№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

amaliy mashg‘ulotlar
tashkil qilinadi. 
Dastlabki vaqtlarda amaliy mashg‘ulotlar darsning bir qismi 
hisoblanib, unga tayyorgarlik darsning o‘zida amalga oshirilgan. 
Keyinchalik pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi faoliyatini tashkil 
qilishning mustaqil sohasi sifatida o‘quv ishlarining bir shakliga 
aylandi. 
Amaliy mashg‘ulotning o‘ziga xos tomoni o‘quv topshiriqlarining 
fan mazmunidagi o‘rni, o‘qituvchi va talaba faoliyatining tashkil 
etilishi bilan xarakterlansada, amaliy mashg‘ulotning vazifasi amaliy va 
juda tor asosda belgilanadi. U asosan ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarda 
egallagan bilimlar bayon etilgan bilimlar bayon etilgan malumotlarni 
chuqur va puxta o‘rganishga talaba mustaqil ishining sifati va 
o‘zlashtirishning samarasini aniqlash bilimlarni ko‘nikma va malakaga 
aylantirish maqsadida tashkil qilinadi. 
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni 
tashkillashtirishning turli shakllarini tatbiq etish bo‘yicha faoliyat olib 
borilmoqda. 
Jumladan 
“Mening 
bo‘lajak 
kasbim”, 
“Dars 
o‘tmoqdaman”, “O‘quvchilar mening tassavurimda” nomi bilan 
o‘tkazilayotgan 
dars 
va 
o‘qituvchi 
faoliyatining 
o‘ziga 
mujasamlashtirilgan mashg‘ulot o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan 
ma’naviy-axloqiy mavzusidagi 
suhbat (tarbiya soati), 
“Men 
pedagogikani chuqur bilaman” (o‘yin darsi) mashg‘ulotlari talabalarda 
mustaqil ishlash, manbalardan muhimi topish, ijodiy tafakkurni 
rivojlantirish, 
faktlar, 
ilmiy 
axbarotlar 
to‘plashga 
qiziqishni 
orttirmoqda. Shuningdek mazkur amaliy mashg‘ulotlarda talabalar 
o‘qituvchi rahbarligida sinf (guruh) mashg‘ulotini o‘tkazish, sinfda 


129 
ijtimoiy-foydali ishni tashkil qilish va o‘tkazish, dars va tarbiyaviy 
soatlarni rejalashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar. 
Amaliy mashg‘ulotlar frontal, guruhiy (juft-juft), individual 
ko‘rinishda “aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tanqidiy 
fikrlarsh”, “Klaster” (tarmoqlar), “Munozara” va h.k interfaol usullarda 
o‘tilsa ko‘zlangan maqsadga erishish amalga oshadi. 
Tajribaning ko‘rsatishicha amaliy mashg‘ulot maxsus jihozlangan 
kabinetlar, yoki o‘quv tarbiya muassasalarida o‘tkazilsa samaradorlik 
yanada oshadi. Chunki, bunda o‘qituvchi-talaba-o‘quvchi muloqoti 
amalga oshadi. Talabalar bunday mashg‘ulotlarda o‘zlarini yo 
o‘qituvchi, yo tarbiyachi, yo o‘quvchi- tarbiyalanuvchi o‘rniga qo‘yish, 
nazariya bilan amalyotni taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu 
esa mashg‘ulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Seminar va amaliy 
mashg‘ulotlarning mazmundorligi va samaradorligi quyidagi talablar 
asosida qurilishi talab etiladi. 
-Seminar yoki amaliy mashg‘ulotda talaba javobi, ma’ruzasi 
muayan ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘nalgan bo‘lishi (muammoning 
qo‘yilishi, dolzarbligi, nazariya bilan amaliyotning bog‘liqligi ustuvor 
maqsadga ega bo‘lishi. 
-
Talaba ma’ruzasida fikrlarning mantiqiy ketma-ketlik, rejalilik, 
mukammalik va fikrlarning o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida 
tuzilganligi, asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatilishi, 
adabiyotlarni aniq tanlanganligi, va to‘g‘ri foydalanganligi. 
-
O‘quvchi- o‘quvchi –o‘qituvchi muloqotining to‘g‘ri tuzilishi, 
o‘quvchi talabaning kursdoshlari, o‘qituvchining tanqidiy fikriga 
xayrxohli, samimiyli, e’tirozli munosabatning ijobiyligi, muomilaga 
kirish madaniyatining mavjudligi. 
-
O‘quvchining axloqiy-madaniy harakatlari: o‘rinli, maqsadli 
bahslashishi, kursdoshi fikrini tinglay olishi, ma’lumotlarni taxlil qila 
olishi, fikrini lo‘nda, ixcham bayon etish va nuqtai nazarini 
dalillashning ijobiyligi. 
-
Talabaning mashg‘ulot jarayonidagi faolligi, mavzu rejasidagi har 
bir punktda o‘z fikrini ayta olishi, o‘ziga va o‘zgalar fikriga tanqidiy 
yondasha olishi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish