1-
Mavzu: Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
Reja:
1.Media va axborot savodxonligi tushunchasi.
2.Axborotning ta’rifi va turlari.
1.
Axborotning qiymati va iste’mol qiymati haqida tushuncha.
1. Media va axborot savodxonligi tushunchasi. Media savodxonlik-
Odamlarga turli media shakllarini va xabarlarni tahlil qilish, baholash va yaratishga
imkon beradigan ko‘nikmalar to‘plami.
Media savodxonlik isteʼmolchilarga axborot va ommaviy dasturlarda
tashviqot, senzura yoki biron vaziyatni faqat bir tomondan ko‘rsatish kabi
holatlarga ommaviy axborot vositalarini nima majbur qilayotganligini tahlil qilish,
shuningdek, ommaviy axborot vositalarining egasi, ularning moliyalashtirish
modeli kabi tarkibiy elementlarni tushunish imkonini beradi.
Boshqacha qilib
aytganda, media savodxonlik - bu tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini ommaviy
axborot vositalari orqali uzatiladigan xabarlar va belgilarga qo‘llash qobiliyati.
Ommaviy axborot vositalari yoshlar hayotidagi katta taʼsirga ega kuchdir.
Musiqa, televizor, video o‘yinlar, jurnallar va boshqa ommaviy axborot vositalari
dunyoni qanday ko‘rishimizga kuchli taʼsir ko‘rsatadi, bu taʼsir ko‘pincha bolalik
davridan boshlanadi. Ommaviy axborot vositalarini isteʼmolchilar tanqidiy tahlil
qila olishlari uchun ularda media savodxonlik ko‘nikmalari va odatlarini
bolalikdan rivojlantirish kerak bo‘ladi. Bu ko‘nikmalarga
ommaviy axborot
vositalariga bazaviy darajada kirish, uni muayyan tushunchalar asosida tanqidiy
tahlil qilish, shu tahlil asosida baholash va nihoyat, ommaviy
axborot vositalarini
o‘zi ishlab chiqarish kiradi. Media savodxonligi ko‘nikmalarini o‘rganishning
ushbu jarayoni
media taʼlim deb ataladi.
2. Axborotning ta’rifi va turlari. Axborot (lotincha “information”-
tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan
biri; dastlab kishilar tomonidan og‘zaki , keyinroq yozma yoki boshqa shakllar
uzatilgan ma’lumot; XX asrning o‘rtalaridan boshlab insonlararo,
inson-avtomat,
avtomat-avtomat o‘rtasidagi ma’lumot hamda hayvonlar va o‘simliklardagi signal
almashinuvi, hujayrada hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni
anglata boshlagan.
Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar,
jarayonlar va shu kabilar haqidagi
ma’lumot (ma’lumotlar majmuasi)ni anglatadi.
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish
hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini
boshqarish organlari,
tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish,
huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun
tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmuasi.
Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash
va tarqatish jarayoni.
Axborot tizimi (information sistema)-informatsion jarayonlarni amalga
oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmuasi
Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banki kabi)
axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmuasi
Axborot turlari 2ta :
1.Analog;
2.Diskret;
Insonga uzluksiz ta’sir e’tib turuvchi axborotlar
analog axborotlar deyiladi.
Inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tkazar ekan.
Axborotlarning bu kabi uzlukli ko‘rinishi
diskret axborotlardir.
Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani
raqamli axborotlardir, ya’ni
uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir.
3. Axborotning qiymati va iste’mol qiymati haqida tushuncha.
Axborotning o‘z vaqtida yyetkazib berilmasligi qaror qabul qilishni kechiktiradi,
oqibatda qabul qilinayotgan qarorlar o‘zgaruvchan
sharoitda talabga javob
bermaydi. Axborot qanchalik tezkor bo‘lsa, u shunchalik qimmatli bo‘ladi.
Axborotning qadrliligi aniqlik darajasi oshgani sayin
yoki xabar qilinayotgan va aniq natijalar o‘rtasidagi farq
kamayganda tez ko‘tariladi. Ishonchli axborot to‘g‘ri
qamrovi qabul qilishni ta’minlaydi. Axborotning qiymati
ushlanib qolish vaqti oshishi bilan kamayadi,
shu tufayli
axborot eskiradi. Axborotni qayta ishlashda ushlanib qolish
kamayganda, birinchidan, qarorlar oldinroq qabul qilinishi
mumkin, ikkinchidan, uning mazmuni yaxshilanadi. Axborot
foydali bo‘lishi uchun har
bir daqiqada hal etiladigan
muammo bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Faqat ishga tegishli
axborot foydalanuvchilarga o‘z vaqtida va mazmunli qaror
qabul qilish imkonini beradi. Ular esa o‘ziga zarur
ma’lumotlarni izlashga ortiqcha vaqt sarf etmaydi. Agar
mavjud axborot ishlab chiqilayotgan qaror bilan bog‘liq
bo‘lmasa,
u
biror
qiymatga
ega
bo‘lmaydi.
Foydalanuvchining axborot yoki
ishning qandaydir qismini
bilishi (yoki bilmasligi) ham axborot qiymatining muhim
omilidir.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Media va axborot savodxonligiga to‘liq ta’rif bering.
2. Axborot so‘ziga ta’rif bering.
3. Axborot turlarini sanab bering.
4. Axborotning qiymati va iste’mol qiymati nima?