Deminerallashdan keyingi qo’shimcha neytrallash




Download 333,24 Kb.
bet4/5
Sana05.09.2024
Hajmi333,24 Kb.
#270359
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Mavzu

Deminerallashdan keyingi qo’shimcha neytrallash.
Bu jarayonning vazifasi deminerallangan neftga soda (Na2CO3) eritmasini yuborish. Bundan maqsad qolgan tuzlar (MgCl2, CaCl2) ni Mg (OH)2 va CaCO3 holida ajratib chiqarish. Neftda qisman qoladigan NaCl atmosferali haydash cho’kmasi bilan chiqarib yuboriladi. Bu jarayon unumdorligiga halaqit beradigan omillar:

  • "neft-suv" muhitida kam miqdordagi tuzlar bilan neytrallovchi reagent o’rtasidagi o’zaro ta’sirlashuvning qiyinligi;

  • ortiqcha olinishi mumkin bo’lgan soda ta’sirida jihozlarning yemirilishini oldini olish uchun zarur bo’lgan soda miqdorini aniqlash (hisoblash). Sodaning miqdori 5 - 10 ppm ni tashkil etadi.

Yuqorida aytib o’tilgan tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng deminerallangan neft atmosferali haydash kolonnasi boshagidagi kondensatorda yig’iladi. Uning tarkibi uglevodorod va oz miqdordagi suv aralashmasidan iborat bo’lib, oson kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalanish "neft / suv" nisbatiga (ularning partsial bosimlariga) bog’liq. Uning oldini olish uchun kondensatsiyalanishning quyidagi ikki usulidan foydalaniladi:
1. Suvli muhitdagi HCl ni neytrallash.
2. Metall sirtida himoya pardasi hosil qiluvchi aminobirikmalarni purkash.
HCl ni neytrallash ikki usulda amalga oshiriladi:
a) Ammiak bilan neytrallash. Bu usulda sistemaga gaz holidagi ammiak yuboriladi va HCl gazsimon holdagi amoniy xlorid tuziga aylantiriladi. Bu tuz kondensatsiyalangan suvda erib HCl hosil qiladi va uning miqdorini pH-metriya usuli bilan aniqlab, neytrallangan HCl miqdori aniqlanadi. Bu usulning kamchiliklari: 1)Sistemadagi HCl miqdori ko’p bo’lsa, ko’p miqdorda tuz hosil bo’lib, gaz holidan kristall holidagi moddaga aylanadi va kondensatsiyalanishdan avval tuz cho’kindisi kolonna tubida cho’kadi, natijada cho’kindi ta’siridagi juda xavfli korroziya turini keltirib chiqaradi. Bu "boshak"dagi xloridlar miqdori > 50 ppm bo’lganda sodir bo’ladi. 2)Ammiak sistemaga kiritilganda pH ning ortishi oqibatida gaz holidagi H2S ning suvda eruvchanligi ortadi. Bu qo’shimcha H2S - li korroziya jarayoni yuz berishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun deminerallash suvini qizdirib, erigan ammiakni bug’latib turish kerak.
b) Neytrallovchi aminobirikmalardan foydalanish. Atmosferali haydash kolonnasida vodorod xloridni neytrallash uchun morfolin - geterotsiklik amino birikma O (CH2 - CH2-)2NH dan foydalaniladi. Uning ta’sirida:
O (CH2 - CH2)2NH + HCL = O(CH2CH2) NH2 + Cl- reaktsiya borib, suvda eruvchan barqaror tuz hosil bo’ladi.

Download 333,24 Kb.
1   2   3   4   5




Download 333,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Deminerallashdan keyingi qo’shimcha neytrallash

Download 333,24 Kb.