258
– qisqa vaqt ichida juda ko‘p fikrlar;
–
fikrlashda erkinlik, o‘z xatti-harakatidan mamnun bo‘lish
(qanchalik kutilmagan fikr bo‘lsa shuncha yaxshi);
– tanqidning mavjud emasligi (fikrni har qanday baholash keyinga
qoldiriladi);
– bu o‘zining va boshqalarning fikrini rivojlantirish, uyg‘un-
lashtirish va o‘zgartirish.
Ushbu metod quyidagi ketma-ketlikni qamrab oladi:
1) mavzu tanlanadi;
2) mavzuning asosiy tavsifi yoki qismlarining ro‘yxati tuziladi; 3)
har bir tavsif yoki uning qismini bajarishning barcha imkoniyatlari
sanab o‘tiladi; 4) ob’ektning barcha qismlarini bajarish bo‘yicha eng
qiziqarli variantlar tanlab olinadi.
1. Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish:
O‘quv guruhi tinglovchilari ichidan takliflarni
ishlab chiquvchi
kichik guruh shakllantiriladi (qoidaga ko‘ra 5-10 kishi) va ular
tomonidan ilgari surilgan fikrlarni tahlil qilish va eng yaxshi-larini
tanlab olish uchun o‘quv guruhining
qolgan tinglovchilaridan
ekspertlar guruhi tashkil etiladi (taklif ishlab chiquvchilarning o‘zi
takliflarni ishlab chiqqanidan so‘ng ekspert sifatida ishtirok etishi
mumkin).
Mashg‘ulotdan bir -ikki kun oldin ishtirokchilarni mavzu va vazifa
mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi (bu kimdir mashg‘ulotga tayyor
fikrlar bilan kelishiga sharoit yaratadi).
Fikrlarni yozish va ro‘yxatini namoyish qilish uchun barcha zaruriy
narsalarni tayyorlab qo‘yish talab etiladi. Masalan,
– doska va mel;
– varaq va ruchkalar;
– turli rangdagi stikerlar;
– proektorga ulangan noutbuk.
2. Kirish:
Barcha fikrlarni qayd etish uchun bir yoki ikki tinglovchini belgilab
olish.
Birinchi bosqich (takliflar ishlab chiqish) davomiyligini belgilash.
Ishtirokchilar vaqt chegaralanganligini
va ular tomonidan qis-qa
vaqt ichida iloji boricha ko‘proq fikrlar bildirilishi lozimli-gini
259
bilishlari shart. Bu ularni bor imkoniyati doirasida harakat qilishga
majbur etadi.
Shu
bilan birga , vazifa ham qo‘yilishi kerak. Aqliy hujum oqi-
batida qanday aniq natijalarga erishish lozim? Vazifani shunday yozish
kerakki, natijada u har doim ko‘rinib tursin.
Ishtirokchilar qanday muammoni yechishlari lozimligini aniq
tasavvur qilishlari shart. Aqliy hujumda fikrlar tartibsiz bo‘lishi
mumkin, biroq vazifalar tartibsizligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3. Asosiy qism:
«Aqliy hujum»ning birinchi bosqichida guruhga muhokama uchun
muayyan muammo beriladi, ishtirokchilar muammo yechimi yuzasidan
navbatma-navbat qisqa va aniq shaklda
har qanday takliflarini
bildirishadi, o‘qituvchi barcha takliflarni (ularni amalda qo‘l-lashga
yaroqliligini tanqid qilmagan holda) yozib boradi (doskaga, plakatga).
«Aqliy hujum»ning ikkinchi bosqichida muammo yechimi yuzasi-
dan bildirilgan takliflar muhokama qilinadi. Guruh bildirilgan takliflar
ichidan xohlagan birini amalda qo‘llash imkoniyatini topishi yoki uni
takomillashtirish yo‘lini belgilashi kerak. Mazkur bosqichda
diskussiyaning turli shakllaridan foydalanish mumkin.
«Aqliy hujum»ning uchinchi bosqichida guruh oldindan keli-
shilgan prinsipga ko‘ra natijalarni e’lon qiladi:
– eng yaxshi yechim,
– bir muncha nisbatan yaxshi takliflar;
– eng noodatiy yechim va hokazo.
O‘qituvchi bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi. «Aqliy
hujum»ni amalga oshirish uchun ishtirokchilarni bir nechta guruhlarga
bo‘lish mumkin:
– takliflarni ishlab chiquvchilar (ular
muammoni yechishga
yo‘naltirilgan turli fikrlarni bildirishadi);
– tanqidchilar (ular bildirilgan takliflardan salbiy jihat-larni
topishga harakat qilishadi);
– tahlilchilar (ishlab chiqilgan takliflarni (tanqidiy fikr-larni
inobatga olgan holda) aniq real sharoitlar bilan bog‘laydi-lar) va
boshqalar.
Muammoning yechimi yoki uning muhokamasi uchun 10-15
daqiqa vaqt chegarasini belgilash maqsadga muvofiq.
«Aqliy hujum»ni boshqarib boruvchi o‘qituvchi:
260
– shovqin-suron bo‘lmasligi uchun takliflarni
ishlab chiquvchi-
larga navbatma-navbat so‘z beradi. Aqliy hujum ishtirokchilari o‘z
fiklarini bildirishlari uchun teng imkoniyatga ega bo‘lishlarini nazorat
qiladi;
– hushmuomalalik, lekin qat’iyat bilan taklif ishlab chiquvchi
tinglovchi tomonidan bildirilayotgan fikrlar
boshqa tinglovchilar
tomonidan tanqid qilinishiga barham beradi.
Fikrni o‘ldiruvchi (idea killers) odatiy gaplar va ularga qanday
javob berish kerak:
– Bundan hech narsa chiqmaydi. — «Albatta, bu fikr shakllanti-
rilmasa, undan hech narsa chiqmaydi».
– Bu haddan tashqari. — «Nima qilibdi?».
– Buning nimasi o‘ziga xos? — «Buning o‘ziga xosligi bu tak-lifni
ilgari hech kim bildirmaganligida».
– Buni xohlagan odam o‘ylab topishi mumkin. — «To‘g‘ri!» va
hokazo.