|
Sinflar va obyektlarning aloqasi va o‘zaro ta'siri
|
bet | 2/5 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 0,72 Mb. | | #268027 |
Bog'liq 3-biletSinflar va obyektlarning aloqasi va o‘zaro ta'siri.
Obyekt – bu xususiyatlarga ega bo‘lgan va uning xatti-harakatlarini ko‘rsatadigan haqiqiy nomli mohiyat.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillariga qo‘llanilganda, obyekt va sinf tushunchasi aniqlanadi:
Obyekt – bu kompyuter xotirasida fizik jihatdan joylashtirilgan va ularga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan ma'lumotlar to‘plami (obyektlar maydonlari). Ism obyektni tashkil etuvchi maydon va metodlarga kirish uchun ishlatiladi. Ba’zi holatlarda, obyekt xossalar yoki metodlarni o‘z ichiga olmaydi va nomga ega bo‘lmasligi mumkin. Har qanday obyekt ma'lum bir sinfga tegishli. Sinf ma'lumotlarning tavsifi va ulardagi amallarni o‘z ichiga oladi. Sinf ma'lum bir -biriga bog‘liq, aslida mavjud obyektlarning umumiy tavsifini beradi. Obyekt - bu sinfning aniq nusxasi.
Misol. Ikki o‘lchovli fazoda geometrik shakl doirasini ifodalovchi oddiy Circle sinfini ko‘rib chiqaylik. Bu sinfning atributlarini quyidagicha ta'riflash mumkin:
x - koordinata, doira markazini belgilash uchun OX o‘qi bo‘yicha y - koordinata, doira markazini belgilash uchun OY o‘qi bo‘yicha R - aylananing radiusini ko‘rsatish uchun
Uning ba'zi amallarini quyidagicha ta'riflash mumkin: findArea() – yuzani hisoblash metodi
findCircumference() – aylanani uzunligini hisoblash metodi RadiusInc() – radiusni oshirish yoki kamaytirish metodi
O‘zlashtirish (ta’minlash) paytida qiymatlar atributlarning kamida bir qismiga beriladi. Agar biz my_circle obyektini yaratadigan bo‘lsak, uning holatini ko‘rsatish uchun x-koordinatalar: 2, y koordinatalari: 3 va R: 4 kabi qiymatlarni belgilashimiz mumkin. Endi, agar RadiusInc() metodiga ikki qiymati bilan murojaat qilsak, R o‘zgaruvchining qiymati 8 ga aylanadi. Bu operatsiya my_circle holatini o‘zgartiradi, ya'ni obyekt ma'lum xatti- harakatlarni bajaradi.
Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash prinsiplari
Obyektga yo‘natirilgan dasturlash quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
Abstraksiya;
Inkapsulyatsiya;
|
| |