|
Strukturalash katta tarmoqlarni qurish vositasi
|
bet | 29/41 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #240041 |
Strukturalash katta tarmoqlarni qurish vositasi
Soni katta bo’lmagan (10-30) kompyuterli tarmoqlarda ko’pincha tipik topologiyalardan (umumiy shina, halqa, yulduz yoki to’la bog’langan tarmoq) biri ishlatiladi. Sanab o’tilgan topologiyalarning barchasi bir jinslilik xususiyatiga ega, ya’ni bunday tarmoqdagi barcha kompyuterlar boshqa kompyuterlardan foydalanish nuqtai nazaridan bir xil huquqqa egadirlar (yulduzsimon birlashtirishdagi markaziy kompyuter bundan mustasno). Strukturaning bunday bir jinsligi kompyuterlar sonining oshirilish muolajasini soddalashtiradi, tarmoqdan foydalanishni yengillashtiradi.
Ammo katta tarmoqni qurishda bog’lanishlarning bir jinsli strukturasi afzallikdan kamchilikka aylanadi. Bunday tarmoqlarda tipik strukturalarning ishlatilishi turli cheklashlarni tug’diradi.
Ularning muhimlari quyidagilar:
Uzellar orasidagi bog’lanish uzunligini cheklash;
Tarmoqdagi uzellar sonini cheklash;
Tarmoq uzellari tug’diruvchi trafik jadalligini cheklash.
Masalan, ingichka koaksial kabeldagi Ethernet texnologiyasi 30 dan ortiq bo’lmagan kompyuter ulanishi mumkin bo’lgan uzunligi 185 metrdan oshmagan kabeldan foydalanishga imkon beradi. Ammo, kompyuterlar orasidagi axborot almashish jadalligi oshishi bilan kabelga, ulangan kompyuterlar sonini 20 tagacha, ba’zida 10 tagacha kamaytirishga to’g’ri keladi.
Yuqoridagi cheklashlarni olib tashlash uchun tarmoqni strukturalashning maxsus usullaridan va struktura hosil qiluvchi maxsus uskuna (takrorlagichlar, konsentratorlar, ko’priklar, kommutatorlar, mashrutizatorlar) dan foydalaniladi. Bunday uskuna yordamida tarmoqning alohida segmentlari bir-biri bilan aloqada bo’lishi sababli, uni kommunikatsiya uskuna deb ham atashadi.
Tarmoqni fizik strukturasi. Kommunikatsion qurilmalardan eng soddasi – takrorlagich (repeator) tarmoqning umumiy uzunligini kattalashtirish maqsadida lokal tarmoq kabelining turli segmentlarini fizik ulashga xizmat qiladi. Takrorlagich bir segmentlarini ikkinchi segmentga keluvchi signallarni uzatadi. Takrorlagich uzatiluvchi signalning sifatini yashshilash (signal quvvatini va amplitudasini tiklash, signal frontlarini yaxshilash va h.k.) hisobiga aloqa liniyasi uzunligiga qo’yilgan cheklashlarni bartaraf etadi.
Bir necha potrlarga ega bo’lgan va bir necha fizik segmentlarni ulovchi takrorlagich ko’pincha konsentrator (konsentrator) yoki xab (hub) deb yuritiladi. Bu nom (hub- asos, faoliyat markazi) qurilmada tarmoq segmentlari orasidagi barcha aloqalar mujassamlanishini bildiradi. Konsentratorlar lokal tarmoqlarining barcha bazavioy texnologiyalarida ( Etfernet, Arcnet, Token Ring, FDDI, Fast Ethernet, Gigabit Ethetnet, 100 VGAny LAN) ishlatiladi.
Konsentrator tarmoq fizik topologiyasini o’zartirsa-da uning mantiqiy topologiyasi o’zgarmay qoladi.
Fizik topologiya deganda kabelning alohida qismlari yordamida hosil qilingan bog’lanishlar konfiguratsiyasi tushunilsa, mantiqiy topologiya deganda tarmoq kompyuterlari o’rtasidagi axborot oqimlari konfiguratsiyasi tushuniladi. Ko’p hollarda tarmoqning fizik va mantiqiy topologiyalari mos keladi.
|
| |