1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini vazifalari Reja 2




Download 18.65 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2024
Hajmi18.65 Kb.
#150115
  1   2
Bog'liq
montyaj
Mustaqil ish mavzular, Mustaqil ish mavzular — копия, Miraç Çağrı Aktaş - Yine de Sevdik, 1701886397, vizuallashgan materiallar va topshiriqlari, Kompyuter tarmoqlari vazifalari Kompyuter tarmog i nima , windows server boshqaruvi fanidan test savollari-fayllar.org, ВОПРОСЫ ДЛЯ ИК ПО КУРСУ (MBB)

1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini vazifalari


Reja
1.
2.


Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.


Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha.


Kо'pincha ―mahalliy tarmoqla (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.


Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki notо'g'ridir.


Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti


haqida gap yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar marshrutizatori) va kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas. 


Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan kompyuter


resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. 

Download 18.65 Kb.
  1   2




Download 18.65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Kompyuter tarmoqlarini vazifalari Reja 2

Download 18.65 Kb.