|
-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi
|
bet | 2/5 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 333,24 Kb. | | #270359 |
Bog'liq 1-Mavzu1-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi
1-quvurli pech; 2-13-kolonnalar ; 3,5,4,11,20-nasoslar; 6,17-issilik almashtirgichlar; 7-qizdirgich; 8,14-sovutgich kondensatorlar; 9-gaz-suv ajratgich; 10,16-redukstion klapanlar; 12-qaynatgich; 15-gaz separatori; 18-sovutgich; 19-havoli sovutgich.
Kondagi ELOU (elektr tuzsizlantirish va suvsizlantirish) qurilmasi rezervuarlaridan xom-ashyo neft 5-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali haydalib 7-bug’li qizdirgichda qizdirilib, 60 S atrofidagi temperaturada birinchi barqarorlashtirish kolonkasi 2-ning yuqori tarelkasi ostidan beriladi. Bu kolonna yo’lakchasimon tipidagi tarelkalar bilan jihozlangan bo’lib, ularning soni 16 dan 26 tagacha bo’ladi.
Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2-0,4 MRa bo’lishi 8-suvli sovutgich –kondensatorda benzin bug’larini kondensatsiyalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Neft tarelkadan tarelkaga qo’yilishi da yuqoriga ko’tarilayotgan qizigan bug’lar bilan to’qnashadi va yengil frakstiyalari ajrala boradi. Kolonna pastki qismida temperatura 1-chi pech orqali stirkulyastiyalanayotgan barqarorlashgan neft issiqligi hisobidan 130-105 S da ushlab turiladi. Barqarorlashgan neft kolonna pastidek 4-nasos yordamida 6-issiqlik almashtirgich orqali xaydaladi va u o’z issiqligini xom-ashyo neftga beradi.Syongra barqaror neft 19-havoli sovutgichdan o’tib rezervuarga va neftni qayta ishlash zavodlariga jo’natiladi.
2-kolonna yuqorisidan chiqayotgan gazlar va bug’lar aralashmasi 8-sovutgich –kondensatorda sovutiladi. Gazlar hosil bo’lgan kondensat bilan birgalikda 9-gaz -suv ajratgichga tushadi. Gaz-suv ajratgichning yuqorisidan kondensatsiyalanmagan quruq (tetan, etan) gazlar qurilmadan chiqariladi.
Gaz chiqarish quvuriga 10-redukstion klapan o’rnatish orqali 2-kolonnada va 9-gaz-suv ajratgichda bosim barqarorligi saqlanadi. Gaz-suv ajratgich vertikal ustunlarga bo’lingan bo’lib, qurilmaning pastki qismidan suv chiqariladi. Ikkinchi yarimidan ugleodorodlar aralashmasidan iborat kondensat 11-nasos yordamida 17-issiqlik almashgich orqali xaydaladi. Bu erda aralashma taxminan 70 S gacha qizdiriladi va shu xaroratda 13-barqarorlashtiruvchi kolonnaning bug’latish qismiga kiritiladi. Kolonna 30-32 ta yo’laksimon tarelkaga ega bo’lib, undagi bosim 1,3-1,5 MPa da tutib turiladi.13-chi kolonkani yuqori qismidan chiqayotgan gazlarni (propan C3H8, butan C4H10) og’ir qismi 14-suvli sovutgich kondensatorda kondensatsiyalanib, 15-gaz separatorda kondensatsiyalanmaydigan qismidan ajratib olinadi.
Kondensatsiyalanmagan gaz 15-gaz-separator yuqorisidan chiqishda 16-redukstion klapandan o’tadi va 9-gaz-suv ajratgichdan kelayotgan gazlar oqimi bilan birlashadi. 13-kolonnadagi bosim 16-redukstion klapan yordamida 1,2-1,5 MPa bosimda ushlab turiladi. 15-gaz-ajratgichning pastidan ajraladigan suyultirilgan gaz 20-nasos orqali yig’gichga xaydaladi. Bir qismi 13-kolonna yuqori tarelkasidan sovuq sug’orish hosil qilish uchun qaytariladi. Kolonna yuqorisidagi harorat 40-50 S da ushlanadi. Erigan gazlarni to’la ajratishiga erishish uchun kolonna pastidagi harorat 120-130 S dan bo’lishi kerak. Bunday temperaturani ta’minlash maqsadida barqaror benzin restirkulyastiyasini 12-qaynatgich orqali bug’ yordamida qizdirish orqali erishiladi.
