1 mavzu. O‘zbekistonda farmasevtika sohasini rivojlanishiga oid ilmiy yondoshuvlar. Farmakologiya sohasida tadqiqot o‘tkazish metodologiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Farmasevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 7 noyabrdagi PF-5229-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 55 nafardan iborat bo‘lgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 486-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2021 y., 09/21/486/0748-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriga, zaruratga ko‘ra, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining tasdiqlangan tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorga 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanayotgan yangi tashkil etilayotgan Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining boshqaruv xodimlari soni, shu jumladan, xodimlar soni tegishlicha qisqartirilishi (jami — 32 birlik) hisobiga shakllantiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika muomalasini tartibga solish Bosh boshqarmasi shtatlaridan — 2 birlik;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi shartlari va litsenziya talablariga rioya etish ustidan nazorat qilish bo‘linmalarining har biridan — 2 birlikdan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasidan — 4 birlik.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir oy muddatda belgilangan tartibda:
Agentlikning markaziy apparati uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi Avtobazasi uchun nazarda tutilgan avtotransport vositalarining limitlari doirasida 4 ta yengil avtotransport vositasi, shu jumladan, 3 ta — shaxsiy, 1 ta — navbatchi avtotransport vositasi ajratsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin;
Agentlikni zarur ixtisoslikka ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.2015 yildagi 36-son MAGISTRATURA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2007 yil 10 sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Magistratura to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi
2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari bo‘lgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida o‘z sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirdi.
Ilmiy tadqiqot – bu insonning o‘zi va atrofidagi o‘zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayѐr turish, yangicha tafakkur qilish asosida o‘z qobig‘idan chiqa olishdir. Shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi boshqa fanlar, jumladan iqtisodiѐt fani metodologiyasi bilan falsafiy metodologiyaning o‘zaro munosabatini tushuntiradi, ilmiy fakt, eksperiment, nazariyalar va boshqa falsafiy metodlarning ilmiy tadqiqot metodlari sifatida ahamiyatini ko‘rsatib, ilmiy bilimda falsafaning o‘rnini aniqlab
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi – bilimlarga, fanga ѐndashuvning umummilliy prinsiplari va metodlarini o‘rgatadigan fandir.
Inson ijod qilmasa, yangi g‘oyalarni yaratmasa, jamiyat taraqqiy qilmagan bo‘lardi. Inson va jamiyat rivojida ijodning ahamiyati oshib, murakkablashib borgan. Inson ijodiga bo‘lgan talab, ehtiѐj ham turli davrlarda har xil bo‘lgan. Uni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin.
|