• 3. Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi
  • 4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi.
  • 5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi.
  • Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi




    Download 372,52 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana22.02.2024
    Hajmi372,52 Kb.
    #160647
    1   2
    Bog'liq
    9-seminar

    1. Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi. 
    Kommunikatsiyaning mobilligi deganda “ko’p kanallilik” tushuniladi. YOshlar vaziyat va 
    o’z ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli-tuman media qurilma va kontentlardan foydalanadi.
    2. Yoshlar media-resurs parcha(fragment)larini afzal ko’rishadi.
    Foydalanuvchilar ko’plab takliflar orasidan mediani tanlash imkoniyatiga ega, ya’ni: qaysi 
    videoklipni ko’rish, qanday yangiliklarni ochish, qaysi ma’lumotlarga ishonish va h.k. YOshlar 
    turli manbalardan olingan axborot parchalarini yaxlit holatga keltiradi. Natijada esa parchalanish 
    (fragmentatsiyalash) xavfi va umumiy manzaraning buzilishi ehtimoli yuzaga keladi.
     3. Yoshlar mediakontentni do’stlariga tavsiya etadi 
    Ijtimoiy mediada har kim axborotning markaziy manbasiga, fikrlar filtri yoki baobro’ 
    yetakchisiga aylanishi mumkin. Bunda axborot oqimlari kesishadigan markazga aylanish juda 
    oson, chunki bu vositalardan barcha foydalana oladi.
    4. Yoshlar parallel ravishda bir necha mediadan foydalanadi.
    Bir vaqtning o’zida medianing bir necha turi qo’llanilishi mumkin: yoshlar bir vaqtning 
    o’zida radio tinglashi, jurnal o’qishi va Facebookda do’stlari bilan muloqot qilishi mumkin.
     5. Yoshlarda har doim mediavositalar mavjud bo’ladi.


