Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
7.3.Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari 
Ta'limning yordamchi shakllari: to‘garak, kolleklium,kurs ishi, 
malakaviy bitiruv ishi fakultativ mashg'ulot, o‘quv ekskursiyalari va 
boshqalar sanaladi. 
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga 
o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning 
mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda 
o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, 
chuqurlashtirish, 
ularni 
esdan 
chiqarishning 
oldini 
olish, 
o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini 
rivojlantirishdan 
iborat. 
Bu 
ishlar 
o‘quv dasturi talablari, 
o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlari hamda ularning rivojlanish 
darajalarini hisobga olib quriladi. O‘quvchilarning mustaqil uy ishlari 
ma’lum didaktik vazifalarni bajaradi. Chunonchi, darsda o‘zlashtirilgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, sinfda ishlab chiqilgan 
o‘quv materialini kengaytirish va chuqurlashtirish, mashqlarni mustaqil 
bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish, dasturli material doirasiga 
kiruvchi hajmda individual topshiriqlarni bajarish asosida mustaqil 
fikrlashini rivojlantirish, individual kuzatishlar, tajribalar, gerbariy, 
tabiiy namunalar, otkritkalar, rasmlar, gazeta va jurnal lavhalari 
statistik ma’lumotlar kabi o‘quv qo‘llanmalarini to‘plash va tayyorlash 
va boshqalar. 
Darslarda pedagogning o‘quvchilar tomonidan uy vazifalarining 
halol bajarishlariga kam e’tibor berayotganliklari, ularni sinfda 
tekshirishga uninmasliklari, yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarni 
rag’batlantirib bormasliklari ta’lim amaliyotda keng tarqalgan 
kamchilik hisoblanadi. Uy vazifalarini tushuntirib berishga ko‘pincha 
vaqt yetmaydi, ular shoshilinch beriladi. Pedagoglar kamdan-kam 


132 
hollarda o‘quvchilar uy vazifasini bajarayotganda duch keladigan 
qiyinchiliklarini ko‘rsatib beradilar, ularni bartaraf etish yo‘lini esa 
ko‘rsatmaydilar. Natijasida mustaqil uy vazifalarining bajarilishi 
samarasiz bo‘lib qoldi. 
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va 
boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish, 
o‘qishga 
ijobiy 
munosabatni 
shakllantirishga yordam beradi.. To‘garaklar o‘qishni hayot bilan 
aloqasini kuchaytiradi, fanlararo bog’liqlikni rivojlantiradi. Fan 
to‘garaklarida o‘quvchilarning ishlari o‘quv jarayonini faollashtiradi, 
o‘qish sifatini oshirishga yordam beradi. 
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular 
ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv 
ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham 
rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi 
unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib 
chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak 
topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak. Ekskursiya rejasida 
mavzu va maqsad, obyekt, u bilan tanishish tartibi, o‘quvchilar idrok 
etish faoliyatlarini tashkil etish, topshiriqni bajarish uchun zarur 
bo‘lgan vositalar va uskunalar, yakun yasash ko‘rsatiladi. Ekskursiyani 
o‘tkazish metodikasi mavzu, didaktik maqsad, o‘quvchilarning yoshi, 
ularning rivojlanishi hamda ekskursiya obyektiga bog’liq bo‘ladi. 
Maktab o‘quv rejasi turli fakultativ va tanlovi bo‘yicha kurslarni 
tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak 
va qiziqishlarini hisobga olish bilan ishlab chiqiladi. Amaliyotda 
fermerlik, iqtisod, elektro va radiotexnika, elektronika, polimerlar 
ximiyasi, astrofizika, psixologiya, etika, antik tarix, botanika ba’zi 
sohalari, ikkinchi chet tili, etnografiya, stenografiya, kutubxona ishi, 
rassomchilik, musiqa kabi kurslarni fakultativ sifatida o‘rganiladi. 
Fakultativ va fanlarni ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari 
emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. 
Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o‘rta 
ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya-o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha 
o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig’i ustida 
mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol 


