1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari




Download 388,07 Kb.
bet36/48
Sana29.01.2024
Hajmi388,07 Kb.
#148167
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Bog'liq
1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

GAZNING XUSUSIYATLARI: Tabiiy yonuvchi gazlar yer qa’rida alohida uyumlar shaklida uchrab, gaz konlarini tashkil etadi yoki neft uyumlari bilan birga uchraydi. Gazning bu turi yo’lakay gaz bo’lib, neft bilan birga olinadi.
Neft gazi CnH2n+2 tarkibli to’yingan uglevodorodlar aralashmasi hisoblanadi. Bularga metan, etan, propan, butan mansub. To’yingan uglevodoroddagi metan miqdori 98% ni tashkil etadi. Goho gaz tarkibida og’irroq uglevodorodlar - pentan, geksan va geptanning bug’lari ham uchraydi. Kamroq to’yingan uglevodorodlar tarkibida shuningdek, karbonat angidrid gazi (SO2), azot (N2), ozroq miqdorda noyob gazlar (geliy, argon, neon), vodorod sulfidi (H2S) va shu kabi gazlar bo’ladi.
Tovar sifati bo’yicha neft gazlari shartli ravishda quruq, yog’i kam va yog’li gazlarga bo’linadi. Tarkibi 90% metan, 3-6% og’ir uglevodorodlar, 1,5-3,0 % karbonat kislotasidan iborat, zichligi havoga nisbatan 0,75 g/sm3.
Yog’i kam gaz tarkibi 73% gacha metan, 22% gacha yuqori uglevodorodlar, 5% gacha karbonat kislotasidan iborat. Zichligi havoga nisbatan 0,9-1,0 g/sm3.
Yog’li gaz tarkibi 32-55 % metan, 28-68 % yuqori uglevodorodlardan iborat. Zichligi havoga nisbatan 1,15-1,4 g/sm3.
Sof gaz konlari Gazli (bo’r yotqiziqlarida), Gajak (yura davri ohaktoshlarida), Saltanattepa (quyi bo’r davri terrigen yotqiziqlarida), Rossiya Federatsiyasining Shebelinka (quyi perm yotqiziqlarida) va boshqa konlarda ochilgan. Bu konlarning gazi asosan metandan (93-94,8%) iborat.
Uglevodorod gazlari kuchli portlash xususiyatiga ega. Portlash paytidagi yopish reaktsiyasi juda tez o’tadi. Uglevodorod gazlarining juda oz miqdori ham havoda portlashi mumkin (havo bilan gaz shovqinli aralashma hosil qiladi). Portlashning eng past va eng yuqori chegaralari tegishlicha (% da) havo tarkibida metan uchun 5 va 15, propan uchun 2,4 va 9,5; og’irroq uglevodorodlar bug’lari uchun bunday miqdor yanada kam. Neft gazlari kimyo sanoatida va maishiy ehtiyojlar uchun juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi.

Download 388,07 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Download 388,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari

Download 388,07 Kb.