|
Hududlarni rivojlantirishda mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlari
|
bet | 66/94 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 376,92 Kb. | | #257286 |
Bog'liq 1 mavzu Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo2. Hududlarni rivojlantirishda mahalliy byudjetning moliyaviy imkoniyatlari
Ma’lumki mahalliy byudjetlarni shakllantirishda quyidagi to’rt komponent muhim hisoblanadi: xarajat vakolatlarini ular va markaziy byudjet o’rtasida cheklash; soliqli daromadlarni taqsimlash; byudjet transfertlari va qarzlari. Byudjet xarajatlarini amalga oshirish vakolatlarini aniq ajratmasdan turib, soliqli daromadlarni taqsimlashda barqarorlikka erishib bo’lmaydi, hamda transfertlarning muvozanatlashtiruvchi tizimini yaratib bo’lmaydi. Jahon tajribasidan ma’lumki, xarajatlarni cheklashning umumqabul qilingan metodi yo’q. Ammo optimal variantga erishish imkonini beruvchi tamoyillar mavjud. Dastlab quyidagi tushancha – davlat xarajatlarini maqsadli amalga oshirish degani shuki, xizmatlarni maqsadli ravishda iste’molga maksimal darajada yaqin bo’lgan hukumatga biriktirib qo’yishdir. Bunda xizmatlarning bir organ tomonidan amalga oshirish xarajatlari bir necha organ tomonidan amalga oshirishga qaraganda ancha arzon bo’lishini inobatga olish kerak. Shundagina iqtisodiyotda kam shtat birligi, mamlakat bo’yicha xizmat ko’rsatish birligi, yagona informatsion bazaga ega bo’lishlik kabi tamoyillarga amal qilingan bo’ladi. Mazkur tamoyillar harajat vakolatlarini cheklashni soddalashtirib ularning samaradorligi va adolatliligini ta’minlaydi. Masalan ijtimoiy ta’minot xarajatlari markaziy byudjetga biriktirilishi kerak chunki, har bir fuqaro qayerda yashashidan qat’iy nazar bir xildagi ijtimoiy ta’minotga ega bo’lishga haqlidir. Shuning uchun ham bunday xarajatlarni rejalashtirish va boshqarishni markazga biriktirib, ularni amalga oshirishni esa mahalliy byudjetlar zimmasiga yuklash kerak. Chunki ular aniq ma’lumotlarga ega bo’lishi va boshqa afzalliklarga ega.
O’zbekiston Respublikasida “Byudjet tizimi” to’g’risidagi qonunga asosan, umumdavlat harakteridagi umumjamiyat xizmatlarni hamda maxsus harakterdagi (masalan maxsus tibbiy muassasalar) uchun markaziy hokimiyat javob beradi. Mahalliy byudjetlar esa o’zining administrativ hududi doirasidagi xarajatlarga javobgar bo’ladi. Umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga mudofaa. Milliy xavfsizlik va sud organlarini saqlash kirsa, aniq bir hudud aholisi sharoitiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan, hududiy ahamiyatdagi umumjamiyat xizmatlariga umumta’lim, tibbiy sanitar yordam va boshqalarni misol qilish mumkin. Shuning uchun ham Respublika byudjeti faqat mudofaa (istesno ravishda mudofaa ishlarini boshqarish xarajatlari)ni 100 foizga amalga oshiradi, qolganini turli darajadagi byudjetlar amalga oshiradi. Umuman olganda mavjud qonunchilikka ko’ra xarajatlarni taqsimlash jahon standartlariga javob beradi. Ammo amaliyotda hamma vaqt ham xarajatlardan samarali foydalanish ta’minlanmaydi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Asosiy sabab real biriktirilgan xarajatlar qonunchilikka mos kelmasligidir. Bu avvalo respublika va mahalliy byudjetlar orasida xarajatlarni amalga oshirish mas’uliyatining aniq chegarasi va reglamentasiyasining yo’qligidandir. Amaldagi qonunchilikka ko’ra atrof muhitni muhofaza qilish xarajatlari mahalliy hukumat organlari qaramog’ida deyilgan, lekin, Davlat tabiatni muhofaza qilish vazirligi va uning quyi tashkilotlari bu ishni amalga oshirishib, to’liq respublika byudjetidan moliyalashtiradi. Huddi shunday holatni fuqarolarning aktivlarini ro’yxatga olishda ham ko’rish mumkin. Amaldagi “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Respublika va mahalliy byudjetlar o’rtasida xarajatlarni taqsimlash mohiyati ko’rsatilgan, biroq, mazkur qonun doirasida umumta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot va boshqa jamiyat ehtiyojlari uchun qilinadigan xarajatni amalga oshirishga bo’lgan mas’uliyatlarni cheklashning aniqroq reglamentasiyasi talab etiladi. Ayniqsa yuqorida aytib o’tilgan sohalarni moliyalashtirish aynan qaysi byudjetdan amalga oshirilishini aniqlashtirish kerak. Yana bir muammmoning mohiyati shundaki, mahalliy byudjetlarga