|
Nazariy asoslariBog'liq 9-seminar
9-MAVZU; AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA`MINLASHNING G`OYAVIY
NAZARIY ASOSLARI.
Reja:
1.Yoshlarda media maydon va, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish
madaniyatini shakllantirish.
2. Axborot manbalariga qiyosiy va tanqidiy yondashuv.
3. Ta`limda media savodxonlik va axborot madaniyatini qo`llash metodlari.
4.Axborot xurujlari: etnik, irqiy, milliy mintaqaviy, diniy siyosiy va boshqa
ko`rinishlari.
Bugungi kunda yoshlar mediadan juda keng va faol foydalanmoqda. Ular ijtimoiy
tarmoqlarga uyali telefon orqali suratlar yuboradi, turli yangiliklarga munosabat bildiradi, doimiy
ravishda virtual makonda muloqotga kirishadi. Agar kattalar ish vaqtini dam olish vaqtidan
ajratishga majbur bo’lsa, yoshlar onlayn va offlayn tartibdagi faoliyat o’rtasiga chegara tortish
zaruratini his etmaydi. Global tarmoqdan yosh avlod vakillari dunyoning turli mintaqalarida
yashaydigan insonlar bilan muloqotga kirishish uchun foydalanadi. Ular vizual va kommunikativ
madaniyatning yangi toifasi vakillaridir.
Yoshlar moda haqidagi blogni yuritadigan o’spirin bu olamga o’z ta’sirini ko’rsata
olishiga, yoxud yosh musiqachi MySpace tarmog’i tufayli dunyoga mashhur bo’lib ketishi
mumkinligiga ishonadi. Ular uchun “mashhur bo’lib ketish” o’zini namoyon etish, hamda shu
orqali tor yoki keng doiradagi odamlar, aksariyat hollarda tarmoqlardan xalqaro miqyosda
foydalanuvchilar qo’llab-quvvatlashi va e’tirofiga sazovor bo’lishdan iboratdir.
Yoshlar uchun mediadan foydalanish yaqqol ijtimoiy ma’noga egaligi bilan ajralib turadi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ayni damda o’zidan olisda bo’lgan yaqinlari bilan muloqotda
bo’lib turadi, yangi do’stlar orttiradi. Ular Internetda turli ijtimoiy rollarda o’zlarini sinab ko’rish
imkoniyatiga ega. Uyatchan va kamgap inson tarmoqda ochiq va sergap bo’lib ketishi ham
mumkin. Ammo interfaol muloqot orqali barcha ijtimoiy ko’nikmalarga ega bo’la olish mumkin
emas. SHuning uchun yoshlarning real hayotda ham do’stlari bo’lishi juda muhim. Ko’plab
yoshlar tarmoqdagi do’stlari bilan real hayotda ham uchrashib turadi.
|
| |