Reja: Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi




Download 13,18 Kb.
Sana05.09.2024
Hajmi13,18 Kb.
#270329
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu (nomi) : Hisoblash tizimi tarkibi
Reja:
1. Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi.
2 Apparat ta’minoti.
3. Dasturiy ta’minot
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib o`rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib o`rganiladi. Bunday bo`linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki ko`p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
1.1. Apparat ta’minoti.
Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruktsiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bo`lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig`ib olish mumkin.
Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz. Tashqi qurilmalar, qoida bo`yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalari-dir, ularni odatda periferik qurilmalar ham deb ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mo`ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi
moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi o`tish apparat-mantiqiy
qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga
belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma
yaratuvchilari tomonidan, muvaffaqiyayatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi
uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun
tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda
dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog`liqligi yo`qdek ko`rinadi, ya’ni masalan,
dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham
ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat
qurilmalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz
bog`lanishda ishlaydi.
Biz bu ikki kategoriyani alohida ko`rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular
orasida dialektik aloqa mavjudligi va ularni alohida ko`rib chiqish shartli ekanlgini
esdan chiqarmaslik kerak.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy
konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari
orasidagi kabi o`zaro aloqa mavjud. Aksariyat ko`pgina dasturlar, quyiroq darajadagi
boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog`lanish dasturlararo interfeys
deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va o`zaro aloqa
qoidalariga asoslangan bo`lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni o`zaro aloqada
bo`lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur
ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keying sath oldingi sathlar
dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni
o`rnatishdan boshlab, to amalda ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat
ko`rsatishgacha bo`lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga
alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funktsionalligini
oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bo`lgan hisoblash tizimi ko`p
funktsiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni o`rnatishga imkon
beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Asos dasturiy ta’minoti. Dasturiy ta’minotning eng quyi sathi-asos dasturiy
ta’minotidan iboratdir. Bu ta’minot asos apparat vositalari bilan aloqaga javob beradi.
Qoida bo`yicha, asos dasturiy vositalari bevosita asos qurilmalari tarkibiga kiradi va
doimiy xotira deb ataladigan maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dastur va
ma’lumotlar doimiy xotira (DX) mikrosxemalariga ularni ishlab chiqish vaqtida
yoziladi va ularni ishlash jarayonida o`zgartirish mumkin emas.
Nazorat savollari
1. Kompyuter tizimlarining sinfalanishi ?
2. Hisoblash tizimlarining tarkibiy qasmlarani tushuntiring ?
3. Dasturiy ta’minot nima ?
Download 13,18 Kb.




Download 13,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Hisoblash tizimi (kompyuter va tarmoqlar) tarkibi

Download 13,18 Kb.