1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i




Download 1,43 Mb.
bet23/41
Sana17.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#240041
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Boshqa topologiyalar. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan asosiy uchta topologiyadan tashqari, «Daraxt» topologiyasidan ham kam foydalanilmaydi. Bu topologiyani bir necha «Yulduz» topologiyasidan hosil bo‘lgan, deb qarash mumkin. «Yulduz» topologiyasidek «Daraxt» topologiyasida ham aktiv yoki haqiqiy (4.1.6-rasm) va passiv (4.1.7-rasm) topologiya bo‘lishi mumkin. «Aktiv daraxt» topologiyasida bir necha aloqa yo‘llarining birlashgan markazida - markaziy kompyuterlar, «Passiv daraxt» holatida esa, konsentratorlar (xablar) joylashgandir.

4.1.6-rasm. «Aktiv daraxt» topologiyasi.

4.1.7-rasm. «Passiv daraxt» topologiyasi. K - konsentrator.

4.1.8-rasm. «Yulduz» - «Shina» topologiyasiga misol.
Odatda, turli topologiyalarni elementlaridan hosil bo‘lgan «Yulduz» - «Shina» (2.2.8-rasm) va «Yulduz» - «Halqa» (4.1.9-rasm) topologiyalar ham qo‘llanadi.
«Yulduz» - «Shina» (star - bus) topologiyasi «Shina» va «Passiv yulduz» topologiya elementlaridan foydalanib hosil qilingan. Bu holda konsentratorga alohida kompyuter va shuningdek, shina sigmentlari ulanadi. Ya’ni ayni vaqida butun tarmoq kompyuterlarini o‘z ichiga oladi va «Shina» ning jismoniy topologiyasi amalga oshiriladi.

4.1.9-rasm. «Yulduz» - Halqa» topologiyasiga misol.
Keltirilgan topologiyada bir-niri bilan ulangan va magistral, deb atalgan tayanch shina hosil qilingan bir necha konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin.
U holda har bir konsentratirlarga alohida kompyuter yoki shina sigmentlari ulanadi. Shunday qilib, tarmoqdan foydalanuvchi «Shina» va «Yulduz» topologiyalarini afzalliklaridan mohirona foydalana olish va tarmoqqa ulangan kompyuterlar sonini oson o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘ladi. «Yulduz» - «Halqa» (star-ring) topologiya holatida halqaga kompyuterlarni emas, maxsus konsentratorlarni (1,9-rasm) ulab, konsentratorlarga kompyuter­larni ikkita aloqa yo‘li orqali yulduzsimon qilib ulanadi. Aslida, tarmoqdagi hamma kompyuterlar yopiq halqaga ulanadi chunki konsentrator ichida hamma aloqa yo‘llari yopiq halqani hosil qiiadi (2.2.9-rasmda ko‘rsatilgandek). Bu topologiya «Yulduz» va «Halqa» topologiya afzalliklarini birlashtirish imkonini hamda barcha ulanish nuqtalarini bir joyga jamlash imkonini yaratadi.



Download 1,43 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Download 1,43 Mb.