    Deyarli barcha o’smirlarning qo’lida har doim uyali telefon, planshet yoki mp3pleyer 
    bo’ladi. Mobil Internet ijtimoiy tarmoqlar uchun yangidan-yangi imkoniyatlar eshiklarini ochib 
    bermoqda. Makondagi joylashuvni o’rnatishga asoslangan ilovalardan foydalanish bunga yaqqol 
    misol bo’la oladi. 
    Esa Linna Yuvyaskyulya shahri (Finlyandiya)ning yoshlar bilan ishlash bo’limi vakili 
    sifatida har oyda Painovirhe nomli veb- jurnal chop etadigan o’smirlar bilan ishlaydi. O’smirlar 
    jurnalning har bir soni uchun maqolalar yozadi, fotosurat va videomahsulotlar tayyorlaydi. Veb-
    jurnalda turli konsert, kitoblar va albomlar haqidagi sharhlar, o’smirlar hayotiga doir maqolalar, 
    she’rlar, hikoyalar, videomahsulotlar va mahalliy yoshlar kengashi faoliyati haqidagi yangiliklar 
    e’lon qilinadi. Esa ko’p yillardan buyon turli maktablar bilan hamkorlik qiladi. Uning bundan 
    ko’zlagan maqsadi - jurnal uchun tashabbuskor, yangiliklarga o’ch yangi muharrirlarni topish, 
    shuningdek, o’qituvchilarni yoshlar bilan ishlash bo’limi amalga oshirayotgan mediata’lim 
    sohasidagi faoliyat bilan tanishtirishdan iboratdir. Quyida Esadan olingan intervyudan parcha 
    keltirilgan: 
    – Maktablar bilan hamkorligingiz haqida gapirib bersangiz? 
    – O’qituvchilardan biri mendan o’zi ishlaydigan maktabga kelib, Painovirhe veb-jurnali 
    haqida o’quvchilarga gapirib berishimni iltimos qildi. Men yonimga ikki nafar muharrirni olib 
    maktabga bordim va tasviriy san’at o’qituvchisi bilan birgalikda video-dars ishlanmasini 
    tayyorlab, mashg’ulot o’tkazdik. O’quvchilarga biz bilan ishlash juda qiziqarli bo’ldi. Bundan 
    tashqari, men ota-onalar majlisiga kelib, ularga yoshlarning mediamadaniyati haqida gapirib 
    berdim. Fikrimcha, hamkorlik maktab uchun ham, yoshlar markazi uchun ham birdek foydali 
    bo’lishi uchun tutash nuqtasini topib olish juda muhim. 
    – Hamkorlik jarayonida muammolarga ham duch kelganmisiz?
    – Umuman olganda, muammolar bo’lmaydi, faqat maktab dars jadvalidan kurs uchun 
    bo’sh vaqt topish mushkullik tug’diradi. YOshlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassis sifatida 
    aytishim mumkinki, maktablarda dars jadvali nisbatan tig’iz va sinfdan tashqari soatlarga 
    ajratilgan vaqt cheklangan bo’ladi. Hamkorlikdagi loyihalarni diqqat bilan rejalashtirish va 
    baholash zarur, chunki medialar bilan ishlash uchun qo’shimcha vaqt kerak, o’quvchilarni boshqa 
    sinfda navbatdagi dars kutib turganda ishlash imkoni bo’lmaydi. YOshlar tarbiyachisi bilan 
    o’qituvchi mehnatini oldindan ajratib olish, jalb qilingan o’quvchilar bilan kelishib ishlash lozim 
    bo’ladi. 
    – Sizningcha, bunday hamkorlik maktab va yoshlar markaziga qanday afzalliklar beradi? 
    – Fikrimcha, maktabga ham, yoshlar markaziga ham foydali bo’lgan faoliyat turlarini 
    topish joiz. Maktablar bilan hamkorlik tufayli yoshlar markazlari o’zlari qamrab ololmagan 
    o’smirlar bilan muloqotga kirishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Pirovardida, ushbu o’smirlarning 
    ba’zilarini bizning markazimiz faoliyati qiziqtirib qolishi va ular kelgusida tahririyat ishlarida 
    qatnashishi mumkin. 
    – Nima uchun maktablar yoshlar markazlari bilan hamkorlikka intilishlari kerak?
    – Rostdan ham maktablar bunday hamkorlikdan foyda ko’rishi mumkin, chunki ular qo’shimcha 
    ishchi kuchiga va mediata’lim borasida tajribaga ega bo’ladi. O’qituvchilar va yoshlar 
    tarbiyachilari mediata’lim sohasida yagona jamoa bo’lib ishlashi mumkin. Bundan tashqari, 
    bunday hamkorlik o’quvchilarni chin ma’noda ruhlantiradi, zero ularga media qurilmalar bilan 
    ishlashga, mediakontent yaratishga va birgalikda faoliyat olib borishga ruxsat beriladi. 
    O’quvchilar bilan ishlashdagi bunday tajriba mamlakatimizdagi talabalar auditoriyasi bilan 
    ishlashda ham qo’l kelishi mumkin. Bu ortiqcha xarajat va kuch sarflamay yoshlarni o’zining 
    mediamahsulotini yaratishga ruhlantirish mumkinligining yorqin misolidir. 


