• Qurilmaning tuzilishi.
  • Ishning bajarilishi
  • Hisoblashlar.
  • -usul: Krioskopik usulda moddaning molekulyar massasini aniqlash




    Download 388,07 Kb.
    bet34/48
    Sana29.01.2024
    Hajmi388,07 Kb.
    #148167
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
    Bog'liq
    1 mavzu Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod

    2-usul: Krioskopik usulda moddaning molekulyar massasini aniqlash
    Ishning maqsadi. Neft mahsulotlarining molekulyar massasini krioskopik usulda aniqlash yo‘li bilan amalda tanishish.
    Kerakli asbob va reaktivlar. Krioskopik o‘lchashlar uchun qurilma; Bekman termometri; -10oC dan +100 oC gacha o‘lchaydigan, 0,1 oC shkalalarga ega bo‘lgan termometr; lupa. Sovituvchi aralashma tayyorlash uchun muz va natriy xlorid; benzol (erituvchi); naftalin yoki benzolda eriydigan boshqa modda; kaliy xloridning
    5 % li eritmasi.
    Qurilmaning tuzilishi. Qurilmaning asosiy qismi bu yon tomonidan uchi bor probirka. Uning ustki uchi zich berkitiladi va tiqinidan termometr va ingichka simdan tayyorlangan aralashtirgich tushiriladi; aralashtirgichning pastki uchi halqa shaklida buralgan. Termometr va aralashtirgichli probirka kengroq probirkaning tiqini orqali uning ichiga tushiriladi. To‘liq yig‘ilgan qurilma tajribadan oldin qalin devorli stakanga tushiriladi. Tajriba boshida stakanga sovituvchi aralashma solinadi.
    Ishning bajarilishi: Stakan og‘zigacha sovituvchi aralashma bilan to‘ldiriladi. Bo‘sh probirka 0,01 gr aniqlikda o‘lchanadi va uning massa g1 bilan belgilanadi. Probirkaga termometrning simobi botguncha erituvchi solinadi. Keyin probirka yana o‘lchanadi va massa g2 bilan belgilanadi, bunda olingan benzolning massasi g = g2 - g1. Benzolli probirka sovituvchi aralashmaga solinib aralashtirib turgan holda kristallar tushib boshlaguncha sovitiladi.
    Kristallar tushib boshlagan harorat toza benzolning taxminiy muzlash harorati deb qabul qilinadi. Keyin benzolli probirka sovituvchi aralashmadan olinadi va qo‘l bilan to kristallar to‘liq erib ketguncha qizdiriladi. Keyin benzolli probirka yana sovituvchi aralashmaga tushirilib qopqoq (2) bekitiladi va aralashtirib turgan holda t0+2 gradusgacha sovitiladi. Aralashtirishni to‘xtatib probirka taxminan t0+0,3 gradusgacha sovitiladi. Tezda qalpoq (4) ni joyiga qo‘yib unga probirka (6) joylanadi va benzol 0,5 gradusgacha soviguncha kutiladi. Aralashtirgichni yuqoriga va pastga xarakatlantirib o‘ta sovugan benzolni muzlashiga erishiladi. Lupadan foydalanib 0,002 grad aniqlikda termometrning maksimal ko‘rsatkichi t0 belgilab olinadi. Bu harorat benzolning haqiqiy muzlash hаrоrаtiga muvofiq keladi. Kristallar qaytadan suyuqlantiriladi va t0 qaytadan aniqlanadi. Aniqlashlar kamida uch marta takrorlanadi. Dastlabki va keyingi o‘lchashlar o‘rtasida temperaturalar farqi 0,02 dan oshmasligiga erishilgach t uchun ularning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.
    Keyin o‘qituvchidan tekshirilishi kerak bo‘lgan moddani olib undan aniq massali namuna olinadi. so‘ngra probirkaning yon trubkasi orqali namuna probirka ichiga kiritiladi. Kiritilgan modda benzolda to‘liq erib ketgach yon trubkaning og‘zi tiqin bilan berkitiladi va yuqoridagi usul bo‘yicha eritmaning oldin taxminiy keyin esa haqiqiy muzlash harorati t1 aniqlanadi.
    Shunday qilib eritmaning muzlash haroratining pasayishi topiladi:

    Ishni bajarish paytida:



    1. Termometr probirka (6) devoriga tegmasligi va aralashtirgich (11) termometrga ishqalanmasligi kerak.

    2. Benzolning kristallari to‘liq suyuqlanishiga erishish lozim aks holda eritmani qaytadan sovutib bo‘lmaydi.

    3. Butun tajriba davomida sovituvchi aralashmada yetarli miqdorda muz bo‘lishi kerak; suvni muz bilan aralashtirib turishni esdan chiqarmang.

    4. Eritmani har safar gradusning taxminan bir xil o‘ndan bir ulushigacha ( -0,5 grad atrofida) sovutish lozim.

    5. termometr ko‘rsatkichini yozib olish paytida ham sovituvchi aralashmani aralashtirib turishni unutmang. Biroq bunda juda kuchli aralashtirish yaramaydi.


    Hisoblashlar. Erigan moddaning molekulyar massasini hisoblashlar 0,1 aniqlikda olib borilishi kerak.

    Download 388,07 Kb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




    Download 388,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -usul: Krioskopik usulda moddaning molekulyar massasini aniqlash

    Download 388,07 Kb.