• Nazorat savollari
  • 1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i




    Download 1,43 Mb.
    bet18/41
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #240041
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
    100 BASE-FX uskunasi

    Shisha tolali kabellarni 100 BASE-FX segmentida ishlatilishi tarmoq uzunligini sezilarli darajada uzaytiradi va shuningdek, elektr yo‘nalishlardan xoli bo‘lish hamda uzatiladigan axborot maxfiyligini ta’minlash imkoniyatini beradi.


    100 BASE-FX uskunalari 10 BASE-FL uskunasiga juda ham yaqin. Xuddi shuningdek, bu yerda ham «Passiv yulduz» topologiyasidan foydalanilgan, ikkita ikki yoqqa yo‘naltirilgan shisha tolali kabel yordamida kompyuterlarni konsentratorlarga ulash orqali (6.20-rasm) tarmoq hosil qilinadi.
    Tarmoq adapterlari bilan kabellar o‘rtasidagi alohida chiqarilgan transiver ham o‘rnatilishi mumkin. 10 BASE-FL segmenti kabi, shisha tolali kabellar adapterga (transiverga) va konsentratorga SC, ST yoki FDDI —razyomlari yordamida ulanadi. ST — razyomida bayonetli mexanizmi bor, qolgan SC va FDDI - razyomlarini ulanishi oddiy.
    Kompyuter bilan konsentrator o‘rtasidagi kabelning maksimal uzunligi 412 metrni tashkil etadi, lekin bu chegaralanish kabel sifatiga bog‘liq emas. Kabel uzunligining chegaralanish sababi vaqt nisbatiga bogiiq. Standart talabigi ko‘ra, yorug‘lik to‘lqin uzunligi 1,35 mkm bo‘lgan multimodli yoki bir modli kabel qo‘llaniladi. Segmentda va razyomlarda signal quvvatining yo‘qolishi 11 dB. dan oshmasligi lozim. Shu jumladan, kabelda 1 kilometr masofaga

    3.20-rasm. 100 BASE-FX tarmog‘iga kompyuterlarni ulash.

    1-5 dB yo‘qotish, razyomda esa, 0,5-2 dB yo‘qotish bo‘ladi (razyom sifatli o‘rnatilgan hol uchun).


    Fast Ethemetning boshqa segmentlari kabi 100 BASE-FX segmentida ham tarmoq butunligini nazorat qilish ko‘zda tutilgan. Aloqa yo‘li butunligi yorug‘lik diodlari «Link» yonishi orqali ma’lum bo‘ladi.
    Nazorat savollari

    1) 10 BASE 5 uskunasi nimalardan iborat?


    2) Adapter yo‘g‘on kabelga qanday ulanadi?
    3) Kompyuterlarni qalin kabelli tarmoqqa qanday ulanadi?
    4) 10 BASE 2 uskunasi nimalardan iborat?
    5) Adapter ingichka koaksial kabelga qanday ulanadi?
    6) Ingichka kabelning kamchiliklari nimalardan iborat?
    7) Kompyuterlarni ingichka kabelli tarmoqqa qanday ulanadi?
    8) 10 BASE-T uskunasi qanday uskuna va qaysi hollar uchun qo‘llaniladi?
    9) Tarmoq abonentini o‘ralgan juftlik bilan qanday ulanadi? RJ-45 razyom tuzilishi.
    10) 10 BASE-FL uskunasi nima?
    11) 10 BASE-FL da adapter va konsentrator qanday ulanadi?
    12) 100 BASE- T4 vazifasi nimadan iborat?



    Download 1,43 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




    Download 1,43 Mb.