    Mediaauditoriya – OAVning, shuningdek ommaviy axborot taqdim etuvchi boshqa manba 
    va yetkazib beruvchilarning mahsulotidan har kuni foydalanadigan aholi, bolalar va kattalar 
    hisoblanadi. Mediaauditoriyani o’rganishning ikkita an’anaviy usuli mavjud. Birinchi usulda 
    mediamahsulotdan foydalanuvchi barcha iste’molchilar, yoki media va kommunikatsiya sanoati 
    o’zi uchun “maqsadli auditoriya” deb hisoblaydiganlar o’rganiladi. Ikkinchi yondashuv esa qabul 
    qilish nazariyasiga asoslangan, ya’ni auditoriya tarkibiga media va axborotni qabul qilish va talqin 
    etishning faol ishtirokchilari kiritiladi. Bundan tashqari, ushbu maqsadlarda faoliyat nazariyasi 
    ham qo’llaniladi, ya’ni media bilan faol o’zaro hamkorlik va ishtirok tahlil qilinadi. Ayniqsa, 
    iste’molchilar tomonidan kontent yaratilishi o’rganilganda shu jihatga alohida e’tibor qaratiladi. 
    Maqsadli auditoriya o’z ichiga yoshi, jinsi, daromadi miqdori yoki qiziqishlari kabilarga 
    ko’ra umumiy tavsiflarga ega bo’lgan o’quvchi, tomoshabin va tinglovchilarni qamrab oladi. Bular 
    aniq guruh bo’lib, unga mo’ljallab media va boshqa tashkilotlar kontent yaratadi va o’z 
    yangiliklarini taklif etadi. Masalan, reklama beruvchilar o’ziga muayyan auditoriyaga chiqish 
    (ta’sir ko’rsatish) imkonini beradigan efir vaqti yoki joyni sotib olishdan manfaatdor bo’ladi. 
    Xususan, televideniye sohasida reklama beruvchilar praym-taym (eng qiziqarli dasturlar efirga 
    uzatiladigan) vaqtini sotib olishni ma’qul ko’radi. 
    Har safar mediamatnni o’qigan yoki tinglagan vaqtimizda bizga ma’lum bir medianing 
    maqsadli auditoriyasi sifatida qarash mumkin. Bizning munosabatimiz shaxsiy ijtimoiy bilim va 
    tajribamizga tayanadi, biz ularni mazkur matnni anglash jarayonida qo’llaymiz. Biz mediadan 
    xabar yoki axborot qabul qilganimizda uni o’z dunyoqarashimiz va mafkuramizdan kelib chiqqan 
    holda talqin etamiz. SHunday bo’lishi ham mumkinki, matnning ma’lum bir qismini qabul qilish, 
    boshqa unsurlarini rad etish orqali ham uning ahamiyatini buzib yuborishimiz mumkin. Film yoki 
    fotosurat mohiyatining tuzilishi (kamera rakursi, surat ko’rinishi, redakturasi va boshqalar 
    vositasida) ham auditoriya tomonidan turlicha talqin qilinishiga ta’sir ko’rsatadi. 
    Raqamli medianing keng tarqalishi urg’uning bosma va efir orqali tarqatiladigan axborot 
    uchun xos bo’lgan an’anaviy “bitta–ko’pchilikka” kommunikatsiya modelidan “o’zaro teng” 
    muloqot modeliga ko’chishiga sabab bo’ldi. Bunda jamoaviy ijod va kontent almashinuvi, ya’ni 
    media bilan va media vositasida turli o’zaro munosabatlar osonlashadi. Raqamli kontent ko’pdan 
    ko’p qurilmalar, radio, televideniye, shaxsiy kompyuterlar, eng muhimi esa, uyali telefon orqali 
    ommabop bo’lib bormoqda. Aynan uyali telefon kontentning barcha turlarini yetkazib berishda 
    yetakchi vosita sifatida alohida o’rin egallamoqda. Ovozni, tasvirni, tovushni va ma’lumotlarni 
    raqamlashtirish hamda ularning konvergensiyasi auditoriyalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda 
    yangi ufqlarni ochib bermoqda. Bundan tashqari, onlayn kommunikatsiya va texnologiyalari 
    foydalanuvchi kontentini yaratish hamda auditoriyaning mediakontent yaratishda ijodiy ishtiroki 
    uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Masalan, endi yangilik-xabarlarga va ishlab 
    chiqaruvchi kompaniyalarga munosabatni interfaol tarzda bildirish mumkin. Internet vositasida 
    O’zbekistonda ham fuqarolar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o’rtasidagi o’zaro 
    munosabatlar faollashib bormoqda. Aynan Internet aholiga hokimiyat organlari va fuqarolik 
    jamiyati institutlari faoliyati xususidagi axborotni tezkor uzatish, turli tashkilotlar tomonidan 
    ijtimoiy ahamiyatga ega interfaol xizmatlarni amalga oshirish imkonini bermoqda.

    Download 372,52 Kb.
    1   2




    Download 372,52 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yoshlar va kommunikatsiyalarning mobilligi

    Download 372,52 Kb.
    Pdf ko'rish