15
vazifalariga, o‘qitish qonunlariga, pedagogik fanlarni o‘qitishning
didaktik-metodik shart-sharoitlariga
va nihoyat umumdidaktik
kategoriya sifatlariga ta’limning turlariga, darajalariga, subektlariga,
o‘quv-tarbiya jarayonining komponentlariga daxldor qoidalar ekan,
pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasini o‘rgatishda ularga avval yaqin
zaruriy holat hisoblanadi hamda oliy ta’limda
ushbu fanni
o‘rgatuvchilarni barcha barchasi bu prinsiplarni bilishlari lozim degan
xulosa qilib chiqadi.
Pedagogika adabiyotlarni o‘rganish pedagogika va psixologiya
ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv
predmetining quyidagi prinsiplari tizimi mavjudligini asoslashga da’vat
etdi.
1. Ilmiylik prinsipi.
2. Pedagogik fanlarni o‘qitishda nazariya va amaliyotning birligi
prinsipi.
3. Pedagogika mazmunini o‘zlashtirishda zamonaviylik va
milliylik prinsipi.
4. Pedagogika ma’lumotlarini bayon etishning tushunarliligi,
izchilligi va tizimliligi prinsipi.
5. O‘qituvchi rahbarligida talabalarning ijodiy faolligi, mustaqilligi
va tashabbuskorligini yo‘lga qo‘yish prinsipi.
6. Pedagogik ma’lumotlarni o‘rganishda ta’lim
va tarbiya
mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipi.
7. O‘qitishda didaktik vositalar majmui prinsipi.
8. Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish
prinsipi.
9. Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash
prinsipi.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni
o‘qitish
ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har qanday ma’lumot ilmiy
asosga ega bo‘lsagina taraqqiyotga hissa qo‘sha oladi. Zero, ilmiy bilim
bu tajribada sinalgan, fan, texnika rivojini ta’minlab, svilizatsiyaning
ilgarilashga mos kelishini ifodalaydi.
Ma’lumki, o‘qitishning ilmiylik prinsipi “fan-o‘quv predmeti”
kesimida amalga oshadi. O‘quv predmeti fan asoslab bergan
ma’lumotlar asosida ko‘riladi. Bunda ilmiy bilimlar borliqdagi
qonuniyatlarni o‘zlashtirish, nazariy ma’lumotlarni anglash sari olib
boradi. Chunki, ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan har bir o‘quv
16
predmeti, jumladan pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv
predmeti ham o‘ziga ta’luqli bo‘lgan
fanning umumiy asoslaridan
iborat bo‘lgan. Bunda fanda tushuncha va kategoriyalarning ko‘pligi,
mazmunan boyligi, qo‘llanish doirasining kengligi bilan o‘quv
predmetidan yuqori turadi. O‘quv predmeti esa ta’lim oluvchilarning
yosh xususiyatlarini, real o‘quv imkoniyatlarini, qiziqishlari asosida
yaratildi. Shuning uchun o‘quv predmetlaridagi ma’lumotlar ham
ilmiylik prinsiplariga asoslangan deb aytish mumkin.
Ilmiylik
prinsipida, ilmiy bilimlar, fan asoslarini egallash
jarayonida ta’lim oluvchilarga aqliy qobiliyat, ijodiy tafakkur
rivojlanadi, ilmiy dunyoqarash tarkib topa boradi.
Shuning uchun
pedagogika o‘rgatishda o‘qituvchi (talabalar) ilmiylik prinsipini qo‘llar
ekan talabalar diqqatini ilmiy ko‘nikmalar, ularni kuzatishga,
pedagogik voqelikdagi narsa va hodisalarni mohiyatini tahlil qilishga,
aniq xulosalar chiqarishga o‘rgatishi lozim. Bu esa o‘quv fanining ilmiy
mazmunini o‘zlashtirib olishga va kelgusida fanni chuqur egallab, uni
o‘z faoliyatiga keng qo‘llashga yordam beradi.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda
nazariya bilan amaliyotning birligi