Qaynatgichda benzin 160-180 S gacha suv bug’i bilan qizdiriladi (0,3-0,5 MPa bosimda). Qaynatgichda hosil bo’lgan bug’lar 13-kolonnada, suyuq barqaror qismi esa 12-qaynatgichning ichki to’siqlari orqali sizib o’tib , tizimning bosimi ostida 17-issiqlik almashgichdan o’tib, 18-sovutgichda sovutiladi. So’ngra barqaror benzin saqlanadigan rezervuarga jo’natiladi.
Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning tarkibidan tetan, etan va propan 95% gacha ajratiladi. Neftni 40 S dagi to’yingan bug’lar bosimi 0,55 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda uning doimiy frakstion tarkibda qolishini kafolatlaydi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida tuzsizlantirish va suvsizlantirish qurilmasining texnologik tasnifi
Neftni qayta ishlash zavodlariga keladigan neftlardagi suvning katta qismi 2-5 mkm diametrdagi suv tomchilaridan hosil bo’lgan emulstiya ko’rinishida bo’ladi. Neftli muhitdan tomchi yuzasiga smolasimon moddalar, asfaltenlar, organik kislotalar va ularni neftda erigan tuzlari adsorbstiyalanadi. Shuningdek, qiyin suyuqlanadigan parafinlarni yuqori dispers zarralari neftga aralashgan bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan adsorbstiya qavati qalinlashib, uning mexanik mustaxkamligi ortadi va emulstiya susayishi kuzatiladi. Bu xolatni oldini olish maqsadida ko’pgina konlarda neftga deemulgator qo’shiladi. Deemulgatorlardan neftni suvsizlantirishni termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarida foydalaniladi. Deemulgatorlar sarfi har bir tonna neft uchun 0,002 -0,005 % (massa) oralig’ida bo’ladi.
Neftni deminirallash-uning korrozion aktivligini kamaytirishning asosiy usullaridan biri bo’lib, xom-ashyo xolidagi neft tarkibidagi mineral tuzlarni maksimal darajada ajratib olishdir.
Neft tarkibidagi mineral tuzlar ikki ko’rinishda: 1) uglevodorodlar bilan aralashgan kristallar; 2) Neft tarkibidagi suvda erigan tuzlarning emulstiyasi ko’rinishida bo’ladi.
Neft tarkibidagi mineral tuzlar erigan suv tomchisi (emulstiya) o’lchami 1/10 mikron bo’lib, u emulstiya zarrachasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi va emulgator zarrachalari yordamida barqarorlashgandir.
Neft tarkibidagi emulgatorlar qatoriga quyidagilar kiradi:
naftenatlar;
asfalten yoki oleatlar (organik kislota tuzlari);
temir sulfidi.
Emultsiya yadrosini o’rab turuvchi qatlam murakkab, ko’p qavatli tuzilishiga ega ekanligi sababli tomchilarni o’zaro bir-biriga qo’shilib ketishi (dekantatsiyasi)ga qarshilik qiladi. Emultsiyaning "yoshi" qanchalik katta bo’lsa, uning buzilishi shunchalik qiyin va barqarorligi yuqori bo’ladi. Deminerallash jarayoni maqsadi - neft xom ashyosi tarkibidagi barcha mineral tuzlarni "evakuatsiya" qilishdir. Bu jarayon demineralizatorda amalga oshirilib, quyidagi o’zaro ketma-ket boruvchi bosqichlardan iborat:
"neft - suv" yupqa qatlami orqali mineral tuzlarni "deminerallash suvi"ga o’tkazish;
elektr maydoni ta’sirida tuzga to’yingan suv tomchilarini elektrokoalestsentsiya yo’li bilan yiriklashtirish;
gravitatsiya kuchlari ta’sirida neft xom ashyosi tarkibidagi suvni ajratish.
Demineralizatorning umumiy ko’rinishi 3-rasmda keltirilgan.
3-rasm. Elektrodemineralizatorning printsipial sxemasi.
Uning ishlash printsipi:
|
| |