• Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi
  • 3-Mavzu: Apparat taminot va Dasturiy taminot Reja: Apparat taminot va Dasturiy taminot




    Download 1.6 Mb.
    bet1/24
    Sana19.02.2023
    Hajmi1.6 Mb.
    #42783
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    3-Mavzu Apparat taminot va Dasturiy taminot Reja Apparat tamin
    mumtoz adabiyoti, 1-Oktabr “Uztozlar va murabbiylar kuni “kuni tadbir bayonnomasi, 2023 2024 укув йили 5 kurs uchun o`quv uslubiy qollanma, 321, 1.4, 1.1, 1.2, Ped Tohtarov (noyabr), Ped Tohtarov (sentabr), Ped Tohtarov (dekabr), 2 Reyting nazorat Axborot xavsizligi oraliq nazorat 9.11.2023, dars ishlanma ilxomjon


    3-Mavzu:Apparat taminot va Dasturiy taminot
    Reja:
    1.Apparat taminot va Dasturiy taminot
    2.Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi
    3. Umumiy maqsadli АДТ 

    Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (software) lardir.


    Apparat ta’minoti ─ bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
    Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qisimi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
    Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasidagi bog’lanish qanday amalgam oshiriladi? Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish ─ bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa ─ dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish ─ apparat ─ dasturiy interfeys deyiladi.
    Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti ─ foydalanuvchi interfeys deyiladi.
    Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
    ─ sistemaviy dasturiy ta’minot;
    ─ amaliy dasturiy ta’minot;
    ─ dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. 
    Sistemaviy dasturiy ta’minot (System software) ─ kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
    Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program package) ─ bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. 
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari ─ yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
    Komyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (АДТ) dir. Bunga asosiy sabab ─ kompyuterlar-
    dan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir.
    Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.
    Muammoga yo’naltirilgan АДТ ga quyidagilar kiradi:
    ─ bugalteriya uchun ДТ;
    ─ personalni boshqarish ДТ;
    ─ jarayonlarni boshqarish ДТ;
    ─ bank axborot tizimlari va boshqalar. 

    Download 1.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 1.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Apparat taminot va Dasturiy taminot Reja: Apparat taminot va Dasturiy taminot

    Download 1.6 Mb.