133 
beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv 
materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. 
Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu 
masalani to‘g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin 
topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni 
mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya 
o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida 
e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb 
etishga imkon beradi. To‘g’ri tashkil etilgan konsultatsiya 
o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan 
qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g’ri aniqlashga 
yordam beradi.
Kurs ishining asosiy talab va shartlari. Oliy ta’lim muassasalarida 
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kurs ishi yozish 
bitiruv malakaviy ish bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish 
bosqichlaridan biridir.
Kurs ishi yozishdan maqsad quyidagilardan iborat: 
– talabalarning pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi hamda 
kasbga yo‘naltirish va kasb tanlash asoslari fanini o‘rganishi uchun 
huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni izlab topishi, 
o‘rganib chiqishi hamda ularni jamlab, xulosa qilishi; 
– mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish; 
– amaliy materiallarni pedagogik tahlil qilish va ularga il-miy 
xulosa berish borasidagi malakasini oshirish; 
– faktlar asosida to‘g’ri xulosa chiqarishni o‘rganish; 
– dolzarb mavzularga taalluqli yangiliklar, adabiyotlar va man-
balardan foydalanish; 
– bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash. 
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqich-
lardan iborat: 
1. Mavzu tanlash. 
2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni izlab topish va 
ularning ro‘yxatini tuzish. 
3. Kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish. 
4. Kurs ishi rejasini tuzish. 
5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma’lumot-
larni tahlil qilish. 


134 
6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natijasida 
batafsil, mantiqan to‘g’ri bayon qilish. 
7. Kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil 
qilish. 
8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni barta-raf 
etish va takliflarni e’tiborga olish. 
9. Kurs ishini to‘g’ri rasmiylashtirish. 
10. Kurs ishini himoya qilish. 
Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan 
uning mavzusini to‘g’ri tanlashdir. Hamma fanlarda bo‘lganidek 
Pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi fanidan yoziladigan kurs ishi 
mavzusi ham talabalar tomonidan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi. 
Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim. 
Ular uchun mavzu tanlash imkoniyati keng bo‘lishi uchun, tay-
yorlangan mavzular ro‘yxati kurs ishi yozishi ko‘zda tutilgan tala-balar 
soniga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi. 
Kurs ishi mavzulari ro‘yxati har yili kafedra tomonidan yangi va 
dolzarb muammolarni yoritishga asos bo‘ladigan mavzular bilan 
yangilanib turilishi va o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar tanishish 
uchun talabalarga berilishi kerak. 
Talabalar mavzu tanlashda o‘qituvchilar bilan maslahatlashishlari 
mumkin. U ro‘yxatdagi mavzulardan xohlaganini tanlash huquqiga ega. 
Bundan tashqari, talaba kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin 
pedagogika fanlarini o‘qitish metodikasi muammolarini ochishda 
muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin.
Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu 
tanlangandan so‘ng, kurs ishi ëzish masalasida albatta ilmiy rahbar 
bilan maslahatlashib olish kerak. 
Kirish qismi – kurs ishining boshlang’ich qismi bo‘lib, ishning 
asosiy ma’nosini bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusi-ning dolzarbligi 
asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish obyekti, 
predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyat-ga to‘xtaladi. Shu 
bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma’lumotlar 
manbalari aks ettiriladi. 
Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism shakllantiriladi. U bir nechta 
savollardan iborat bo‘lib, bunda asosan ushbu mavzuning asosiy 
mohiyati to‘liq va batafsil ochib beriladi. 


135 
Asosiy qismda ishning hamma savollari ochib beriladi. Avvalo, 
tanlangan mavzuning ijtimoiy-pedagogik mohiyati, ahamiyati, 
o‘quvchilar bilm, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilib borishning 
zarurligi, uning ta’lim samaradorligidagi o‘rni, shakllari, metodlari, 
vositalari tahliliy o‘rganiladi. Bunda mavzu bo‘yicha mavjud 
muammolar aniqlanadi va ushbu muammolarni bartarf etish yo‘llari 
izlab topiladi. 
Kurs ishining har bir bo‘limi unga mos asoslar, qarorlar va 
xulosalar bilan yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil 
ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma’ruzalar va 
maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari 
ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish 
mumkin. 
Xulosa qismida mavzuni o‘rganish davomida talaba tomonidan 
amalga oshirilgan tahlil jarayonida shakllantirilgan xulosalar aks 
ettiriladi. Mavzuga oid zamonaviy asarlarda bayon etilgan tadqiq 
etilayotgan mavzuni takomillashtirish yuzasidan takliflar keltirib, 
shunga asosan talaba o‘z fikrini bayon etadi. Xulosa qismini ko‘pi bilan 
2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar qismida darslik, o‘quv qo‘llanma, 
uslubiy qo‘llanma, jurnal, tezislar to‘plami, huquqiy-me’yoriy huj-
jatlar va internet saytlarining asosiy ma’lumot ko‘rsatkichlari (chop 
qilingan joyi va yili, nashriyot va boshqalar) ro‘yxati keltiri-ladi. 
Barcha ilmiy ishlarda, shuningdek, kurs ishida ham foydalanil-gan 
ma’lumotlar manbai va adabiyotlar ro‘yxatini keltirish maj-buriy 
shartlardan biridir. Foydalanilgan ada-biyotlar qismini ko‘pi bilan 2-3 
varaq hajmda keltirish tavsiya etiladi. 
Kurs ishini himoya qilish. Dekanat tomonidan kafedra bilan
kelishilgan holda kurs ish-larini topshirish va himoya qilish reja jadvali 
ishlab chiqiladi va kurs ishini topshirish va himoya qilish muddatlari 
kafedra mudiri tomonidan o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 
Talaba tayyor bo‘lgan kurs ishini kafedra kotibasiga topshiradi. 
Kotiba ushbu kurs ishini ro‘yxatga olish ki-tobida ro‘yxatdan o‘tkazib, 
kurs ishi titul varag’iga ro‘yxatdan o‘t-kazilgan sana va ro‘yxat tartib 
raqamini yozadi. So‘ng ilmiy rah-barga topshiradi. Ilmiy rahbar kurs 
ishini ro‘yxatdan o‘tgan sana-dan boshlab bir hafta ichida ko‘rib chiqib, 
uni talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni 


