№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/186
Sana13.06.2024
Hajmi3,05 Mb.
#263241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Metodika – 
muayyan voqea, hodisa va faoliyatga tegishli, 
qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgaridan 
o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish. Metodika biror 
vazifani maqsadga muvofiq ravishda bajarish, o‘tkazish usullari, 
yo‘llari majmuasidir. 



O‘qitish metodikasiga qo‘yiladigan zaruriy talablarga quyidagilar 
kiradi: 
1)
aniqlik; 
2)
asoslanganlik; 
3)
rejalashtirilgan harakatning maqsad va vazifalarga mosligi; 
4)
qayta ishlab chiqishga yo‘nalganlik; 
5)
hayot bilan uyg‘unlik; 
6) natijaviylik. 
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytganda, o‘qitish metodikasi 
o‘zida quyidagilarni aks ettiradi: 
- ta’limning maqsad va vazifalarini – ta’limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantiruvchi, tashkiliy; 
- ta’limning qonuniyat va tamoyillarini; 
- ta’lim mazmunini; 
- ta’limni tashkil etishning asosiy va yordamchi shakllarini; 
- ta’limning umumiy va xususiy metodlarini; 
- o‘quv vositalari; 
- o‘qitish natijasini. 
Metodologiya (yunoncha. methodos — nazariya, ta'limot, bilish 
yoki tadqiqot yo‘li va logos — so‘z, tushuncha): 1) amaliy va nazariy 
faoliyatni qurish va tashkil etish yo‘llari va prinsiplar tizimi; 2) 
bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta'limot; 3) u yoki bu fanda 
qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi ma'nolarini anglatadi. 
Pedagogika fanining metodologiyasi — bu pedagogik borliqni 
o‘zgartirish va bilish jarayonlarini shakllari, metodlari va prinsiplari 
to‘g‘risidagi ta'limot. 
Fan metodologiyasi tadqiqot komponentlarini tavsiflab, tadqiqot 
vazifalarini hal etish jarayonida harakatlar ketma-ketligi va bosqichlari 
to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantirib, tadqiqotning metod hamda 
vositalari yig‘indisini, vazifalarini, tadqiqot obyekti va predmetini 
tavsiflaydi. 
Demak, pedagogika fanini o’qitish metodikasi metodologiyasi fan 
metodologiyasining falsafiy va maxsus-ilmiy darajalariga asoslanadi. 
Shuni ta'kidlash kerakki, metodologiyaning barcha darajalari o'zaro 
bog'liq va bir-biriga bo'ysunadi, shuning uchun ular yaxlit tizimni 
tashkil qiladi.



Ana shu asosdan kelib chiqqan holda, quyida o‘qitish metodikasi 
mohiyatini yoritib beruvchi asosiy tushunchalarga izoh berib o‘tamiz: 
1) o‘rgatish – o‘qitish maqsadini amalga oshirish bo‘yicha 
pedagogning tartiblangan faoliyati; 
2) o‘rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar 
asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, 
oldin egallanganlari o‘zgaradi; 
3) o‘qitish – qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan pedagog 
bilan talabalarning tartiblangan o‘zaro harakati; 
4) ta’lim – o‘qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko‘nikma, 
malakalar, fikrlash usullari tizimi; 
5) bilim – ma’lum bir fanni nazariy o‘zlashtirishni aks ettiradigan 
inson g‘oyalari yig‘indisi; 
6) ko‘nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi 
ifodasi, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo‘llash usullarini 
egallash; 
7) malaka – avtomatlashgan, biror bir uchul bilan bexato bajarish, 
ko‘nikmaning takomillashgan darajasi; 
8) maqsad – o‘qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari 
kelgusida qay yo‘sinda safarbar etilishi; 
9) mazmun –o‘qitish jarayonida egallanishi lozim bo‘lgan ilmiy 
bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi; 
10) tashkil etish - qo‘yilgan maqsadni yaxshi amalga oshirish 
uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo‘yicha 
tartiblangan didaktik jarayon; 
11) shakl - o‘quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, 
mantig‘i, mazmuni uchun qobiq; 
12) metod - o‘qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga 
oshirish) yo‘li; 
13) vosita - o‘quv jarayonining predmetli qo‘llab-quvvatlanishi, 
yangi materialni o‘zlashtirish jarayonida o‘qituvchi va talabalar 
tomonidan foydalaniladigan obyekt; 
14) natija - o‘quv jarayonining so‘nggi mahsuli, belgilangan 
maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. 
15) metodik (uslubiy) ko‘rsatma – muayyan fanning o‘quv dasturi 
bo‘yicha kurs ishlari, loyihalar, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy 
ishlarni bajarish tartibi aniq ko‘rsatilgan va batafsil ifodalangan, hamda 
ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy ko‘nikma va malakalar 



hosil qilishga mo‘ljallangan ta’lim muassasasining ilmiy kengashi 
tavsiyasi asosida nashr etiladigan kichik hajmli qo‘llanma. 

Download 3,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish