Sement sanoatini rivojlantirishga hissa qo’shgan chet ellik va vatanimiz olimlari




Download 19,53 Kb.
bet2/2
Sana19.05.2024
Hajmi19,53 Kb.
#243573
1   2
Bog'liq
1-амалий Боғловчи

1.3. Sement sanoatini rivojlantirishga hissa qo’shgan chet ellik va vatanimiz olimlari

Sement ishlab chiqarishni taraaqqiy toptirish, yuksalisiga ko’pgina olimlar katta hissa qo’shdilar. Ular birinchi bo’lib rossiyada portlandsement ishlab chiqarishni ruscha usulini qo’llashdi. Bog’lovchi moddalar fanini rivojlantirishda, shuningdek uni ishlab chiqarish usullarini yaratishda atoqli olimlardan Voljenskiy, Yu.M.Bunin, V.V.Timashev, M.M.Sichev, V.D.Gluxovskiy hamda boshqalar faol ishtirok etdilar.


Vatanimiz Ozbekistonda sement sanoatini rivojlantirishga K.S.Axmedov,S.T To’xtaxo’jayev,T.A.Ataquziyev,U.D.Mamajonov,T.A.Ragozina, I.Tashpulatov,I.S.Kansepolskiy,B.I.Nudelman kabi olimlar o’z hissalarini qo’shdilar
Vatanimiz O’zbekistonda, ilk bor portlandsement ishlab chiqarish zavodi 1918 yilda Bekobodda yo’lga qo’yilgan. Bu zavod 1926 yilga kelibgina ishga tushdi. Birinchi 3 yil davomida korxonada portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasinini o’zlashtirib, yiliga 30000 tonnaga yaqin portlandsement ishlab chiqardi. Dastlab zavodda o’z davrida zamonaviy hisoblangan soatiga 4 t portlandsement ishlab chiqaradigan , uzunligi 45 m li aylanma xumdonga ega bo’lgan.. 1936–1937 yillardagi birinchi qayta tiklashdan keyin zavod yiliga 155 000 tonna portlandsement chiqara boshladi. Zavod 1959 yili va keyingi qayta rekonstruktsiya qilinib, ancha kengaytirildi, Ikkita 118 metrli aylanma xumdon 1961 yili yana bitta 150 metrli xumdon ishga tushirildi. Natijada zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 720 000 tonnaga yetdi. |Xozirgi davrga kelib, ishlab chiqarish texnologiyasi uzluksiz takomillashib , zamonaviy, turli markadagi portlandsement ishlab chiqaruvchi korxonaga aylandi.
1929 –yilga kelib Quvasoy sement zavodi qurilishiga asos solindi.. Texnologiya takomillashib, ishchi va muhandislarning malakasini o’sib borishi tufayli,ishab chiqarish quvvati 120 500 tonnaga yetdi. 1946-1951 yillarda zavod rekonstruktsiya qilinishi oqibatida sement ishlab chiqarilishi yiliga 200 000 tonnani tashkil qildi. 1951-1959 yillarda Quvasoy zavodida katta rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilib, zavod kengaytirildi, 150 metrli pechlar bilan jixozlandi. 1959 yilga kelib hamma pechlar gaz yoqilg’isi bilan ta’minlandi. Zavod quvvati 1960 yili 670000 tonnani, 1970 yili korxona quvvvati 800 000 tonnani tashkil qildi
Ikkinchi Jahon urushidan so’ng boshqa zavodlardan ko’chirib keltirilgan jihozlar hisobiga Angren shahrida soatiga 6,2 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan , uzunligi 57,5 m, diametri 3 metr bo’lgan bir pechdan iborat zavod qurildi. Bu zavodning yiliik ishlab chiqarish quvvati ancha past edi. Zavod 60 yillarning o’rtalarida qayta jihozlanib, uzunligi 80 metrli bo’lgan pechlar o’rnatildi. 1977 yilning boshiga qadar Angren sement zavodi yiliga 60 000 tonna oq sement ishlab chiqardi.
O’zbekiston sement ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq davridayoq portlandsement ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida salmoqli o’rinni egallar edi.
Sement sanoati korxonalarida rekonstruksiya ishlari olib borildi, yangi quvvatlar ishga tushirildi. Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni avtomatlashtirish soxasida yangiliklar yaratildi. Portlandsementning boshqa xususiyatga ega yangi turlari va yuqori markalari yaratildi.
Download 19,53 Kb.
1   2




Download 19,53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sement sanoatini rivojlantirishga hissa qo’shgan chet ellik va vatanimiz olimlari

Download 19,53 Kb.