• Ishning bajarilish tartibi
  • 1 a m a L i y I s h mavzu




    Download 345.71 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana01.04.2024
    Hajmi345.71 Kb.
    #183575
    Bog'liq
    1-Amaliy Xavflaming tasnifi.
    Exercises Tests Elementary 1, Matematika o qitish metodikasi, 2-topshiriq Fayzullayeva Zamira 2, 1-маъруза, design pattern cheatsheet v1, тест 2 семестр Акрамова У для узб гр, Interfaol ta’lim metodlari, Форма GTG Elevator , husenov dilshod Mоliyaviy аmаliyotdа qo’llаnilаdigаn аsоsiy dаsturiy plаtfоrmаlаr, falsafa savollarga javob, 1 amaliy signal, Sadridinov Ahmadbek, 4293759897, Ikkinchi tartibli sirtning umumiy tenglamasini kanonik ko‘rinish, 44-47


    1
    -
    A M
    A L I
    Y
     
    I
    S
    H
     
    Mavzu
    Xavflaming tasnifi. 
    Ishning maqsadi: Talabalarga xavf haqida o’rgatish. 
    Darsning obyekti: Auditoriya, darslik, qo’llanmalar va ilmiy-metodik jurnallar. 
    Ishning bajarilish tartibi: Talabalar eng avvalo ishning nazariy qismini o’qib o’rganadilar, so’ngra 
    daftarga yozib oladi, masala va misollar ularning yechib qisqacha hisobot 
    yozishga hozirlik ko’radi. 
    I S H N I N G N A Z A R I Y Q I S M I
    Talabalarni mehnat muhofazasi qonunlari to’g’risidagi asosiy qonunlar bilan tanishtirish. 
    Xodimlarning hayoti va sog’ligini muhofaza qilish O’zbekiston Respublikasining Mehnat Qonunlari 
    Kodeksi bilan hamda xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid me’yorlar bilan 
    kafolatlangan. 
    Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar etkazadigan ko`ngilsiz 
    hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab 
    chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki 9 hayot faoliyat xavfsizligi 
    faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi. Hayot faoliyatga to`g’ri kelmaydigan 
    elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir. Xavflar 
    taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni 
    tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni 
    uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. 
    Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari 
    quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash 
    bo`ladi; - rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi; - salbiy 
    oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan 
    keluvchi) turlarda bo`ladi; - xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – 
    litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi; - kelib chiqadigan oqibatlariga 
    ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi; - 
    keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi; - namoyon 
    bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi; - olamga 
    ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) 
    bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi. Xavflar ruyxati 
    – bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir (o`zgaruvchan harorat, havo 
    harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, 
    tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan 
    ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, 
    kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi. Xavflar kvantifikatsiyasi hayot faoliyat 
    xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar uchun etarli darajada kerak bo`lgan miqdoriy, 
    vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni aniqlab amalga oshirish jarayonidir. Tenglashtirish 
    jarayonida aniq bir masalani hal qilishda xavflar ruyxati, zarar va boshqa omillar aniqlanadi. 
    Sabab va oqibatlar. YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab deb 
    ataladi. Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-muhitga 
    zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi. Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin 
    xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori 
    tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish ( kungi lsiz oqibatlar). 
     

    Download 345.71 Kb.




    Download 345.71 Kb.
    Pdf ko'rish