Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining predmeti
pedagogika o`qitish qonuniyatlari va tamoyillarini asoslash,
shuningdek, o`qitishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakllari
va usullari, o`qituvchi va o`quvchilar faoliyatining birligidir.
12
kerak, chunki ular pedagogika fanidagi ilmiy kashfiyotlar va amaliyot
ehtiyojlari bilan bog'liq.
Shunday qilib, biz pedagogika o‘qitishning prinsipial yangicha
yondashuvi bo‘lgan pedagogika o‘qitish metodikasining metodologik
asoslarini ko‘rib chiqdik va bularning barchasi pedagogika kursining
tuzilishi va mazmunini tavsiflashga o‘tishga imkon beradi. Bu keyingi
bo'limda muhokama qilinadi.Shunday qilib, bu vazifalarni amalga
oshirish orqali pedagogik fanlarni o‘qitishi metodikasi, bo‘lajak
o‘qituvchi-tarbiyachilarda pedagogika nazariyasi va amalyotini puxta
egallash, boy tarixiy-tarbiyaviy tajribalarni o‘rganib, o‘zlarida
zamonaviy kasbiy, ma’naviy axloqiy, ijodiy-mahsuliy fazilatlarni
shakllantirishga amaliy yordam ko‘rsatadi.
1.3. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa
fanlar bilan o‘zaro aloqasi
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fan sifatida boshqa
fanlarning nazariyalaridan ijodiy qo‘llash natijasida rivojlanadi.
Pedagogik hodisa va jarayonlarni bilish va tadqiq qilishning umumiy
yondashuvlarini falsafa ko‘rsatib beradi. Pedagogika sohasidagi
tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya mazmunini ishlab chiqishda, maqsadni
belgilashda, uning metodologiyasini aniqlashda falsafiy bilimlar
tizimiga tayanadilar.
Fiziologiya, anatomiya, psixologiya kabi inson to‘g‘risidagi fanlar
inson shaxsini shakllanishi, qonuniyati va mohiyatini har tomonlama
chuqur o‘rganishda yordam beradi. Pedagogika psixologik bilimlar
asosida samarali o‘quv-tarbiyaviy tizimni yaratadi. Pedagogika va
psixologiya fanlarining integratsiyalashuvi pedagogik psixologiya
fanining paydo bo‘lishiga olib keldi. Pedagogika mustaqil, yetarli
darajada rivojlangan, o‘zining alohida tadqiqot sohasiga ega bo‘lishiga
qaramasdan boshqa fanlar bilan aloqada bo‘lmasdan mavjud bo‘la
olmaydi. Tarbiyaviy faoliyat obyekti o‘suvchi, rivojlanuvchi inson
bo‘lganligi sababli pedagogika birinchi navbatda insonni o‘rganuvchi
fanlar bilan aloqada bo‘ladi. Insonni jamiyat a’zosi sifatida ijtimoiy
fanlar, biologik evolutsiya natijasi sifatida tabiiy fanlar, ongli,
fikrlovchi mavjudot sifatida psixologik fanlar o‘rganadi.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanini ijtimoiy fanlar bilan
aloqasini ko‘rib chiqamiz. Ijtimoiy fanlar tarbiya maqsadini va
mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Pedagogika ijtimoiy fanlardan
13
falsafa bilan uzviy bog‘liq. Falsafiy ta’limotlar pedagogikaning
metodologik asosi hisoblanib, ta’lim va tarbiya maqsadini anglashga
yordam beradi. Falsafiy qarashlar tizimidan (materialistik, ekzistensial,
pragmatik, neopozitivistik v.b..) pedagogika tadqiqotchilari tayangan
holda pedagogik izlanish yo‘nalishlarini belgilab, ta’lim jarayonini
texnologik xususiyatlarini, maqsadini, mohiyatini aniqlaydilar.
Pedagogika va falsafaga tegishli qator umumiy savol va muammolar
mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
– tarbiya maqsadi muammosi;
– dunyoqarashni shakllanishi muammosi;
– jamoa va shaxs aloqadorligi;
– bilish nazariyasi bilan bog‘liq gnoseologik muammolar.
Pedagogika shu bilan birgalikda falsafaning mustaqil sohalari etika
va estetika bilan ham uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Ular axloqiy,
estetik tarbiya hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish kabi
pedagogik vazifalarni hal etishda yordam beradi. Pedagogika aholining
turli guruh va qatlamlari rivojlanishining asosiy tendensiyalarini,
ijtimoiylashuv qonuniyatlarini, ijtimoiy muhitning insonga ta’sirini,
shaxsning turli ijtimoiy institutlardagi tarbiyasini tadqiq qiluvchi
sotsiologiya bilan uzviy bog‘liq. Pedagogika biologik fanlar bilan ham
uzviy bog‘liq. Ular pedagogika va psixologiyaning tabiiy-ilmiy
tayanchi hisoblanadi. Pedagogika rus fiziologlari I.M.Sechenov,
I.P.Pavlovlarning birinchi va ikkinchi signallar tizimi, insonni ruhan
rivojlanishi, tabiati, sezgi organlarining rivojlanishi va funksiyalari
to‘g‘risidagi fundamental ishlariga tayanadi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiya
masalalarini hal etish, mehnat qilish va dam olish tartibini ishlab chiqish
inson organizmi funksiyalari va xususiyatlari to‘g‘risidagi yosh
fiziologiya, maktabdagi turli mashg‘ulotlarni tashkil etishning
gigiyenik masalalarini o‘rganuvchi maktab gigiyenasi muhim rol
o‘ynaydi.
Pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish metodikasi fani didaktika
bilan bevosita aloqador. Didaktika va metodikaning umumiy tadqiqot
obyekti – bu o'quv-tarbiya jarayonidir. Faqatgina farqi shundaki,
didaktika bu jarayonni yaxlit o'rganadi va metodologiya - ma'lum bir
ilmiy mavzuga bog'liq bo‘ladi. Bu fanlar o‘rtasidagi aloqaning
xususiyatini umumiy nazariyaning aniq predmet materiali bo‘yicha
amalga oshirishning muayyan shakliga aloqadorligi sifatida belgilash
mumkin. Bu bog'liqlik har ikkala fanning kontseptual qismini tashkil
14
etuvchi asosiy kategoriyalarning umumiyligida namoyon bo'ladi,
shuningdek asosiy o‘qitish tamoyillarida ham kuzatilishi mumkin.
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan
aloqalari tahlil natijasida quyidagi bir-birini to‘ldirish shakllarini
ifodalashimiz mumkin: boshqa fanlar tomonidan umumlashtirilgan,
asosiy nazariya va g‘oyalardan pedagogikada ijodiy qo‘llash va
foydalanish;
boshqa
fanlarda
qo‘llaniladigan
ilmiy
tadqiqot
metodlaridan
(matematik
modellashtirish,
sotsiologik
so‘rov)
foydalanish; psixologiya, fiziologiya, sotsiologya va boshqa fanlarda
olingan aniq natijalarni pedagogikada qo‘llash; kompleks tadqiqotlarda
ishtirok etish.
|