|
1-mavzu: Menejerning ishi. Zamonaviy boshqaruv jarayonida menejerlik va uning ahamiyati. Boshqaruv vazifalari va boshqaruv mahorati
|
bet | 1/19 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 327 Kb. | | #134436 |
Bog'liq 1-Mavzu (Menejerning ishi)
1-mavzu: Menejerning ishi.
1. Zamonaviy boshqaruv jarayonida menejerlik va uning ahamiyati.
2.Boshqaruv vazifalari va boshqaruv mahorati.
3. Boshqaruvga oid yondashuvlar.
Asosiy tushunchalar: Biznes va tadbirkorlik, menejment va menejerlar, boshqaruv jarayoni, boshqaruv vazifalari, boshqaruv mahorati, boshqaruv ko'nikmalari, malaka oshirish mashqlari, boshqaruv fikrining rivojlanishi, klassik yondashuv (ilmiy, ma'muriy boshqaruv), xulq-atvorga yondashish (odamlar diqqat markazida), miqdoriy yondashuv, tizimlarning istiqbollari, favqulodda vaziyatga yondashish, axborot texnologiyalari.
|
Zamonaviy boshqaruv jarayonida menejerlik va uning ahamiyati.
Biznes va tadbirkorlik bir-birini to’ldiruvchi tushunchalar bo’lib, tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R.Kontilon, A.Тyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida «tadbirkorlik» tushunchasining ko‘p ma’noliligi saqlanib qolmoqda.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron-bir shaxs — tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Тadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o‘rnatish faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik «sarmoya egasi» va «tadbirkor» tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Тadbirkor sarmoyani muomalada yuritishni, ko‘payib borishini ta’minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya’ni jalb qilingan moliyaviy mablag‘larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o‘z g‘oyalari, bilimi va ko‘nikmalarini tatbiq qilib, ko‘p foyda olish maqsadida o‘sha mablag‘larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1-mavzu: Menejerning ishi. Zamonaviy boshqaruv jarayonida menejerlik va uning ahamiyati. Boshqaruv vazifalari va boshqaruv mahorati
|