• Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari
  • Tayanch iboralar
  • 1-mavzu: Kompyuter tarmog‘i




    Download 1,43 Mb.
    bet28/41
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #240041
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
    Nazorat savollari



    1. Axborot uzatish muhiti tushunchasining ta’rifi.

    2. Kabel turlarini sanab bering.

    3. O‘ralgan juftlik kabeli qanday tuzilgan?

    4. O‘ralgan juftlik kabeli afzalligi va qo‘llanilishi.

    5. Koaksial kabelning tuzilishini bayon eting.

    6. Koaksial kabellar necha turga bo‘linadi?

    7. Shisha tolali kabellar necha xil bo‘ladi?

    8. Axborot almashish usullarini sanab bering.

    9. «Yulduz» topologiyali tarmoqda axborot almashinuvi qanday boshqariladi?

    10. Shina» topologiyasi tarmoqda axborot almashinuvi qanday boshqariladi?

    11. «Halqa» topologiyasi tarmoqda axborot almashinuvi qanday boshqariladi?



    Adabiyotlar (asosiy, yordamchi va qo‘shimcha), internet manbalari

    1) M.M. Musayev, A. A. Qahhorov, M.M. Karimov «Kompyuter tarmoqlarini yig‘sh» T– 2006.


    2) I. S. G‘aniyev, A. A. G‘aniyev «EHM va tarmoqlari» T. 2008.
    3) A.A. Abduqodirov, A.G‘. Hayitov, R.R. Shodiyev «Axborot texnologiyalari» T-2003.
    4) B. L. Broydo «Ofis texnikasi» - Toshkent «Mehnat» -2001y.
    mavzu: Tarmoq texnologiyasi va topologiyasini qo‘llash bilan tarmoq arxitekturasini qurish.
    Reja:

    1. Tarmoq texnologiyasi haqida tushuncha

    2. Strukturalash katta tarmoqlarni qurish vositasi

    3. Tarmoqni fizik strukturalash

    4. Tarmoqni mantiqiy strukturalash



    Tayanch iboralar: Tarmoq adapterlari, drayverlar, kabellar va razyomlar, kadr,kolliziya.


    Tarmoq texnologiyasi – hisoblash tarmoqlarini qurish uchun yetarli bo‘lgan muvofiqlashtirilgan standart protokollar to‘plami va ularni amalga oshiruvchi apparat-dasturiy vositalar (masalan, tarmoq adapterlari, drayverlar, kabellar va razyomlar). Yetarli epiteti bu to‘plamning ishga layoqatli tarmoq qurishdagi vositalarining eng minimal to‘plami ekanligini ta’kidlaydi. Ehtimol, bu tarmoqni, masalan, unda qism tarmoqni ajratish yo‘li bilan yaxshilash mumkin. Bu esa Ethernet standartining protokollaridan tashqari IP protokolini hamda maxsus kommunikatsion qurilmalarni –mashrutizatorlarni talab etadi. Ba’zida tarmoq texnologiyalarini bazaviy texnologiyalar deb atalishida ular ular asosida ixtiyoriy tarmoq bazasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Bazaviy tarmoq texnologiyalariga misol tariqasida Ethernet bilan bir qatorda Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalarini yoki XLS va Frame relay kabi tarmoq texnologiyalarini ko‘rsatish mumkin. Ishga layoqatli tarmoqni qurish uchun bitta bazaviy texnologiyaga taalluqli apparat-dasturiy vositalarni olib, ularni berilgan texnologiya standartiga mos holda birlashtirish kifoya.
    Ethernet standarti 1980 –yilda qabul qilingan. Bu texnologiya asosida qurilgan tarmoqlar soni hozirgi 5 millionga, bu tarmoqdagi kompyuterlar soni 50 millionga yetadi.
    Ethernetda asosiy prinsip –ma’lumotlarni uzatishning taqsimlanuvchi muhitidan foydalanishning tasodifiyligida yotadi. Ushbu prinsip asosida qurilgan birinchi tarmoq Gavay universitetining Aloha radiotarmog‘i hisoblanadi.
    Ethernet standartida elektr bog‘lanish topologiyasi qat’iy belgilangan. Kompyuter taqsimlanuvchi muhitda «umumiy shina» tipik strukturaga muvofiq ulanadi. Vaqt bo‘yicha taqsimlanuvchi shinalar yordamida ixtiyoriy ikki kompyuter ma’lumotlarni almashishi mumkin. Aloqa liniyasidan foydalanishni boshqarishda maxsus kontrollerlar -Ethernetning tarmoq adapterlari ishlatiladi. Har bir kompyuter, aniqrog‘i, har bir tarmoq adapteri birdab-bir adresga ega. Ma’lumotlarni uzatish 10 Mbit/s tezlikda amalga oshiriladi. Bu kattalik Ethernet tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyati hisoblanadi.
    Foydalanishning tasodifiy usulining mohiyati quyidagicha, Ethernet tarmog‘idagi kompyuter agar tarmoq bo‘sh bo‘lganidagi u orqali ma’lumotlarni uzatishi mumkin. Shu sababli Ethernet texnologiyasining muhim qismi sifatida muhitdan foydalana olishni aniqash muolajasini ko‘rsatish mumkin.
    Kadr – Ethernet tarmog‘idagi kompyuterlar almashuvchi ma’lumotlar birligi. Kadr belgilangan formatga ega bo‘lib, ma’lumotlar hoshiyasi bilan bir qatorda turli xizmatchi axborotni o‘z ichiga oladi. Xizmatchi informatsiyaga misol tariqasida qabul qiluvchi va jo‘natuvchining adresini ko‘rsatish mumkin.
    Bir vaqtda ikkita va undan ortiq kompyuterlar tarmoq bo‘sh deb hisoblab, axborotni uzata boshlaydilar. Kolliziya (to‘qnashuv) deb ataluvchi bunday vaziyat tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni to‘g‘ri uzatishga to‘sqinlik qiladi. Ethernet standartida kolliziyani aniqlovchi va ishlovchi algoritm ko‘zda tutilgan. Kolliziyaning paydo bo‘lish ehtimoli tarmoq trafikining jadalligiga bog‘liq.
    Ethernet texnologiyaning Token Ring texnologiyasidan farqi ularda ko‘zda tutilgan muhitni taqsimlash usullari bilan aniqlanadi. Ethernet foydalanishning tasodifiy algoritmidan foydalanilsa, Token Ringda markerni uzatish yo‘li bilan foydalanish usuli ishlatiladi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




    Download 1,43 Mb.