mintaqaviy emas balki umummilliy xarakterdagi xarajatlarning biriktirib qo’yilganligidir. Gap markazlashgan investisiya xarajatlari va ijtimoiy nafaqalar haqida borayapti. Ijtimoiy himoyani boshqarish, ularning me’zon va shakllarni belgilash vakolati markaziy hukumatga qolayapti. Mahalliy darajada esa bu xizmatlar amalga oshiriladi, moliyalashtiriladi. Shuning uchun bu xizmatlarni ko’rsatish maqsadli ravishda mahalliy hukumat organlariga biriktirib, moliyalashtirishni esa respublika byudjeti amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo’lardi. Bunday yondashuv mintaqalarda rivojlanish darajasida muvozanatlilik va adolatlilik tamoyillarga bo’ysinish imkonini beradi. Xuddi shunday holatni mahalliy byudjetlarga berilgan markazlashgan investisiya xarajatlarni moliyalashtirishda ko’rish mumkin. Amaldagi qonunchilikka ko’ra xarajatlarini amalga oshirish funksiyalarini taqsimlashda moliyalashtirish manbalarini aniqlashga nisbatan turli xil qarashlar yuzaga keladi. Shunday ekan, kapitil qo’yilmalarni moliyalashtirish ularga javob beruvchi hukumat darajasida qolishi kerak. Bu degani – davlat investisiya dasturi asosida amalga oshiriluvchi kapital qo’yilmalar respublika byudjetidan amalga oshirilishi va ular markaziy darajada ishlab chiqilishi hamda mos ravishda moliyaviy resurslar biriktirib qo’yilishi kerak. Mahalliy byudjetlar esa qarorlari mahalliy byudjetlar darajasida qabul qilinadigan investisiyalarni moliyalashtirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda moliyani boshqarish tizimini shakllantirishning strategik yo’nalishi – hokimiyatlarning barcha darajadagi xarajatlar vakolatlari va ularni respublika, viloyat, tuman byudjetlar o’rtasidagi aniq cheklanishlari inventarizatsiyasi hisoblanadi.
Mamlakatimizda mahalliy byudjet moliyaviy imkoniyatlarini oshirishda quyidagi usullar qo’llanilishi mumkin:
Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan tartibga soluvchi daromadlar miqdorini qat’iy foizlarda va nisbatan uzoq vaqt mobaynida o’zgartirilmaydigan qilib belgilab qo’yish.
Byudjet ijrosi davomida mahalliy byudjetlarning daromad rejasini o’zgartirish orqali mahalliy byudjetlar tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlash amaliyotidan voz kechish.
Mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan va byudjet tushumlari hisobidan qoplashga asoslangan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish. Bunda obligatsiyalardan keng ko’lamda foydalanish mumkin. Chunki obligatsiyalar qat’iy belgilangan foizlarda daromad keltiradi. Ularni qisqa muddatli qilib chiqarish, foiz to’lovlarini o’z vaqtida amalga oshirish obligatsiyalarning bozor bahosining o’sishiga olib keladi. Bunda mahalliy byudjetga obligatsiyalarning bozor bahosi va nominal qiymati o’rtasidagi farq ko’rinishida sof daromad keltirishi mumkin. Byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan qisqa muddatli pul yetishmasligining oldini olish maqsadida obligatsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjet moliyaviy imkoniyatlarini oshirishning yana biri – mahalliy hokimiyatlarni byudjetlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini yaratish bilan bog’liqdir, ya’ni bunda mahalliy byudjetlarga tijorat veksellarini chiqarish huquqini berish nazarda tutilayapti. Masalan, Rossiya federasiyasida mahalliy hokimiyat organlari veksellar chiqarish yo’li bilan byudjet tashkilotlarining boshqa xo’jalik tashkilotlari oldida qarzdorligi muammosini hal qilish imkoniga ega bo’ladilar. Lekin afsuski yurtimizda ba’zi bir kamchiliklar tufayli veksellar muomalada mavjud emas. Bu kamchiliklarni o’rganib chiqib, ma’lum bir doirada veksellarning joriy qilinishi xo’jalik muomalalarini tezlashtirib turli muammolarni hal etish imkonini beradi.
Hozirgi kunda ko’pgina korxona va tashkilotlar o’z xodimlari va ularning oilalari uchun ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Bu o’z navbatida, ularning mablag’larini ishlab chiqarishdan chiqib ketishiga olib kelib, moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Shu tomondan korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy xarajatlarni mahalliy byudjetlar tomonidan amalga oshirilishi ushbu korxonalar uchun ishlab chiqarishni rivojlantirishga qo’shimcha mablag’lar yo’naltirish imkonini beradi.
|
| |