1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari




Download 388,07 Kb.
bet37/48
Sana29.01.2024
Hajmi388,07 Kb.
#148167
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Bog'liq
1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

Gazlarning fizik xususiyatlari : Gazning holati uch parametr - bosim (r), temperatura (T) va solishtirma hajm (V) (yoki zichlik ) bilan tavsiflanadi. Parametrlar oralig’idagi bog’lanishlar gazning harakatlanishini ifodalaydi. Bularni aniqlash gaz sanoatida turli amaliy masalalarni hal etishda asosiy rol o’ynaydi.
Termodinamik hisoblashlarda standart sharoit sifatida t=00C, р=0,1 MPa qabul qilingan. Gaz sanoatida turli hisoblash ishlarida esa t=200C va р=0,1 MPa (GOST 2939-63) qabul qilingan.
Uglevodorod gazlarining zichligi va qovushqoqligi ularning asosiy xususiyatlari hisoblanadi.
Z i ch l i k () - odatda gazning nisbiy zichlik qiymati (havoga nisbatan) ishlatiladi. Gazning zichligi deganda bir xil bosim va temperaturada bir birlik hajmdagi (1 sm3, 1 m3) gaz massasining shunday sharoitdagi havo hajmi massasiga bo’lgan nisbati tushuniladi. Neft gazlarining zichligi 0,554 dan (metan uchun) 0,695 gacha va undan yuqori (geptan uchun) bo’lishi mumkin.
Qovushqoqlik - turli tezlikda bir-biriga nisbatan parallel siljiyotgan gazlarning ikki qati orasida hosil bo’ladigan ichki ishqalanish kuchi. Uglevodorod gazlarining qovushqoqligi juda kam. Quruq uglevodorod gazining qovushqoqligi 00C da 1310-6Pas, havoniki 1710-6Pas. Bosim past bo’lganda temperaturaning ko’tarilishi bilan havo va gazning qovushqoqligi ham o’zgaradi. Bosim 4 MPas gacha bo’lganda gazning qovushqoqligi kam o’zgaradi, undan yuqori bosimda esa ortib boradi. Metanning dinamik qovushqoqligi, MPas
Bosim va temperatura bir vaqtda oshirilganda gazning qovushqoqligi bir oz ortadi, ammo bosim 3 MPa dan yuqori bo’lganda temperaturaning ortishi gazning qovushqoqligini pasaytiradi. Odatda molekulyar massasi nisbatan yuqori bo’lgan gazlar katta qovushqoqlikka ega bo’ladi. SI sistemasida dinamik qovushqoqlikning o’lchov birligi sifatida shunday muhitning qovushqoqligi qabul qilinganki, bu muhitda qatlamning 1 m2 maydoniga 1 s-1(Ns/m2) yoki 0,1 Pas gradient tezligiga teng bo’lgan 1 N ishqalanish kuchi ta’sir etadi. Neft gazining dinamik qovushqoqligi unchalik yuqori bo’lmaydi va temperaturaning ko’tarilishi bilan u ham ortadi.

Download 388,07 Kb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Download 388,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari

Download 388,07 Kb.