№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
Mas’ul muharrir: 
Olimov Sh.Sh.– 
BuxDU professori, pedagogika fanlari doktori
 
 
Taqrizchilar: 
Adizov B.R. 
– BuxDU professori, pedagogika fanlari doktori
 
Gaffarov A.X. – 
BuxMTI dotsenti,
 
pedagogika fanlari nomzodi 
 
ISBN: 978-9943-8988-2-0 
 
Ushbu o’quv qo’llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2022 yil “9” sentabrdagi “302”-sonli buyrug‘iga asosan nashr 
etishga ruxsat berildi. 
 
© FAN VA TA`LIM NASHRIYOTI 
© Jurayev Bobomurod Tojiyevich 



KIRISH 
Jahondagi oliy ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv 
asosida boshqarish asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy 
tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biriga 
aylangan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimini kreativ yondashuv asosida 
o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlarini va ularni 
amaliyotga 
joriy 
etishning 
innovatsion 
tizimini 
yanada 
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan oliy ta’lim tizimida 
o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishning 
innovatsion texnologiyalarini yaratish, yangi bilimlarni yaratuvchi 
zamonaviy pedagogik jarayonlar asosida raqobatbardosh mutaxassis-
kadrlarlarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish alohida ahamiyat 
kasb etadi. 
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash hamda 
rivojlangan mamlakatlar ta’lim standartlari talablariga har tomonlama 
javob beradigan raqobatbardosh, kreativ fikrlovchi mutaxassis-
kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘qitish jarayonini takomillashtirish 
zaruratini yuzaga kelmoqda. Oliy ta’lim tizimini tubdan 
takomillashtirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning 
maqsadli yo‘nalishlarini aniqlash, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida o‘quv-
tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish dolzarb hisoblanadi. 2022 — 2026 
yillarga 
mo‘ljallangan 
Yangi 
O‘zbekistonning 
Taraqqiyot 
strategiyasida oliy ta’lim sifatini oshirish va olim ta’lim qamrovini 
kengaytirish, davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy 
mustaqillik berish, salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE 
xalqaro reytinglariga kiritish, erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni 
nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini ikki baravarga 
oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan
1

Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy, 
axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida 
tarbiyalash “Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi” 
fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali 
bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim jarayonini samarali tashkil 
etish, yosh avlodga yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib 
toptirishga doir ilmiy-nazariy, amaliy-metodik bilimlar, zarur ko‘nikma 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022 — 2026 йилларга мўлжалланган 
Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сонли Фармони // Ўзбекистон 
Республикаси Қонуни ҳужжатлар тўплами – Т.; 2022 – б.23.



va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida namoyon bo‘lishi lozim 
bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari 
kerak. 
“Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” o’quv 
qo’llanmasi mazmunida mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik, milliy va jahon ta’lim tizimidagi ilg‘or g‘oyalarning 
uyg‘unligi, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy ilm-fan, 
texnika, texnologiyalar taraqqiyotini o‘ziga aks ettirib, hozirgi zamon 
pedagogika fanining so‘nggi yutuqlari hamda uzoq yillar olib borgan 
ilmiy kuzatish va mazkur fanni o‘qitish tajribasiga tayanib, mazkur 
fanning ilmiy-metodik asoslari xususida fikr yuritilgan. 

Download 3,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish