|
Neftning molekulyar massasini aniqlash
|
bet | 32/48 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 388,07 Kb. | | #148167 |
Bog'liq 1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorodNeftning molekulyar massasini aniqlash
1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash
Eritmaning qaynash haroratini ebulioskopik usul bilan aniqlash. Ebulioskopik usul bo‘yicha eritma qaynash haroratining ko‘tarilishini o‘lchash krioskopik usul bilan eritmaning muzlash haroratini o‘lchashga nisbatan ancha murakkabdir. Agar termometrning simobli sharchasi suyuqlikka tushirib qo‘yilganda, qizdirish bir oz me’yoridan o‘tib ketsa, termometr shkalasi erituvchining yoki eritmaning qaynash haroratidan yuqori haroratni ko‘rsatadi. Suyuqlikning bir tekisda qaynamasligi natijasida haroratni o‘zgarib turishi suyuqlikning qaynash haroratini o‘lchashni qiyinlashtiradi. Agar termometr sharchasi suyuqlik yuzasidan yuqoriroqda o‘rnatilgan bo‘lsa, termometrda bug‘ning qisman kondensatlanishi sodir bo‘lib, suyuqlikning qaynash haroratini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. Toza erituvchining qaynash haroratiga nisbatan eritma qaynash haroratining ko‘tarilishini ebulioskop deb atalgan asbobda o‘lchash bilan moddalarning molekulyar massasini aniqlanadi.
Ishning maqsadi: Neft mahsulotlarining molekulyar massasini ebuliyaskopik usulda aniqlash yoʼli bilan amalda tanishish.
Kerakli asbob va reaktivlar: Ebuliyaskopik oʼlchashlar uchun qurilma; Bekman termometri; -100C dan +1000C gacha oʼlchaydigan, 0,10C shkalalarga ega boʼlgan termometr; lupa. Benzol (erituvchi); neft yoki benzolda eriydigan boshqa modda va boshqa eritmalar.
Ebuliyaskopik qurilma tuzilishi: Qurilmaning asosiy qismi bu yon tomonidan uchi bor probirka. Uning ustki uchi zich berkitiladi va tiqinidan termometr va ingichka simdan tayyorlangan aralashtirgich tushiriladi; aralashtirgichning pastki uchi halqa shaklida buralgan. Termometr va aralashtirgichli probirka kengroq probirkaning tiqini orqali uning ichiga tushiriladi.
Bekman termometri: Bekman termometrining uzunligi taxminan 50 sm bo‘lib, u 5 0C ga, ba’zan 6 0C ga va har bir 1 0C o‘z navbatida yana 100 ga bo‘lingandir. Krioskopik va ebulioskopik usul bo‘yicha Bekman termometrida eritmalarning muzlash yoki qaynash haroratlarining o‘zgarishini o‘lchashda lupadan foydalanib haroratni 0,001-0,002 0C gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin. Bu termometrning boshqa termometrlardan farqi shundaki, uning shkalasi katta oraliqqa (har bir gradus oralig‘i 5 sm atrofida) joylashgan. Bu esa eritma qaynash haroratini toza erituvchining qaynash haroratiga nisbatan qanchalik ko‘tarilishini yoki eritma muzlash haroratini erituvchining muzlash haroratiga nisbatan qanchalik pasayishini katta aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi. Bekman termometrining yuqori qismida zapas rezervuar bo‘lgani uchun uning ishlaydigan qismi asosiy rezervuarda simob yetishmay qolganda simobni yuqori rezervuardan olish yoki termometrning ishlaydigan qismida ortiqcha simob bo‘lganda, uni yuqori rezervuardagi simobga qo‘shish bilan termometr moslanadi va uni eritmaning muzlash haroratining pasayishi yoki eritmaning qaynash harorati ko‘tarilishini har xil haroratlar oralig‘ida o‘lchash uchun ishlatish mumkin.
Ebulioskopik va krioskopik: usul bo‘yicha moddalarning molekulyar massalarini aniqlanayotganda Bekman termometrining kapillyaridagi simobni, ishlatilayotgan erituvchining qaynash yoki muzlash haroratlarida qanday holatda turganligi ko‘riladi. Termometr kapillyaridagi simob ebulioskopik usul bilan eritmaning qaynash haroratini aniqlashda olingan erituvchining qaynash haroratida 10C atrofida bo‘lsa yoki krioskopik usul bilan eritmaning muzlash haroratini pasayishini o‘lchashda olingan erituvchining muzlash haroratida termometr shkalasi 3-5 0C atrofida bo‘lsa, termometr ishlash uchun tayyor hisoblanadi. Agar termometr kapillyaridagi simob krioskopik usulda ishlatilayotgan erituvchining muzlash haroratida 50C dan yuqorini ko‘rsatsa va ebulioskopik usul uchun erituvchining qaynash haroratida 2 0C dan yuqorida bo‘lsa, termometr moslashtirilishi lozim.
|
| |