3
KIRISH
Jahondagi oliy ta’lim o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv
asosida boshqarish asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy
tayyorgarligini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biriga
aylangan. Zamonaviy oliy ta’lim tizimini
kreativ yondashuv asosida
o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish mexanizmlarini va ularni
amaliyotga
joriy
etishning
innovatsion
tizimini
yanada
takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu jihatdan oliy ta’lim tizimida
o‘quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida boshqarishning
innovatsion
texnologiyalarini yaratish, yangi bilimlarni yaratuvchi
zamonaviy pedagogik jarayonlar asosida raqobatbardosh mutaxassis-
kadrlarlarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish
alohida ahamiyat
kasb etadi.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash hamda
rivojlangan mamlakatlar ta’lim standartlari talablariga har tomonlama
javob beradigan raqobatbardosh, kreativ
fikrlovchi mutaxassis-
kadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘qitish jarayonini takomillashtirish
zaruratini yuzaga kelmoqda. Oliy ta’lim tizimini tubdan
takomillashtirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning
maqsadli yo‘nalishlarini aniqlash, ayniqsa, oliy ta’lim tizimida o‘quv-
tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish dolzarb hisoblanadi. 2022 — 2026
yillarga
mo‘ljallangan
Yangi
O‘zbekistonning
Taraqqiyot
strategiyasida oliy ta’lim sifatini oshirish va olim ta’lim
qamrovini
kengaytirish, davlat oliy ta’lim muassasalariga akademik va moliyaviy
mustaqillik berish, salohiyatli oliy ta’lim muassasasini QS va TNE
xalqaro reytinglariga kiritish, erkin va ijodiy
fikrlaydigan yoshlarni
nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini ikki baravarga
oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan
1
.
Bo‘lajak pedagog mutaxassislarni zamon talablari asosida aqliy,
axloqiy, intellektual, estetik va jismoniy jihatdan komil inson sifatida
tarbiyalash “Pedagogika va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi”
fanining ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur fan orqali
bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchilar ta’lim
jarayonini samarali tashkil
etish, yosh avlodga yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib
toptirishga doir ilmiy-nazariy, amaliy-metodik bilimlar, zarur ko‘nikma
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги “2022 — 2026 йилларга мўлжалланган
Янги Ўзбекистоннинг Тараққиёт стратегияси тўғрисида”ги ПФ-60-сонли Фармони // Ўзбекистон
Республикаси Қонуни ҳужжатлар тўплами – Т.; 2022 – б.23.
4
va malakalar hajmini, o‘qituvchi shaxsida namoyon bo‘lishi
lozim
bo‘lgan umumkasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari
kerak.
“Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi” o’quv
qo’llanmasi mazmunida mutaxassislik fanlari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqadorlik, milliy va jahon ta’lim tizimidagi ilg‘or g‘oyalarning
uyg‘unligi, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy ilm-fan,
texnika, texnologiyalar taraqqiyotini o‘ziga aks ettirib, hozirgi zamon
pedagogika fanining so‘nggi yutuqlari hamda uzoq yillar olib borgan
ilmiy kuzatish va mazkur fanni o‘qitish tajribasiga tayanib, mazkur
fanning ilmiy-metodik asoslari xususida fikr yuritilgan.