136 
o‘z taqrizi (8-ilovaga qarang) bilan birga kafedraga taqdim etadi. Ilmiy 
rahbar tomonidan taqdim qilingan taqrizda talabaning faolligi, mavzu-
ning dolzarbligi, maqsadi va vazifasi, qabul qilingan qarorlar-dagi 
yangiliklari, keltirilgan ma’lumotlarning tahlili, chi-qarilgan xulosa va 
takliflarning asosliligi va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari 
tavsiflanadi. Shu bilan birga, xato va kamchiliklari ham ko‘rsatiladi. 
Natijada, taqriz oxirida xulosa qilinadi, ya’ni kurs ishi himoyaga 
qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tiladi. 
Kurs ishida qo‘pol xato-kamchiliklar bo‘lmasa, himoyaga tavsiya 
etiladi. Talaba ko‘rsatilgan xato-kamchiliklarni asoslash yoki 
to‘g‘rilash uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanishi kerak. Agarda 
kurs ishida xato-kamchiliklar ko‘p bo‘lsa, ularni bartaraf etgandan 
so‘ng, himoyaga tavsiya etilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u xolda xato-kam-
chiliklar bartaraf etilgandan so‘ng, ikkinchi marta yana himoyaga 
tavsiya etish uchun taqriz yoziladi. 
Agarda talaba kurs ishini sababsiz o‘z vaqtida topshirmasa, 
kamchiliklar to‘liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi 
himoyaga qo‘yilmaydi deb yozma xulosa beradi. 
Kotiba taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‘yxatdan 
o‘tkazib qo‘yishi kerak. Kurs ishlarini ro‘yxatga olish kitobida har bir 
guruhni alohida betga rasmiylashtirish tavsiya etiladi. 
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komis-
siya tarkibi kafedra majlisida belgilanadi. Kurs ishi himoyasida 
qatnashuvchi komissiya tarkibi 3-5 ta a’zodan iborat bo‘ladi. Kurs ishi 
himoyasida komissiya tarkibidan kamida 3 ta azo bo‘lishi ta-lab etiladi. 
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 da-
qiqagacha talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom 
etadi. Talaba o‘z ma’ruzasida mavzu to‘g’risida qisqacha tushuncha 
berishi, ya’ni mavzuning dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif 
haqida to‘xtalishi zarur. Shuningdek, taqrizda ko‘rsatilgan kamchilik-
lar haqida to‘xtalishi kerak. 
Himoyadan so‘ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o‘tkazib, tala-
balarning ishini baholash qarorini qabul qiladi. 
Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin: 
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo‘yilishi; 
– himoyaga kiritilmagan bo‘lishi; 
– «himoyaga kelmadi» bo‘lishi; 


137 
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo‘lishi; 
– qayta himoya qilish uchun muddat berilishi; 
– boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi. 
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya 
qilmagan talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi 
yakunlanishiga qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat 
beriladi. 
Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida ta'lim oluvchilar tanlagan 
mavzusi bo‘yicha bitiruv malakaviy ishini asosan oliy ta'lim muassasasi 
sharoitida 
amalga 
oshiradi. 
Kafedra 
prfessor-o‘qituvchilari 
(maslahatchi) ilmiy rahbar etib tayinlanadi. Bitiruv malakaviy ishiga 
ilmiy darajaga ega mutaxassis rahbarlik qilishi mumkin. Ilmiy izlanish 
natijalari ilmiy maqolalar, tezislar yozish, respublika va xalqaro ilmiy 
anjumanlarda ishtirok etish va ma'ruza qilish orqali aprobatsiyadan 
o‘tadi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlarni o‘qitishning yordamchi shakllari

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish