O’ZBEKISTONDA MEVAChILIKNING RIVOJLANIShI




Download 45,68 Kb.
bet2/3
Sana17.05.2024
Hajmi45,68 Kb.
#239717
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу. Kirish. Mevachilikni xalq xo’jaligidagi ahamiyati, xozirgi axvoli va rivojlanish istiqbollari.

O’ZBEKISTONDA MEVAChILIKNING RIVOJLANIShI
VA ISTIQBOLLARI

Mevachilik qishloq xo’jaligining eng qadimiy sohalaridan hisoblanadi. Meva daraxtlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar eramizgacha bo’lgan V asrda uchraydi. Mevachilik va uning mahsulotlari yangi eraning X asridan boshlab tovar xususiyatiga ega bo’lgan. Chunki, ana shu vaqtdan boshlab qo’shni mamlakatlar bilan meva va meva mahsulotlari savdosi o’rnatilgan. X1X asrga kelib, mevachilik qishloq xo’jaligining boshqa tarmoqlari orasida salmoqli o’rin egallaydi.


Xalq seleksiyasi yo’li bilan ko’p asrlik mehnatlar evaziga Markaziy Osiyoda o’rik, bodom, yong’oq, shaftoli, anor, tutning eng yaxshi sifatli xilma-xil mahalliy navlari yaratilgan. Ularning ko’pi sifatliligi jihatdan dunyo kolleksiyasida yagona hisoblanadi. Mamlakatimiz mevachiligi, ayniqsa Farg’ona vodiysida qoqi tayyorlash asosiy o’rin egallar edi. O’rik, uzum va shaftoli qoqini mahalliy aholi uzoq vaqtlargacha shakar o’rnida iste’mol qilgan. Urug’li mevalar (olma, nok,behi) ko’proq yangiligicha iste’mol qilingani uchun ulardan qoqi kam tayyorlangan. Mamlakatimizni chet ellar bilan bog’lovchi temir yo’llar qurilishi bilan bog’dorchilik, asosan, sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan bog’dorchilik xo’jaliklari tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi va Rossiyaning Yevropa qismiga ho’l meva yuborish uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Mahalliy sohibkorlar Toshkent vohasida bog’lar tashkil qilib, olma va nokning Qrim, Fransiya, Tirol hamda Amerika navlarini keltirib eka boshlaganlar. Chetdan keltirilgan navlar bu yerda yaxshi o’sib, mo’l va mazali meva bera boshlagan. Respublikamizdan tashqari, Moskva, Sibir, Ural va boshqa shaharlarda ham ularning mevasiga xaridorlar ko’payib qoladi. Mazkur yo’nalishdagi bog’dorchilik xalq xo’jaligiga ham asta-sekin kirib boradi. Masalan, Toshkent vohasidagi katta massivlarda urug’li meva bog’lari tashkil qilishda yevropadan keltirilgan navlardan foydalana boshlandi. Aynan shu yerdan ular Respublikamizning boshqa viloyatlariga tarqatila boshladi. So’nggi yillarda hukumatimiz tomonidan quruq mevalarni (yong’oq, pista, bodom) yetishtirishni ko’paytirish, ekin maydonlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda xo’jalik jihatdan qimmatli navlar bilan boyitilgan mevachilik hududlari mavjud.
Toshkentda 1885 yilda ochilgan Butunrossiya bog’dorchilik jamiyatining filiali (bu filial 1895 yilda Turkiston qishloq xo’jalik jamiyatiga aylantirilgan) mamlakatimizda bog’dorchilikni rivojlantirishda muhim o’rin tutdi. O’zbekistonning mashhur fan arbobi Rixard Rixardovich Shreder bu jamiyatga uzoq yillar raislik qilgan.
O’zbekistonda bog’dorchilikni rivojlantirishda akademik R.R.Shreder (hozirda M.M.Mirzayev) nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining, uning viloyatlardagi filiallari, O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent Agrar Universiteti, Samarqand qishloq xo’jalik instituti soha kafedralarining xizmatlari katta. Ayniqsa, olimlarimizdan Mehnat Qahramoni, akademik Maxmud Mirzayevich Mirzayev, qishloq xo’jalik fanlari doktorlari, professorlar Arkadiy Andreyevich Ribakov, Mixail Mixailovich Kuznesov hamda professor Serafima Andreyevna Ostrouxova kabilarning xizmatlari cheksizdir.


Download 45,68 Kb.
1   2   3




Download 45,68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’ZBEKISTONDA MEVAChILIKNING RIVOJLANIShI

Download 45,68 Kb.