiyasi va boshqa Inglizcha gaplashiladigan davlatlarda
Informatika termini oʻrniga "computer sciense" ("hisoblash fani") termini
ishlatiladi.
Oʻzbekistonda ham Informatika masalalariga katta eʼtibor berildi. Masalan,
1993 yilda informatsiyalashtirish toʻgʻrisidagi
qonun qabul qilindi, 1994 yil
Oʻzbekiston xukumati Respublikani informa-tizatsiyalashtirish konsepsiyasini
qabul qildi, shu yili EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasini huquqiy himoya
qilishga doir qonun ishlab chiqildi. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining
"Kompyuterlashtirish
va
informatsiyakommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002
yil 30.05) chiqdi va Vazirlar Mahkamasining "Kompyuterlashtirish va
informatsiyakommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni yanada rivojlantirish
toʻgʻrisida"gi qarori (2002 yil 06.06) qabul qilindi.
«Informatika» fanining predmeti bir biri bilan uzviy bog‘liq uchta
tushuncha:
algoritmlash, dasturlash va EHMdan tashkil topgan bo‘lib,
talabalarning algoritmik fikrlash madaniyatini o‘stirish, kompyuter savodxonligini
oshirish va EHMni o‘qish jarayonida, ilmiy texnik ishlash ishlarida, ilmiy
izlanishlarda va kelajakdagi muhandislik faoliyatlarida qo‘llash bilimlarini berishni
nazarda tutadi.
«Informatika» fanining vazifasi talabalarga EHMda qayta ishlov uchun zarur
bo‘lgan axborotlarni tasvirlash yechilayotgan masalani birmuncha sodda
bo‘laklarga bo‘lib, matematik modellash asoslarini o‘zlashtirish, asosiy algoritmlar
turlarini, algoritmik tillardan birini mukammal bilish, dastur tuzish va uni EHMga
kiritib natija olish va shaxsiy kompyuterlarda ishlashni o‘rgatishdan iboratdir.
Hozir insoniyat tashabbusidagi har bir ishda EHMni qo‘llanilayotgani
yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. EHM ning dunyoga kelishiga avvalam bor injenerlar
va fiziklar juda muhtoj bo‘lganlar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Juda tez rivojlanib
borayotgan fan va texnikaning oldida turgan masalalarni juda katta hisoblashlarga
olib keladi va bo‘larni faqat EHM yordamida hisoblash mumkinligini olimlar
tushunib yetdilar. Endi EHM larning eng oddiy to‘plamlaridan
tanlashni
boshlaymiz. Boshlang‘ich informatsiyalar mashinaga uzluksiz chizislar, ya'ni
tenglamalar yordamida berilishi mumkin bo‘lsa va bunda mashinalarning o‘zi
hisoblashlarni davom ettirib chizmani ekranga chisarsa, bunday mashinalar
avtomatik hisoblash mashinalari (AHM) deyiladi. Bo‘larning boshqacha turi
raqamli hisoblash mashinalari (RHM) deyiladi.
Ular uzluksiz bo‘lmay diskret bo‘ladilar. Bunday turdagi mashinalar barcha
axborotlar raqamli kodlar ko‘rinishida bo‘ladi. IBM PC tipidagi shaxsiy
kompyuterlar (SHK) asosan qo‘yidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:
Kiritish qurilmasi (Klaviatura, ―Sichqoncha‖);
Chiqarish qurilmasi (Printer, Monitor);
Tizimli (Sistemali) blok (Xotira, protsessor, adapterlar).