1- mavzu. Akademik yozuv va axborot. Axborot turlari.
Nazariy ma’lumot.
Akademik yozuv
– bu qisqa va ishonchli ilmiy matn yordamida o‘z fikrini
bayon qilish hamda asoslay olish qobiliyati. Bu oliy ta’limda muvoffaqiyatli bilim
berishning hamda keyingi ilmiy-tadqiqot faoliyati, shuningdek xalqaro miqyosda
ham muhim aspektlaridan biri hisoblanadi. Akademik yozuv yordamida oxirgi
o‘n yilliklar ichida turli mamlakatlar orasida ilmiy va ta’limiy kommunikatsiya
amalga oshirilib kelinmoqda. Uning tamoyillariga
butun dunyodagi eng
kompetentli ilmiy nashrlar redaktorlari amal qiladilar,
shuning uchun hamma
istalgan fan bo‘yicha ma’lum bir yutuqlarga erishmoqchi bo‘lsa, bularni egallashi
lozim.
Akademik yozuv – bu ilmiy
ishlarni bayon qilish uslubi
. U ilmiy ishlarda
firlarni qisqa va tushunarli shaklda bayon qilish qobiliyatini aks
ettiradi. Bu uslub
da
quyidagilarni farqla
sh
mumkin:
matnning tuzilishi
va
uni
rasmiylashtirishga qo‘yiladigan
talablarning
mavjudligi
;
ilmiy va publitsistik bayon qilish uslubini qo‘llash
;
dalillar keltirish
va
jumlalarni o‘zgartirib ifodalash
;
havolalarni to‘hri joylash va adabiyotlar ro‘yxatini to‘hri
shakllantirish
qobiliyati
.
Akademik yozuv uchun shaxsiy fikrni bildirish emas,
balki keltirilgan
muammoga e’tiborni qaratish xarakterli (o‘ziga xos). Birinchi shaxs o‘rniga
uchinchi shaxsni qo‘llash, og‘zaki nutqni, qisqartmalarni, iboralarni qo‘llamaslik
afzalroqdir. Boshqa uslublardan farqli o‘laroq, materialni yaxshi o‘zlashtirish
maqsadida bir so‘zni bir necha bor qaytarish mumkin,
sinonimlarni kamroq
ishlatish kerak.
Bayon qilishning akademik uslubi oliy ta’lim muassasalarida davlatlar o‘rtasida
ta’limiy va ilmiy aloqalarni olib borishda qo‘llaniladi. Uning yordamida talabalar,
aspirantlar va malakali olimlar doklad, kurs ishi yozadilar hamda o‘zga davlatlarda
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradilar.
Xalqaro ilmiy jurnallar redaktorlari bu uslub tamoyillariga tayanadilar, shuning
uchun ilm dunyosida muvoffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan hamda chet ellarda
ilmiy ishlarini chop etmoqchi bo‘lgan harbir olim bu uslubni egallashi lozim .
Chet eldagi davlatlarda tadqiqotchilar uzoq yillardan beri akademik yozuvdan
foydalanadilar. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi olimlar uning rivojiga
hissa qo‘shib kelmoqdalar. Bizning mamlakatimizda akademik uslub bo‘yicha
bilimlar
keng tarqalmagan, vaholanki bu muammoning yechimi bilan bir qator
olimlar – filologlar, lingvistlar, sotsiopsixologlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha
mutaxassislar shug‘ullanadilar.