• Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik
  • Nazariy ma’lumotlar
  • Qo’llaniladigan mantiqiy amallar hamda mantiqiy amallarning qo’llanilishi
  • Triggerlar va Summatorlar 02 Triggerlar haqida nazariy ma’lumot
  • Trigger umumiy sxema ko’rinishi Subtitle Trigger rasmli lavha SR triggeri Summator
  • Mantiqiy sxemalar qurilishi haqida nazariy ma’lumot 03
  • Mantiqiy sxemalar Mantiqiy sxema (Integral sxema) ko’rinishi E’tiboringiz Uchun Rahmat
  • Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari




    Download 2,43 Mb.
    Sana04.07.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #266629
    Bog'liq
    Kompyuter tashkillashtirish 1-maruza


    Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari
    • Tekshirdi:Javliyev Shahzod
    • Topshirdi:Sultonov Hayotjon

    Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik
    Triggerlar va Summatorlar
    Mantiqiy sxemalar qurilishi haqida nazariy ma’lumot
    1
    2
    3
    REJA
    Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik
    01
    Apparat vositalarini loyihalash bosqichida mantiqiy algebra kompyuter sxemalarining ishlashini tavsiflovchi mantiqiy funksiyalarni sezilarli darajada soddalashtirishga imkon beradi va natijada o'n minglab asosiy kompyuter tugunlarini tashkil etadigan elementar mantiqiy elementlar sonini kamaytiradi.
    Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik
    Mantiqiy algebraning matematik apparati, kompyuter apparati qanday ishlashini tasvirlash uchun juda qulaydir, chunki kompyuterdagi asosiy sanoq tizimi (sistemasi) ikkilik bo’lib, unda “1” va “0” raqamlari ishlatiladi va mantiqiy o’zgaruvchilarning qiymatlari ham ikkitadir: " 1 "va" 0 ".
    Nazariy ma’lumotlar
    Kompyuterning elementi hisoblangan - raqamli sxema yordamida o‘zgaruvchilari va qiymati ikkita mantiqiy qiymatdan birini qabul qilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar Bul funksiyalari deb ataladi. Ushbu funksiyalar va ularni qo‘llash qoidalari ingliz matematiki Jorj Bul (1815-1864) nomi bilan yuritiladigan Bul algebrasida ishlab chiqilgan. Kompyuter arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini loyihalashda, Bul algebrasi qoidalaridan foydalaniladi.
    Qo’llaniladigan mantiqiy amallar hamda mantiqiy amallarning qo’llanilishi
    Quyida mantiqiy ko'paytirish (kon'yunktor, VA, AND, И), mantiqiy qo'shish (diz’yunktor, YOKI, OR, ИЛИ) va inkor (invertor, YEMAS, NOT, НЕ) ni amalga oshiradigan asosiy mantiqiy elementlarning shartli ko’rinishi (sxemasi) keltirilgan.
    Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik VA sxemasini amalga oshirish (barchasi birgalikda) YOKI sxemasini amalga oshirish (kamida bittasi) \ Formal mantiq va kompyuter qurilmalari o’rtasidagi bog’liqlik
    Kompyuter qurilmalari (protsessordagi summatorlar, tezkor xotirasidagi xotira katakchalari va boshqalar) asosiy mantiqiy elementlar asosida qurilgan.
    Triggerlar va Summatorlar
    02
    Triggerlar haqida nazariy ma’lumot
    Trigger – bu ikkilik kodning bitta razriyadini ishonchli saqlash uchun kompyuter registrlarida keng qo’llaniladigan elektron sxemadir. Trigger ikkita barqaror holatga ega, ulardan biri biri ikkilik bir, ikkinchisi esa ikkilik nolga to’g’ri keladi.
    Trigger atamasi inglizcha trigger – zanjir (lo’kidon), tepki so’zidan kelib chiqqan. Bu sxemani ingliz tilida ko’rsatish uchun tez-tez flip-flop atamasi ishlatiladi, bu esa “qarsak chalish” degan ma’noni anglatadi. Elektron sxemaning bunday jarangdor atalishi uning deyarli bir zumda bir elektr holatdan ikkinchisiga va teskarisiga o’tish (“irg’itib tashlash”) qobiliyatini ko’rsatadi.
    Trigger umumiy sxema ko’rinishi
    Subtitle
    Trigger rasmli lavha
    SR triggeri
    Summator
    Summatorlar, kompyuterda sonlar va yig'indilar bo'ylab amalga oshirish uchun ishlatiladi. Summatorlar ichida bir yoki bir nechta sonni qabul qilib, ularni yig'indisini chiqaradi. Raqamli elektronikda, bir nechta bitlar yig'indisini hisoblash uchun moslashuvchanlar mavjud bo'lishi kerak
    Mantiqiy sxemalar qurilishi haqida nazariy ma’lumot
    03
    Mantiqiy sxemalar – integral sxemalar yoki mikrosxemalar degan umumiy nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega kvadrat shaklidagi kremniy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral sxemalar deb ataladi. Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-50 mm ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga joylashtirilgan bo‘ladi. Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida, orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga yaqin qilib ishlangan chiqish oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida integral sxema raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari qaysidir ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «yerga» ulangan bo‘ladi. Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar rasmiy tarzda chiqishlari ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, DIP) yoki mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi.
    Mantiqiy sxemalar
    Mantiqiy sxema (Integral sxema) ko’rinishi
    E’tiboringiz Uchun Rahmat
    Download 2,43 Mb.




    Download 2,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari

    Download 2,43 Mb.