|
Axborot uzatish muhiti deb
|
bet | 26/41 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #240041 |
Axborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, baholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Aloka kanallari (AK) istalgan axborot uzatish tizimining, umumiy bo‘g‘imidir.
Fizik tabiati bo‘yicha aloqa kanallari quyidagilarga bo‘linadi:
mexanik - axborotning moddiy tashuvchilarini uzatish uchun ishlatiladi;
akustik - tovushli signal uzatiladi;
optik - yorug‘lik signali uzatiladi;
еlektr - еlektr signal uzatiladi.
Еlektr va optik aloqa kanallari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
simli, signallarni uzatish uchun fizik o‘tkazgichlar (еlektr simlar, kabellar, svetovodlar va b.) ishlatiladi;
simsiz (radiokanallar, infraqizil kanallar va b.), signallarni uzatish uchun еfir bo‘yicha tarqaladigan еlektromagnit to‘lqinlardan foydalaniladi.
Uzatilayotgan axborotni tasvirlash shakli bo‘yicha aloqa kanallari quyidagicha bo‘ladi:
analogli (uzluksiz) - axborot analog kanallar bo‘ylab uzluksiz shaklda tasvirlangan, ya’ni biror fizik kattalikning uzluksiz qiymatlari qatori ko‘rinishida uzatiladi;
raqamli - axborot raqamli kanallar bo‘yicha u yoki bu fizik tabiatdagi raqamli (diskret, impulsli) signallar ko‘rinishida uzatiladi;
Axborot uzatilishining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda quyidagi aloqa
kanallari bo‘ladi:
simleksli - axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatishga imkon beradi;
yarim dupleks - axborotning to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarda galma-gal uzatilishini ta’minlaydi;
dupleksli - axborotni bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ri, ham teskari yo‘nalishlarda uzatishga imkon beradi.
|
| |