|
1. Mavzu: noorganik bog’lovchi moddalar reja
|
bet | 1/2 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 19,53 Kb. | | #243573 |
Bog'liq 1-амалий Боғловчи
1. Mavzu: NOORGANIK BOG’LOVCHI MODDALAR
Reja:
1.1. Bog’lovchi moddalarning qurilishda ahamiyati
1.2. Bog’lovchi moddalarning paydo bo’lish tarixi
1.3. Sement sanoatini rivojlantirishga hissa qo’shgan chet ellik va vatanimiz olimlar
1.1. Bog’lovchi moddalarning qurilishda ahamiyati
Bog’lovchi moddalar va ularning texnologiyasi, bog’lovchi moddalarni qurilishda yetakchi o’rinni egallashi, qurilish texnikasining rivoji, gidrotexnik inshootlar qurish uchun suvga chidamli bog’lovchilarni olish, qurilishda bog’lovchi moddalarning ahamiyati qay darajada ekanligini ko’rsatib turibdi
Binolar va sanoat inshootlarning sifati, uzoq muddatga chidamliligi ko’p jihatdan bog’lovchi moddalarni tug’ri tanlab olish va ishlatishga bog’liqdir.
Xalq xo’jaligining rivojlanishida binokorlik ashyolarining salmog’i o’rinlidir. Mamlakatimizdagi ulkan ko’lamdagi ,bunyodkorlikning vaqt otgan sari rivojlanib borishi binokorlik ashyolarining ishlab chiqarishni jadallashtirishni talab etadi. Bu esa o’z navbatida binokorlik ashyolarining ishlab chiqarishni, binokorlik buyumlarni tuzilishini bilish va ulardan foydalanish bo’lajak quruvchi-texnolog mutaxassisiga zarurdir. SHu bilan birga, mutaxassis quyidagilarni yaxshi bilishi lozim: a) materiallar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo; b) xom ashyoni ishlash va mahsulotni yaratish texnologiyasi; c) binokorlik ashyolarining ishlatilish yo’llari,xossalari, ularni tajriba ustaxonalarida tekshirish; d) transportirovka qilish va omborxonalarga joylash yo’llari;e) yarim fabrikat va materiallarning binokorlikda, o’z o’rnida qo’llahs; materiallarni tejash yo’llari.
Qurilish materiallaridan tayyorlangan mahsulot qurilish buyumlari yoki konstruktsiyalar deb ataladi. G’isht bloklari, temir-beton buyumlar va konstruktsiyalar, metalli buyumlar va boshqa turdagi maxsulotlar shular jumlasidandir.
1.2.Bog’lovchi moddalarning paydo bo’lish tarixi
Qurilish materiallarini juda qadim zamonlardan boshlab ishlab chiqarilgan. Eng qadimgi va ko’p tarqalgan qurilish materiallari gil hisoblanadi. Gil qurilish materili sifatida qadim zamonlardan berii shlatilb kelinganin. Davrlar o’tish bilan, inson gildan xar-xil shakldagi buyumlar tayorlash yo’llarini bilganlar, va gillarning xossalarini yaxshilash usullarini qo’llaganlar.
Bog’lovchi moddalardan gips, ohak, miloddan avval insonlar tomonidan yaratilgani aniqlangan. Ohak qorishmasi va suvga chidamli qo’shimchalardan tayyorlangan sun’iy tosh materiallar (beton va b), inshootlar hozirgi davrgacha saqlanib kelmoqda. Inshotlarning ichki va tashqisini metall chiqindilaridan yasalgan naqshdor koshinli plitkalar qo’llanilgan. Muxandislik binolarida tuproq qorishmasi, tabiiy tog’ jinslsri, yog’och balkalar; aholi yashash binolarida-qamish, o’simlik shoxlari va boshqalar ko’plab ishlatilgan. Ikki daryo oralig’i Mesopotamiyada bundan 5-6 ming yil avval yasalgan shisha buyumlar topilgan. y
XIX asrning oxiri va XX asrning boshidan esa sement sanoati tez taraqqiy eta boshladi. Angliyada Disan Smiton tarkibida gil va ohak aralashmani kuydirib olingan mahsulotni yaratdi va bu modda suvda qotganligi uchun uni gidravlik ohak deb ataldi. Keyinchalik bu bog’lovchilarni boshqa turlari romansement deb yuritildi.
1825 yilda Rus olimi Ye.G.Cheliyev o’z kitobida bog’lovchi moddani sun’iy aralashmalar asosida ishlab chiqarish texnologiyasini atroflicha bayon etdi. Bu modda suv bilan aralashtiriladi, so’ngra kuydiriladi va hosil bo’lgan maxsulot maydalanadi, hamda uni bochqalarga joylashtiriladi. Bunda CHeliyev mustaxkamlikni oshirish uchun gips qushishni tavsiya etdi.
1824 yilda ingliz Djozef Aspdin gidravlik bog’lovchi ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etdi va uni portlandsement deb atadi
|
| |